Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
182 yoqmagani tufayli Kesakpolvon Mamatbeyga qarab gapirdi. Asadbek bilan bo‘lgan savdoning bayonini eshitgan Mamatbey ayyorona kulimsiradi. — Sening o‘q ilonni unutmog‘ing mutlaq lozim emas, — dedi u. — Bek sendan ham mendan ham ayyor. Uning jon bermog‘i mushkul. — Ayyorlikka ayyor, — dedi Kesakpolvon, — u meni ahmoq qilaman, deb poyloqchilariga javob berib yuboribdi. Men esam uning ro‘parasidagi uyni sotib olib, poyloqchi qo‘yaman. U shoxida yursa, men bargida yuraman. Oshiq tepib, yutqizib, mishig‘ini oqizib yurganida uni men odam qilganman. Bu yog‘idan xotirjam bo‘lavering. — Xongireyning senga muhabbati juda yuksakdir. Borliq yumushlaringni shunga yarasha qilaver, — dedi Mamatbey unga sigaret uzatib. Selim esa yoqqichni yoqib tutdi. Bu marhamatdan iyigan Kesakpolvon oromkursiga yastandi. Uning bu qilig‘i Mamatbeyga malol kelib, Selim bilan ko‘z urishtirib oldi. — Bugun seni ancha qidirdik. Bundan bu yog‘iga qaerdaligingni aniq bilib turishimiz kerak. Bizning ishimizda bir daqiqa ham joningni yo nari, yo beri qilib qo‘yishi mumkin. Bu tanbeh Kesakpolvonning qonini qaynatdi. Asadbek ba’zan og‘ir gap qilganida u jirillab berardi, xojasi bunga javoban yana zahrini sochar yoki indamay qo‘ya qolardi, uning erkaligini ko‘tarardi. Kechagina Hosilboyvachchani ko‘rganida dumini qisib yuruvchi, endi esa Xongireydan vakolat olib o‘zini xo‘jayin hisoblayotgan Selim ham, Xongirey nomidan ish ko‘ruvchi Mamatbey ham uning erkaligini ko‘tarmasligi aniq. «Ikkovi ham mikrofonga yopishib chiranuvchi ovozi yo‘q ashulachiga o‘xshaydi. Mikrofonini tortib olsang, bu ashulachining bahosi sariq chaqa. Bularning qo‘lidagi ko‘zir Xongirey. Ertaga ko‘zirdan ajralishsa mikrofonsiz ashulachining o‘zi bo‘la qolishadi. Bu xaromilar bilan o‘shanda gaplashaman.» — Kesakpolvon shu qarorga kelib, tobelik libosida «xo‘p» dedi. — Xongirey bizga muhim topshiriq berdi. Krasnoyardagi xaridorlarimizning ishtahalari yaxshi. Lekin ularning so‘ragan narsalarini darrov yuborib bo‘lmaydi. Avval ozrog‘ini yuborish kerak. Kurerlikka yaraydigan ishonchli odam bormi? Kesakpolvon o‘ylab o‘tirmay «bor» deb javob berdi. Bular uchun eng ishonchli odam uning nazarida Jamshid edi. Bular balki Jamshidni o‘zlaricha belgilab qo‘yib, sinash maqsadida so‘rashayotgandir? Agar shunday bo‘lsa, Jamshidning yolg‘iz o‘zini yubormaydi, Qozini yoki boshqasini yoniga qo‘shadi. Kesakpolvon shu to‘xtamga kelib turganida Selim «Odam ishonchli bo‘lsin, lekin yo‘qotsang, achinmagin», deb fikrini buzib yubordi. — Angladingmi, qardosh? — deb so‘radi Mamatbey. — Ishning xatari bor, — dedi Selim Kesakpolvonning javobini kutmay. — Lekin oqib keladigan foyda bitta-ikkita odamning joniga arziydi. Bugun kech o‘nda odaming Krasnoyarga uchishi kerak. Mol anavinda, — Selim shunday deb eshik yonidagi yangi jigarrang diplomatni imlab ko‘rsatdi. — Qulfini ochishni xaridorning o‘zi biladi. Odaming ertalab xaridorga telefon qiladi. «Bir soatda yetib boraman», deydi. Lekin bir soatda ham, o‘n soatda ham bormaydi. Ertasiga telefon qilib, ana undan keyin boradi, — Selim yon cho‘ntagidan surat chiqarib, Kesakpolvonga uzatdi, — Xaridor shu odam. Turadigan joyi, ismi, telefoni orqasiga yozilgan. Kesakpolvon bir suratga, bir Selimga qarab, ajablandi: — Kozlov-ku? — dedi taajjubini yashirmay. — Ha, Kozlov, — dedi Selim xotirjam ravishda. — Buning izi yo‘qolgan, deb eshituvdim, — dedi Kesakpolvon Mamatbeyga qarab. — Biz iz yo‘qotmaymiz, biz izni quritmagimiz mumkin, — dedi Mamatbey. — Kozlov Xongirey huzuriga bosh egib bordi. U endi Krasnoyarda bizlarga xizmat etajak, angladingmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling