Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
213 hayronman? — Qaerdadir ko‘rganman,— dedi ayol ishonchsiz tarz-da. — Ha, albatta ko‘rgansiz, men sizning o‘g‘lingizman. Gruzin o‘ynashingizdan tug‘ilganman. Meni Suxumidagi tug‘ruqxonaga tashlab ketgansiz, — Xongirey eshikning chap tomonidagi oromkursiga o‘tirib, oyoqlarini chalishtirdi, so‘ng cho‘ntagidan sigaret olib, labiga qistirdi. Ayol esa bu gapdan ajablanib, «mening bunaqa o‘ynashim bo‘lmagan», deganday javdiraganicha turaverdi. Undan sado chiqmagach, Xongirey sigaretasini tutatib, g‘oyat xotirjam ravishda gapini davom et-di: — Men o‘gay singlim bilan kuyovimni ko‘rgani keldim. Lekin, onajonginam, singlimni qachon tuqqaningizni unutib qo‘yibsiz. Axir bugun uning tug‘ilgan kuni emas-ku, to‘g‘rimi? — Ha... — Lekin «Praga»da nishonlashyapti. Biz hozir o‘sha yerdan kelyapmiz. Biz — yaxshi odamlarmiz, yomonlikni istasak, uyingizga kelib o‘tirmas edik. Shuning uchun siz titramang, onajonginam, choy berasizmi yo qahvami, mayli, himmatingiz. Faqat titramang, singlimning peshonasidan o‘pib, kuyovim bilan tanishamanu ketaman. Ayol Xongireyning gaplariga bir tushunib, bir tushunmay hayronu lol qarab turdi. Dastlab, Xongirey bostirib kirayotganida u qo‘rqdi. Ayniqsa Mamatbey ichkariga o‘tganda nabiralaridan xavotirlanib, joni chiqib ketay dedi, tili gapga aylanmay ham qoldi. «Baqirib, yordamga chaqirsam-chi?» degan fikrini o‘zi bo‘g‘ib qo‘ya qoldi. Avvalo baqirig‘i bu qalin devorlarni teshib o‘ta olarmikin? Qolaversa, uning nolasini eshitib kim yordamga chiqadi? Bu atrofda jonidan to‘ygan mard bormi? Puldor oilalarni o‘g‘rilar bosayotganidan u xabardor edi. Ham moldan, ham jondan ayrilayotganlarni eshitganda «biznikiga ham shunaqalar kelib qolishar», deb cho‘chimagandi. U pul evaziga odam o‘ldirib beruvchi, «kiler» deb nom olgan kasb paydo bo‘lganini ham eshitgan, biroq, o‘sha kilerlardan biriga men ham duch kelarman, deb xayol ham qilmagandi. Chunki u xonadonini kambag‘al bilan boyning o‘rtasida — «o‘rtahol» deb bilar, nazarida bosqinchilar faqat oshib-toshib yotganlarnigina bosishar edi. Dastlab Xongireyni o‘shanday bosqinchilardan deb o‘yladi, so‘ng esa uning yumshoq ohangda gapirishidan «militsiyadandir», degan fikr uyg‘ondi. Lekin uning birdaniga qandaydir o‘ynashdan bo‘lgan o‘g‘ilga aylanib qolishi ayolni taajjubga soldi. «Bu bo‘hton nima uchun kerak ekan?» deb ajablandi. Xongirey bu gapni aniq bir maqsad bilan emas, shunchaki tiliga kelib qolgani uchun aytib yuborgan edi. Ayol qahva tayyorlash uchun oshxonaga kirganida Xongirey o‘tirgan yerida ovozini balandlatib: — To‘rtinchi qavatda bir xotin o‘lib, ikki yilgacha hech kim bilmabdi, shu to‘g‘rimi? — deb so‘radi. — Ha, — dedi ayol, — kampir yolg‘iz yashardi. — Oshxonaga kirganida o‘libdimi? — deb yana so‘radi Xongirey. — Ha... Ayol shunday dedi-yu, qo‘rquvdan badaniga muz yugurdi: «Nega buni eslab qoldi, yana oshxonada... Shu yerda o‘ldirmoqchimi meni?..» — O‘lik sasib ketardi-ku, hididan ham bilmadilaringmi? — Xongireyning navbatdagi savoli uni bu xayollar changalidan yulib oldi. — Deraza ochiq ekan... — Ha, oshxonaning derazasini ochib qo‘ygan yaxshi... Bu gapdan keyin ayol beixtiyor derazaga qaradi. Hali bolalarga quymoq pishirganda derazani qiyalatib ochib qo‘ygan edi. U endi eshik og‘zida turgan yigitga xavotirlanib qaradi. Nazarida yigit cho‘ntagidan to‘pponcha yoki tig‘ chiqarganday tuyulib, qaltirayotgan oyoqlarini jon tark eta boshladi. Yigit uning ahvolini sezib: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling