Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
174 — Shu hovli begona bo‘lmasin, o‘zingiz oling, — dedi u. — Mening uyim bor, — dedi Asadbek. — Men o‘g‘illaringizning biriga vatan bo‘larmikin, devdim. — Sizning o‘g‘illaringizga vatan kerakmasmi? — Keraklikka kerak... qo‘l kalta-da, Bek aka. — Qamar aka, sizga bu ishni birov o‘rgatdimi, yo bitta-yarimta zo‘r «sotasan», deb zo‘rladimi? — Meni kim zo‘rlardi, hayotning o‘zi majburlab qo‘yarkan. — Zavodda necha yildan beri ishlaysiz? O‘ttiz yil bo‘lgandir, a? — O‘ttizingiz nimasi, qirq besh yil bo‘ldi. Urush vaqtida o‘n to‘rt yoshimda boshlaganman ishni. Dastgohga bo‘yim yetmasdi, oyog‘imning tagiga g‘isht qo‘yib berishardi. — Shuncha ishlab qo‘yibsiz, uy so‘ramaysizmi? — Vaqtida navbatga turib qo‘ymagan ekanman. Omi odamman-da. — Hozir navbatingiz bormi ishqilib? — Borlikka bor-ku, lekin ellikning naryog‘ida. Bu yil zavod bitta uy quruvdi, navbat yaqinlashib qolarmikin, desam, Rossiyadan ishchilar keladigan ekan, uy o‘shalarga berilarmish. Katta o‘g‘lim ham ishxonasida navbatda turibdi. Tunovinda hisoblasak, navbati o‘ttiz yilda kelarkan. — Ota-bola ikkita uy olsalaringiz masala hal-mi? Qamariddin Asadbekning maqsadini anglab o‘ng‘aysizlandi: — Bek aka, shu joyni olib qo‘ya qolganingiz yaxshi edi bizga. — Menga uy kerakmas, — dedi Asadbek qat’iy tarzda, keyin samimiy ohangda qo‘shib qo‘ydi: — Menga qo‘shni kerak. — Rahmat, Bek aka, o‘zi... sizning oldingizda hijolat edim. — Nega hijolat bo‘lasiz? Siz bilan bizning oramizda gap-so‘z bo‘lishi mumkinmas. — O‘rtanchamni yaxshi somsaxonaga joylab qo‘yuvdingiz. Tirikchilik tuppa-tuzik o‘tib turuvdi. Bola tushmagurning somsapazlikka sirayam toqati yo‘q-da. Mendan bemaslahat avtobazaga borib ishga joylashib olibdi. Bir shalaq aravani berib qo‘yishgan, bir kun yursa o‘n kun qora moyga belanib tuzatadi. Shunda ham shashtidan qaytmayapti. Juda o‘jar-da. — Karate bilan shug‘ullanadigani shu bolamidi? Tashlab yuborgandir? — Be, qayoqda! Karate degani uning joni-ku! Ikkita bolali bo‘lding, qo‘y endi, desam ham «otammisan sen, kimga gapiryapsan» demaydi. — Shu o‘g‘lingizni menga bering, menda ishlasin. Bu taklif Qamariddin uchun ham kutilmagan, ham yoqimsiz bo‘ldi. Shu sababli hamsuhbatiga bir oz tikilib, darrov javob qaytarmadi, so‘ng: — Qanaqa bo‘larkin... avtobazasiga ancha o‘rganib qoluvdi, xo‘jayinlari «yangi moshin kelsa, sen olasan», deb va’da qilishibdi... Asadbek bu mujmal gapning asosida qanday xavotir yashiringanini fahmlab, afsus bilan kulimsirab qo‘ydi: — Qamar aka, shu gapingizga qoyil qolmadim. Necha yillik qo‘shnimiz-u, lekin siz ham boshqalarga o‘xshab har xil mish-mishlarga ishonasiz. Xuddi men o‘g‘lingizning qo‘liga bolta berib jallodga aylantirib qo‘yadiganday qo‘rqasiz-a? — Unaqa emas, Bek aka, sizni hurmat qilaman. — Hurmat qilasiz-u, lekin qo‘rqasiz. Sizga aytmagandirman, o‘zingiz odamlardan eshitgandirsiz balki, men bolaligimdan boshlab qimorning xadisini olganman. Gapning dangalini, naqdini, halolini, xullas, o‘g‘il bolasini yoqtiraman. Ilgari ham bolalaringizni bering, deganimda mijg‘ovlik qiluvdingiz. Men pul topishni bilaman. Agar xohlasangiz o‘g‘lingizga kooperativ taksilardan bittasini berib qo‘yay, istasangiz uzoqqa qatnaydigan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling