Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
195 — Ayollar tabiatan sezgir bo‘lishadi. Erlaridagi o‘zgarishni tez fahmlashadi. Ularda gipofiz yaxshi shakl-langan, deyishadi. Gipofiz nimaligini bilasizmi? — «Uchinchi ko‘z» demoqchimisiz? Bilmadim, siz bu gapni qaerdan oldingizikin. Balki siz aytganday shakl-langandir, lekin bu ko‘rinmas uchinchi ko‘zda aql bo‘lmaydi. Erkak bilan ayol uchrashsa o‘sha gipofiz xuddi siz kabi ahmoqona xayolga boradi. — Aniqroq gapira olasizmi? — Anig‘i shuki, men bugun Mavlon aka bilan, ertasiga boshqasi bilan yotadigan fohisha emasman. Mavlon aka bilan munosabatimiz quruq nafsdan iborat emas edi. O‘sha kuni uyimga kelgan odam siz o‘ylagan ilinjda o‘tirmagandi. Samimiy do‘st sifatida, hatto aka- singil sifatida gaplashib o‘tirganimizga siz ham ishonmaysiz, boshqalar ham. Shuning uchun uning kimligini aytmayman. Gaplarimga ishonsangiz ishoning, ishonmasangiz — o‘zingiz bilasiz. Mening boshqa so‘zim yo‘q, ayting, olib ketishsin. — Shoshilmang, o‘zingizni bosing. Sizning aytadigan so‘zingiz bo‘lmasa, mening so‘raydigan savollarim bor. Bu yerga shu maqsadda kelganman. Falsafadan dars eshitish uchun emas, — Zohidning keyingi gapi sal dag‘alroq chiqib, o‘ziga ham erish tuyuldi. Bu dag‘allik Zaripovaga ham ta’sir etdi. U «Ana endi asl qiyofangga kirding, boyatdan beri mo‘min o‘quvchiday o‘tiruvding», deganday Zohidga bir oz tikildi-da, so‘ng mutelik bilan boshini egdi. Zohid uning ko‘ngli og‘riganini sezsa ham, sir boy bermay, rasmiy ohangidan chekinmay so‘radi: — Agar gapingizga to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, Mirkarimov bilan munosabatingiz asosida nafs yotmas ekan. Unda... oralaringizda, shoirlar tili bilan aytganda... muhabbat bo‘lganmi? Mirkarimov sizga uylanmoqchimidi? — Shunday fikr bor edi. Lekin qaror darajasida qat’iylashmagandi. — Nega? Biron to‘siq bormidi? — Bor edi. — Oilasimi? — Yana qanday to‘siq bo‘lishi mumkin? Ikki marta uylangan. Ikkinchisini qo‘yib, uchinchisiga uylansa partiyadan o‘chadi. — Partiyadan o‘chsa — ishdan haydaladi, — Zohid shunday deb Zaripovaning gapini davom ettirdi: — Yog‘lik joy qo‘ldan ketadi. Bunaqa er kimga kerak? — Men Mavlon akaning boyliklariga uchmaganman. — Lekin Mirkarimov sizga tilla taqinchoqlar sov-g‘a qilib turgan. Avvalgi tergovchiga shunday degansiz. — Deganman. Tintuv qilib taqinchoqlarimni olib qo‘ygansiz. Xohlasangiz davlatga topshirishim mumkin. — Shaxsan men xohlamayman. Ularni o‘g‘irlamagansiz, sizga sovg‘a qilingan, o‘zingizga buyursin. Zaripova «chin dildan, samimiy aytyapsizmi?» deganday unga savol nazari bilan qaradi. Keyin yana boshini quyi egib, avvalgi gapini takrorladi: — Men boyliklariga uchmaganman. Ikki marta turmush qurib, ikki marta og‘zi kuygan, ishxonadagilari, qo‘shnilari «halol, pokiza», deb ta’rif bergan ayolning bu gapiga Zohid shubha qilmadi. Agar kun ora bo‘lmasa-da, hafta yoki oy oralab o‘ynashlarini almashtirib turganida buni qo‘shnilar sezishar va bu voqeadan so‘ng «asli buzuq edi», deb ta’rifini o‘n chandon oshirib bayon etib berishardi. Bir ayolni, ayniqsa yolg‘iz bevani qo‘shni ayollar buzuqlikda ayblashmadimi, demak, u chindan pokiza ekan. Beva ayol, ayniqsa chiroyli juvonning har bir qadami, har bir so‘zi, har bir kulgusi qo‘shni xotinlarning ziyrak nigohi ta’qibida bo‘ladi. Qo‘shni xotinlarning har biri erini undan qizg‘anadi. Agar tanish erkaklar, Zaripova aytganday, to‘g‘ri ma’noda tez-tez kelib turishsa ham u allaqachon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling