Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet180/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
degan edi, u «adamiz nima desalar shu», dedi-yu, vakolatini eriga opa-osongina 
topshirib qo‘ya qoldi. Shundan keyin to‘yning qay tartibda o‘tishi lozimligini Jalil erinmay 
bayon qildi, Asadbek esa siqilmay, sabr bilan tingladi. Jalilning maslahatlari o‘zining 
qarichiga mos edi. Uning nasihati qarindoshlari-yu, yor-do‘stlari yig‘ilganda sanog‘i 
yuztadan oshmaydigan xonadonga to‘g‘ri kelardi. Asadbekning o‘ttiz, nari borsa qirq kilo 
guruch damlab, elga osh tortish, to‘yni katta restoranlarda emas, shu hovlida o‘tqazishi 
lozimligi kulgili hol bo‘lsa-da, Asadbek kulmadi, oshnasidan ranjimadi ham. Nasihatlar 
poyoniga yetgach, to‘y kuni belgilandi. 
Maslahat majlisi «nasihatlarni tinglayver- gin-u, bilganingdan qolma» degan 
yashirin shior ostida o‘tdi. «Oshnamga ancha nasihat qildim, u qulog‘iga oldi», degan 
to‘xtamga kelgan Jalil esa uyiga mamnun qaytdi. 
XVI b o b 
I 
Birovlar taqdir yozug‘iga ishonishadi. Boshqa birovlar esa «Bo‘lmagan gap!» deb qo‘l 
siltab qo‘yishadi. Kimdir taqdiridan noliydi, yana kimdir tobora boyib borishini taqdirdan 
deb biladi, «peshonaga yozilgan ekan, to o‘lgunimcha shunday farog‘atda yashayman», 
deb ishonadi. Bulardan tashqari yana shunday toifa borki, shoir: «Yo Rab, loyimni-ku 
qorgan o‘zingsan, o‘rish-arqog‘imni o‘rgan o‘zingsan, yomonmanmi-yaxshi, men qandoq 
qilay, taqdir manglayini bergan o‘zingsan», deb aytganiday barcha gunohlarini, 
yomonliklarini, zulmlarini, fasodlarini taqdirga to‘nkab qo‘ya qoladi. 
Eron gilamlari bilan bezatilgan keng xonada sigaret tutatib, navbatdagi zulm rejasini 
tuzib o‘tirgan uch kishi ana shu toifadan hisoblanadi. 
Bular o‘zlariga o‘xshash minglab, balki undan-da ko‘p inson bolalari kabi bilmaydilarki, 
taqdir yozug‘idagi tug‘ilmoq va o‘lmoqqa doir muammolarni inson hal etmoqqa qodir 
emas, ammo halol yoki harom yashamoq uning izmidadir. Yaratgan tug‘ilmish inson 
bolasining taqdirida ikki yo‘lni belgilab berdi: biri — Rahmon, yana biri shayton yo‘li. Bu 
ikki yo‘lni bir-biridan farqlamoq uchun unga zehn, aql, idrok, fahm-farosat kabi fazilatlar 
ham berdi. Ayni choqda har ikkala yo‘lning oxiri nimalardan iborat ekanini ham ma’lum 
qilib qo‘ydi. Odam bolasining taqdiriga faqat buzuqlik, faqat zolimlik, faqat va faqat 
fosiqlik yozib qo‘yilsa-da, shafqat, mehr-muruvvat, umuman yaxshilik ko‘chalari esa 
tamoman berkitilib tashlanishi mumkinmi? U holda banda mahshar kuni hisob-ki tob 
qilinayotganda «menga to‘g‘rilik yo‘lini tanlash imkoniyati berilmagandi, shayton yo‘lidan 
yurmakdan o‘zga choram yo‘q edi», desa-chi? 
Eron gilamlari bilan bezatilgan keng xonada sigaret tutatib, navbatdagi zulm rejasini 
tuzib o‘tirgan bu uch kishining shunday demog‘i tayin. To‘g‘ri, ular hozir, ertaga, undan 
keyin ham — to jonlari chiqquniga qadar mahshar kunida hisob bermoqliklari shart 
ekanini o‘ylamaydilar, unga tayyorgarlik ham ko‘rmaydilar. 
Bu uch odamni ayni damda bir maqsad qovushtirib turgan bo‘lsa-da, uchavi uch olam 
edi. To‘plagan boyliklari umrlarining oxiriga qadar yetib-ortgani kabi to‘plagan gunohlari 
ham do‘zax o‘tida abadiy kuymoq uchun yetib ortadi. Iblis ularning taqdir iplarini bir-
biriga tugib, shu xonada uchrashtirdi. 
Bir buzuq ayol faxsh yo‘lidan qaytmoqqa niyat qilibdi. Ammo nafs qurg‘urning «So‘nggi 
marta safarga chiqib, ayshingni surib qol, tavbangni keyinroq qilaverasan», degan 
maslahatiga kirib dengiz sayohatiga chiqibdi. Ittifoqo, kema falokatga uchrab, cho‘ka 
boshlabdi. Shunda fohisha tavba qilib debdiki: «Ey Xudoyim, to‘g‘ri, gunohim ko‘p, lekin 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling