Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
XV b o b
1 Deyilmishkim, aqlan oliy maqomga yetishganlar uch narsaga: Tangri taolo belgilamish taqdirga, o‘zi kabi va o‘zidan ulug‘roq kimsalarga, donolarning so‘zlariga bosh egarmishlar. Maydakash odamlar esa taqdir yozug‘i nima ekanini fahm etmaydilar, undan qo‘rqmaydilar, ulug‘larni mensimaydilar, donolarning so‘zlarini eshitib, ularni masxara qiladilar. Dunyodagi har narsa o‘z jufti bilan, yana o‘z muqobili bilan yaralmish ekan. Ya’nikim, oqning muqobili qora, shirin ro‘parasida achchiq, mehrning ziddida qahr, shafqat qarshisida zulm mavjud. Eng ulug‘ muqobillik esa — o‘lim va hayotdir. Olamda aqlli odamlar bor. Aqlsizlar kam emas. Ajab haqiqat shuki, hech kim o‘zining ahmoqligini tan olmaydi. Aqllilik va aqlsizlik... Buning o‘lchovi bormi? Me’yori mavjudmi? Hayot ne’matlaridan har ikki toifa ham bahramand bo‘ladi. O‘lim sharbati har ikki toifaga nasib etadi. Odamlar aqllilarning uzoqroq yashashlarini istashadi. Lekin aksi bo‘lib chiqaveradi: Tor bo‘lib qoladi zamon donoga... Baloga aylanib qoladi aqllilik... Zohid Anvarning kundaliklarini o‘qib shu fikrga keldi. Anvarning fikrlari uni bir necha kun davomida ta’qib etib yurdi. Ayniqsa kundalik so‘ngidagi bir to‘rtlik xotirasiga osongina muhrlanib qoldi: «Afsuskim, bekordan bekor so‘ldik biz, Falakning dastidan kukun bo‘ldik biz. Ko‘z ochib yumguncha ko‘rgan alamdan Tilakka yetolmay, oxir o‘ldik biz...» «Falakning dastidan kukun bo‘ldik...» Aslida bu har bir odamning qismatida bor. Tuproqdan yasal- mish odam bolasi oxir-oqibat tuproqqa qorishmagi aniq. Ammo unga qadar... Bekordan bekorga so‘lish bor. Anvarning yozuvlaridan ta’sirlangan Zohid ko‘proq o‘sha «bekordan bekor so‘lish» haqida o‘ylardi. Yuzakiroq qaraganda Zohid bilan Anvarning yashamoqdan maqsadlarida yaqinlik bordek ko‘rinadi. Unisi ham bunisi ham adolat, holi hayotda haqiqat izlab sarsari kezuvchilardan edi. Ajab-ajabki, birovining orzusidagi adolat va haqiqat ikkinchisinikiga uncha o‘xshamasdi. Yana ajabki, birovi haqiqatni sirtmoqda ko‘rdi, ikkinchisi kurashdagi azobda, orzudagi rohatda deb bilib, hamon sarob sari odimlaydi. Tilakka yetolmay o‘tib ketishini anglab tursa ham qaysarlik bilan qadam bosadi. Yana ajab-ajabki, dunyo dunyo bo‘lganidan beri hali hech kim «tilaklarimga yetib jon beryapman», demagan. Chunki tilak deganlari hamisha homilador. Biriga yetilsa, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling