Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet193/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
«hamma gaplarni aytib bo‘lganman, yana keldingizmi?» deganday Zohidga bir oz qarab 
turdi. So‘ng uning qarshisiga o‘tirib, iboli ayollarga xos bo‘lmagan tarzda oyoqlarini 
chalishtirib oldi. Avvalgi uchrashuvdagi suhbat asabiy ravishda tugagan edi. Bu safar 
samimiyroq tarzda gaplashishni istagan Zohid: 
— Kelaverib joningizga tegdimmi? — deb kulimsirashga harakat qildi. 
— Kelib turganinglar yaxshi menga, — dedi Zaripova. — Kelsalaring qamoqda 
chirimasligimga ishonaman. 
— Gapingizga uncha tushunmadim? 
— Kelaversalaring bittalaring bo‘lmasa, ikkinchilaring begunohligimga ishonarsizlar? 
Oddiy narsani tushunishni nega istamaysizlar? 
— Tushunishni istaganimiz uchun kelamiz. 
— Bo‘lmagan gap! — Zaripova shunday deb qo‘l siltadi. — Har safar yangi sirtmoq 
yasaysizlar. Kelaverib, kelaverib sirtmoqni tortaverasizlar. Oxiri bo‘g‘ilib o‘lay deganimda 
«Mavlon akani men o‘ldirganman», deb tan olishimni xohlaysizlar. Lekin shunaqa 
deganim bilan darrov ishona qolmaysizlar. «O‘ldirishga bir o‘zingning kuching yetmaydi, 
o‘ynashing yordam bergan, o‘sha o‘ynashingni ayt!» deb yangi sirtmoqlar yasaysizlar. 
Mayli, siquvga olaveringlar, bir boshga — bir o‘lim. Hammasiga chidayman. Men siz 
kutayotgan iqrorni aytmayman, — Zaripova xo‘rsinib, oldi-da, qalin panjarali darchaga 
qaradi: — Oldin so‘roq qilgan odam qo‘rsroq edi. Siz ishni madaniychasiga yuritar 
ekansiz. Ikkovlaring ikki olamga o‘xshaysizlar. Lekin maqsadlaring bir. Nahotki shuncha 
oydan beri shubhalanadigan boshqa odam topilmagan bo‘lsa? 
— Zaripova, tushunadigan ayolga o‘xshaysiz. Biz shuncha oydan beri nima ish bilan 
shug‘ullanayotganimiz bo‘yicha sizga hisob berishga majburmasdirmiz? 
— Albatta majbur emassiz. Jahlingiz chiqmasa sizdan bir narsani so‘rasam. 
— So‘rang. 
— Siz... mantiq degan fan borligini hech eshitganmisiz? Men atay «o‘qiganmisiz?» deb 
so‘ramayapman. Mantiq ilmini o‘qigan odam bunaqa bo‘lmaydi. 
— Qiziq... — Zohid beixtiyor ravishda stolni chertib-chertib qo‘ydi: — Mantiqdan 
bexabarligimni isbot qilib bera olasizmi? 
— Albatta. Lekin siz so‘roq qilgani kelgan odamsiz, falsafadan masala so‘qishga 
toqatingiz yetmas? 
— Yetadi, tashvishlanmang, gapiravering. 
— Yaxshi, unda eshiting: dunyodagi barcha narsalar, hodisalar «mantiq» degan 
ko‘rinmas zanjir bilan bog‘langan, degan fikrga qo‘shilarsiz? — Zaripovaning savoliga 
javoban Zohid bosh irg‘ab qo‘ydi. — Lekin hamisha ham shunday bo‘lavermaydi. Faqat 
bizga hamma harakatda mantiq borday ko‘rinaveradi. Biz mantiq bilan mantiqsizlikning 
aniq chegarasini ajratib ololmaymiz, bunga nima deysiz? — Zohid «qani, davom 
etavering-chi», deganday yelka qisib qo‘ydi. — Mana, masalan, siz bilan mening bu 
holda o‘tirishimizda mantiq bormi? 
— Yo‘q deb o‘ylaysizmi? 
— Albatta yo‘q. Siz «haqiqatni oydinlashtirish uchun mantiqiy majburiyat bor», dersiz? 
Men esam aynan shuni eng katta «mantiqsizlik» deyman. Agar begunoh bir ayolni ikki 
yuz o‘ttiz kun qamoqda ushlab turishni «mantiqiy majburiyat», hisoblasangiz, xafa 
bo‘lmangu, hech narsa bilmas ekansiz. 
— Siz o‘zingizni begunoh hisoblayapsiz. Bu yerda o‘tirganlarning deyarli barchasi shu 
fikrda. 
— Bu masalada siz bilan bahslashmayman. O‘zimga tegishli gapni aytay: jinoyat o‘z-
o‘zidan sodir bo‘lmaydi, a? Kutilmaganda, to‘satdan yuz berdi, deb hisoblangan fojia 
ham aslida ancha ilgari boshlangan bo‘ladi. Misolga Mavlon akaning taqdirlarini olaylik: 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling