Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet175/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
175
KamAZlar bor. 
— Bek aka, uzoqning ishi qiyin. Borib kelguncha xavotirdan yorilib ketarman. 
— Unda o‘zimning moshinamni haydaydi. Doim ko‘z oldingizda bo‘ladi. O‘ylab ko‘ring, 
ko‘nglingizda ozgina gumonmi, xiralikmi bo‘lsa — men taklif qilmadim, siz eshitmadingiz. 
Orada ginalik yo‘q. Men «uyni sotmang», deb chiqdim, siz shunga ko‘ndingiz — boshqa 
gap-so‘zimiz yo‘q. 
Asadbek shunday degach, o‘rnidan turdi. 
Ko‘chaga qadar kuzatib chiqqan qo‘shnisini taomilga ko‘ra uyiga taklif qildi. Qamariddin 
bu lutfga «Xudo xohlasa to‘ylarda chiqarmiz», deb yaxshi niyat bilan javob qildi. 
Erining hovliga kirib kelayotganini ko‘rgan Manzura oshxonadan chiqdi-da, «Haydar aka 
kelganlar», deb mehmonxona tomonga qarab qo‘ydi. Asadbek Kesakpolvonning bugun 
albatta kelishini bilardi. Shu bois xotini aytgan yangilikdan ajablanmadi. Eri bilan Haydar 
akasi orasida qanday gap o‘tganidan, oxiri ikkovidan birining yoki ikkovining o‘limi bilan 
yakunlanuvchi yo‘lga qadam qo‘yganlaridan bexabar Manzura Kesakpolvonning kirib 
kelishida g‘ayri tabiiy holatni sezmadi, uning qaymoq, issiq non ko‘tarib kirib kelishini 
odatdagi tashriflardan deb bilgani sababli eriga aytgan xabarida taajjub ohangi yo‘q edi. 
Mehmonxonadan chiqib kelayotgan Mushtariyga ko‘zi tushgan Asadbek xotiniga 
«kelining nega kirdi u yoqqa?» degan ma’noda savol nazari bilan qaradi. 
Choyni olib kira qoling, devdim, — dedi Manzura. 
— Bu uyda erkak zoti yo‘qmi, xizmat qiladigan? 
Manzura «Samadjonga o‘zingiz ish buyurdingiz, Hamidjonning tobi yo‘qligini aytdim-ku», 
deb o‘zini oqlashga jur’at qilolmay, eriga mo‘ltillaganicha qarab turaverdi. U erining 
so‘kib berishini kutgan edi. Mushtariy yaqin kelib qolgani uchun Asadbek xotinini siquvga 
olmadi. Keliniga: 
— Qizim, bizda kelin begon erkak o‘tirgan uyga kirmaydi. Mehmonga atalgan narsani 
shunday ostonaga qo‘yib sekin ovoz beradi. To‘g‘ri aytyapmanmi, onasi, sen shunaqa 
qilarding, a? 
— Ha, begonalarga shunaqa qilinadi. Haydar aka amaki qatori bo‘lganlari uchun... 
Erinnig avzoyi birdaniga o‘zgarganini ko‘rgan Manzuraning gapi og‘zida qoldi. Asadbek 
«Bularga amaki bo‘ladigan ukam o‘lib ketgan», deb to‘ng‘illamoqchi edi-yu, kelin 
huzurida noqulay ahvol yuzaga kelishi mumkinligini fahmlab, indamay qo‘ya qoldi. 
Kesakpolvon derazaning o‘ng tomonida, har doim o‘tiradigan joyida yonboshlaganicha 
qaymoqxo‘rlikni boshlab yuborgan edi. Kosadagi qaymoqqa botirilgan non bo‘laklarini 
choy qoshiqda bittadan olishga qanoat qilmay beminnat barmoqlarini ishga solib qo‘ya 
qolgandi. Asadbek ostonada paydo bo‘lishi bilan Kesakpolvon qaymoq yuqi barmoqlarini 
yalab o‘rnidan turdi-da, ko‘rishmoq uchun bilagini tutdi. Asadbek kayfiyati durust bo‘lsa, 
Kesakpolvonning bu qilig‘i e’tiborisiz qolar, bir nimadan g‘ashlanib, yoki achchiqlanib 
turgan bo‘lsa, «Qo‘lingni artsang o‘lib qolasanmi», «Burninggacha qaymoq chaplabsan-
a, buncha isqirt-san», «Kuchuk bolaga o‘xshab chappillataverma» kabi zaharli 
tanbehlarni eshitardi. Eshitardi-yu, «qaymoqxo‘rlikning asl mazasi shunda-da», deb o‘z 
bilganidan qolmas edi. 
Kesakpolvonning barmoqlarini yalab, ko‘rishmoq uchun bilagini tutishi Asadbek uchun 
yangilik emasdi. Ilgarilari buni befarosatlik ramzi sifatida qabul qilgan bo‘lsa, hozir 
mensimaslikning bir ko‘rinishi deb bilib g‘ashlandi. Qandaydir ovoz (balki shayton 
alayhila’nadir) «zaharli so‘zlaringni sanchib-sanchib olsang-chi, indamay 
qo‘yaverasanmi», dedi. Boshqa ovoz esa (balki Yaratganning farishtalaridir) «Sen endi 
bu bilan o‘chakishma, sir berma, o‘zingni bir pog‘ona past ol, kam bo‘lmaysan. Shunday 
qilki, uni g‘aflat bossin...» deb shashtidan qaytardi, ko‘ngil g‘ashligini sezdirmadi. 
Kesakpolvon go‘yo qaymoqxo‘rlik bilan band bo‘lsa-da, oshnasining ko‘z qarashlaridan, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling