Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet168/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
— Manpar yo‘q, umuman suyuq ovqat yo‘q, — dedi xizmatchi bir oz ensasi qotgan 
tarzda. 
— Unda toboqi jo‘ja olib keling,— dedi Asadbek. 
— Bunaqasini uyingizga borganda yeysiz, bizda umuman toboqi bo‘lmaydi, — dedi 
xizmatchi endi qo‘rsroq ohangda. Manzura «bu qo‘rslikdan erim sachrab ketmasin», 
degan hadikda unga qarab: 
— Kievcha kotlet beraversin, mayli, — dedi. 
Xotinining muloyim ohangdagi bu so‘rovi bo‘lmaganda Asadbek chindan ham bir-ikki 
«shirin» gap aytishdan o‘zini tiymagan, xizmatchi juvon esa shu bahonada onasining 
qaysi mahluqqa qo‘shilishi oqibatida dunyoda kelganini bilib olgan bo‘lardi. Asadbek 
«Umring bo‘yi kievcha kotlet yeyishni orzu qilib, endi shu yerda yetishdingmi?» degan 
ma’noda Manzuraga qaradi-da, xizmatchiga: 
— Ikkita kievcha kotlet. Xotinimning boshi shunga qorong‘u bo‘lgan, — dedi. 
Juvon bu hazilga e’tibor bermay, daftarchasiga buyurtmani yozdi-da, «Yana nima?» deb 
so‘radi. 
— Bo‘ldi, — dedi Asadbek. 
— Salat... vino?.. 
Xizmatchining takliflari chala qoldi. Asadbek qo‘pol ravishda: 
— Nima kerakligini senga aytdim, — dedi. 
Xizmatchi juvon ensasi qotganini yashirmay burilib ketgach, Asadbek so‘kinib qo‘ydi. 
— Uyga bora qolsak bo‘lardi, — dedi Manzura, yalinish ohangida. 
— Yo‘q, kotlet, dedingmi, endi yeysan shu kotletni, — dedi Asadbek. 
— Voy, qornim to‘q, — dedi Manzura og‘ir jazoga hukm bo‘lgan odam kabi cho‘chib. 
Xotinining bu sarosimasini ko‘rib Asadbek kulib qo‘ydi: 
— Ke, endi sen ham bir yayrab o‘tirgin. Bizning qudalaringdan kamimiz bormi? Biz ham 
yeb ko‘raylik o‘sha kotletni. U yoqlardagi xizmatchilar qanaqa ekan, shunaqa lopillagan 
xotinlarmi? 
— Yo‘g‘a, u yoqda yosh yigitlar xizmat qilisharkan. Shamolday yelib-yugurishadi, baraka 
topgurlar. Dasturxonga bitta ushoq tushsa darrov tozalashadi. Men o‘zimizning 
odatimizni qilib qoshiqni sochiqqa artsam, Hamidingiz «unaqa qilmang, xizmatchi yigitni 
baloga qo‘yasiz», deydi. 
— Nega? — deb ajablandi Asadbek. 
— Xo‘jayin ko‘rib qolsa «qoshiqni yaxshi tozalamay qo‘ygan ekansan», deb uni ishdan 
haydab yuborarkanda... 
Nihoyat, kievcha kotlet ham keldi. Asadbek sanchiqda bir tishlam uzib olib, og‘ziga soldi-
yu, tuflab tashlashni yoki yutishni bilmay, javdirab qoldi. Manzura erining holini fahmlab 
kuldonni u tomon surdi-da: 
— Ko‘nglingiz tortmasa yemang, adasi, — dedi. 
Asadbek chala chaynalgan qiymani tashladi-da, baland ovoz bilan xizmatchi ayolni 
chaqirdi. Manzura janjalning hidi kelib qolgani sababli turishga taraddudlandi. 
— Adasi, yuring, ketaqolaylik, bolalar ham qaytishgandir. 
— O‘tir, — dedi Asadbek amr ohangida. — Men bu yerga ovqat yegani kelganman. 
Ikkinchi chaqirishdan so‘ng xizmatchi keldi-da «Buncha betoqatsiz?» deganday 
qoshlarini chimirdi. 
— O‘tir, — dedi Asadbek. 
— Mijozlar bilan o‘tirish mumkinmas, — dedi xizmatchi. 
— Men sening mijozingmasman, o‘tir degandan ke-yin o‘tir. 
Oppoq sochli bu odamning ko‘zlarida chaqnayotgan qahr-g‘azab uchquni xizmatchini 
omonat tarzda bo‘lsa-da, o‘tirishga majbur etdi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling