Microsoft Word sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish doc


Download 66.12 Kb.
bet8/11
Sana29.03.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1307504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xidirova Munisa Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish

Dars tuzilishiga doir dars namunalari
1.Tayyorlov bosqichi.
Mavzu: Choʻpon yigit bilan Shiroq.
Darsning maqsadi:

  1. afsonaviy qahramonlar haqida ma’lumot berish. b) oʻquvchilarda vatan tushunchasini,vatanparvarlik tuygʻularini tarbiyalash;

Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar. Darsning borishi:

    1. Kirish suhbati. Oʻquvchilardan vatanini dushmandan asragan qahramonlardan kimlarni bilishlari soʻraladi. Toʻmaris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro nomlari sanalib, Shiroq degan qahramon ham oʻtganligini, uning qahramonligi haqida halqimiz, «Choʻpon yigit Shiroq» degan afsona yaratgani aytiladi.

    2. «Choʻpon yigit Shiroq» afsonasi oʻqib beriladi. 3.Afsona yuzasidan dastlabki suhbat:

Afsona sizga yoqdimi? Unda kimning qahramonligi hikoya qilib berilgan? Shiroq nima uchun hanjari bilan burni, quloqlarini kesdi? Keyin Shiroq kimning oldiga bordi? U shox Doroga nima dedi? Shiroq Doro qoʻshinlarini qaerga olib bordi? Shiroq nima deb hayqirdi? Oʻquvchilar javobi umumlashtirilib, ular vatanni sevishga; uning tinchligi uchun kurashishga chorlaydilar.

  1. Asarga ishlangan rasmlar koʻrsatiladi.

  2. Shiroq rasmini uyda chizib kelish topshirigʻi beriladi.

Ota-onalaridan qahramonlik haqida ertak, hikoya bilib kelishlari va ota-onalariga Shiroq haqida gapirib berishlari aytiladi.

  1. Yana nimalar haqida bilishni istashlari oʻquvchilardan soʻraladi. Oʻquv yilining ikkinchi yarmida 1-sinfda oʻtkaziladigan sinfdan tashqari oʻqish darsining rejasi birinchi yarim yildagiga qaraganda bir muncha murakkablashadi. Darslarda oʻquvchilar badiiy asarni ovoz chiqarib oʻqishga hajmi uncha katta

boʻlmagan ertak, hikoya va she’rlarni ichga oʻqishga, oʻqilganlarning mazmuni yuzasidan suhbat orqali esa asar qahramonlarining xatti-harakati, odob-axloqini taqqoslab, xulosa chiqarishga oʻrgatib boriladi; avval oʻqilganlar yuzasidan hosil qilingan bilim va malakalari mustahkamlanadi; navbatdagi bunday darsda oʻqiladigan kitoblar, bajariladigan ishlar tushintiriladi.
Boshlangʻich bosqichda sinfdan tashqari oʻqish uchun haftada bir dars ajratiladi. Oʻquv yilinig birinchi yarmida oʻtkazilgan sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotida oʻquvchi asar mazmunini oʻquvchining oʻqib, yoki hikoya qilib berishi orqali idrok etgan boʻlsa, ikkinchi yarim yilda oʻtkaziladigan sinfdan tashqari oʻqish darsi uchun mavzudagi yoki temasi yaqin ikki badiiy asar tanlanadi. Ularni birinchi oʻqituvchi oʻqib beradi, ikkinchisini oʻquvchilar mustaqil oʻqiydilar. Har ikki asarni oʻzaro taqqoslab suhbat oʻtkaziladi. Bunda oʻquvchilarning kitob oʻqishga boʻlgan xohishini hisobga olib, yaxshi oʻqiy olmaydigan oʻquvchilar sarlavhasini oʻqib,
rasmlarini koʻrib chiqib, mazmunini aytishga oʻrgatiladi.
Bu bosqichda oʻtkaziladigan sinfdan tashqari oʻqish darsning koʻrilishi quyidagicha boʻlishi mumkin;

  1. Darsning qisqacha kirish qismida oʻquvchilar uy vazifasini qanday bajarganliklari aniqlanadi. Oʻquvchi tanlagan kitobni koʻrib chiqib, mavzu aniqlanadi.

  2. Oʻquvchilarning kitobxonlik darajasini kengaytirish, oʻstirish, ularga mustaqil oʻqishga havas uygʻotish, qiziqtirish maqsadida tanlangan badiiy asarni oʻqituvchi ovoz chiqarib, ifodali oʻqib beradi.

  3. Oʻqilgan kitob mazmuni yuzasidan suhbat oʻtkaziladi.

  4. Oʻquvchilar mustaqil oʻqish uchun tanlangan yangi kitobni oʻzlari koʻzdan kechirib chiqadilar.

  5. Oʻquvchilar oʻzlari koʻrib chiqqan badiiy asarni mustaqil ravishda ichda oʻqiy oladilar.

  6. Oʻquvchilar oʻqigan asarni oʻqituvchi ifodali oʻqib bergan asar bilan taqqoslagan holda suhbat oʻtkaziladi.

Sinfdan tashqari va dasrdan tashqari vaqtlarda oʻquvchilar yozuvchilarning asarlari «Tong yulduzi» gazetasi va «Gʻuncha» jurnalini oʻqiydilar.
3-sinfda sinfdan tashqari oʻqish darslariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish quyidagicha boʻlishi mumkin: mashgʻulot boshlanishidan bir hafta oldin mavzusi e’lon qilinadi. Mashgʻulotda koʻzda tutilgan maqsad, amalga oshiriladigan vafalar uqdiriladi. Sinfdan tashqari oʻqish uchun asarlar roʻyxati tavsiya etiladi.
Masalan tabiat va ekologiya, Orol dengizi mavzusiga oid she’r, maqolalar, oʻqish va yodlash, gazeta va jurnallarda shu mavzuga doir rasmlar toʻplash topshiriladi. Olib kelingan materiallar oʻqituvchi rahbarligida koʻzdan kechiriladi va dars davomida maqola, she’r va rasmlardan oʻrni bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bolani nima qiziqtirsa, u shu haqda fikr yuritadi, esda saqlab qoladi. Bu sea quvonch hislarining yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Dastlabki jarayonda oʻquvchilarni yangi sharoitlarga oʻrgatish, koʻniktirish muhim oʻrin tutali. Buning uchun ishni biz birinchi kundan boshlab bolalarning individual xususiyatlarini kuzatishdan boshlashimiz maqsadga muvofiqdir. Koʻpgina bolalar xavotirlanish, asabiylashishi seziladi, natijada ba’zi bir oʻquvchilarni hech narsa qiziqtirmaydi.
Biz oʻqishning birinchi kunidan boshlab oʻquvchilar bilan iliq muloqotda bulishga, ularning fikrini qoʻllab quvvatlashga, sinfda ijobiy muhitni shakllantirishga harakat qildik, hamda sinfdagi sogʻlom ruhiy sharoitni doimo saqlab bordik. Sinfdagi ruhiy sharoit bolalarning ongli xulqini shakllantirish va darsga boʻlgan qiziqishlarini orttirish imkoniyatini paydo qildi.
Sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlarida ularning e’tiborini jalb etish, oʻqishga qiziqishini oshirish uchun dastlab matnga mos ishlangan ertak qahramonalari tasviridan foydalanish mumkin. Ertak qahramonlarinig sinfda paydo boʻlishi bolalarda oʻqishga boʻlgan qiziqishini orttiradi.
Qiziqish – bolalar xulqini tartibga solib borish bilan birga, ularda oʻzlashtirishning yaxshilanishi, oʻqish tezligining ortib borishiga ham ijobiy ta’sir etadi. Qiziqarli dars eng kamgap bolalarni ham faollikka undaydi. Sinfdan tashqari
oʻqish darslarida sehrli soatlar qatnashadi va ular bolalarga qanday qilib barcha topshiriqlarni tez va toʻgʻri bajarish haqida eslatib turadi. ertak qahramonlari bolalarga rahmat aytishadi. Buni eshitish uchun mashgʻulotda ular faol ishlashadi, yana shunisi qiziqarliki, kimda-kim yaxshi javob bersa, ertak qahramonlari ularning qoʻlini ushlab minnatdorchilik bildiradi. Bu esa oʻquvchilar qiziqishini oshiradi.
Sinfdan tashqari oʻqish darslarini matematika darslari bilan bogʻlash koʻzlagan maqsadimizga erishishimizda katta yordam berdi. Dars boshlanishidan oldin biz quyidagilarni ma’lum qildik: «Bolalar, bugun biz sinfdan tashqari oʻqish darsida hisoblaymiz, misol echamiz,ertak qahramonlari esa yaxshi javob bergan oʻquvchining qoʻlini ushlab, minnatdorchilik bildiradi». Bu gaplar bolalar faolligini oshiradi, ular tezda ishga kirishadilar va katta istak bilan ish boshladilar. Bundan tashqari har bir darsning boshlanishida bolalarda televidinie va radiodan qanday qiziqarli eshittirishlarni koʻrdingiz deb soʻrash ham bolalarning qiziqish bilan hikoya qilishiga olib keladi. Mashgʻulotning birinchi kunidan boshlab, bolalarning oʻqishga boʻlgan qiziqishini shakllantirishga harakat qilish lozim.
Topishmoqlar ham bolalarni topqir, oʻtkir zehnli, zukko qilib voyaga etkazishda alohida e’tiborga loyiq. Topishmoqlar bolalarning obrazli fikrlaydigan va soʻzlaydigan boʻlishiga, soʻz boyligining orta borishiga, nutqining oʻsishiga yordam beradi. Bolaga topishmoq topishni oʻrgatish, unda fikrning asta-sekin yuksala borishiga sabab boʻladi. Chunonchi, «Er tagida oldin qoziq», «Pak-pakana boʻyi bor, etti qavat toʻni bor» kabi topishmoqlar kundalik roʻzgʻorda ishlatiladigan sabzi va piyoz ekanligini oʻylab topishga undaydi. Bolalar bu sabzavotlarni koʻp marotaba koʻrishgan, ammo sabzining oltin qoziqqa oʻxshashligi va piyozning qavat-qavatligi uning toʻni ekanligi toʻgʻrisida uylashmaydi. Ana endi topishmoq aqli shakllanayotgan bolalarning dunyoqarashini oʻstirishga uylab idrok qilishga kuzatuvchan boʻlishga oʻrgatadi. Boshqaruvchi shaxs- oʻqituvchi juda adolatli boʻlishi lozim. Topishmoqni birinchi boʻlib topgan bolani maqtov bilan ragʻbatlantirish, lekin ortiqcha darajada maktab yubormaslik joiz. Topa olmagan bolani esa sira kamsitmaslik, balki uni uylashga, izlanishga oʻrgata borish zarur. Dars jarayonida topishmoqlardan uyin vaziyatlarini tashkil etish bolalarni
oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirishga olib keldi. Qiziquvchanlik bolada kuzatuvchanlikning oʻsib borishiga yordam berdi.
Sinfdan tashqari oʻqish darsliklarida uyin vositasidan foydalanish ham yaxshi samara berganligi aniqlandi. Uyin jarayonida ularning rasmlarini almashtirib borish kerak.
Bolalarning qiziqishini rivojlantirishi uchun ularning, faoliyatiga doimo rahbarlik qilish kerak. Darsda bolalar koʻp eshitadilar, chizadilar, hikoya qiladilar. Oʻquvchilarni yanada darsga qiziqtirish uchun ushbu ertakni oʻzingiz davom ettiring,uylab topinglar, qahramonlarning nomini toping deb murojaat etish mumkin. Bunda oʻquvchilar oʻzlaricha uylay boshlaydilar, ularning e’tibori mazkur muammoga qaratilgan boʻladi. Sehrli soat esa har bir daqiqani bekor oʻtkazmang deb shoshiradi. Albatta, bunday darsni tashkil etish oson emas, darsga ertak qahramonlarini taklif qilib turish, ular tilidan oʻquvchilarni topshiriqlarni bajarishga undosh darsning yanada qiziqarli boʻlishiga olib keldi. Bolalar ular bergan topshiriqlarni oʻz xoxishlari bilan bajaradilar. Biroq shu bilan birga bolalarda kutilmagan qiyinchiliklar ham yuzaga keldi. Chunki bolalar oʻqituvchining orqasidan yurishni, erkalatishini, shirin soʻzlar aytishini yaxshi koʻrishadi. Oʻqituvchi bunda ziyrak boʻlib, hech bir oʻquvchini nazardan chetda qoldirmasligi kerak. Bolalarni e’tiborlikka odatlantirish uchun dars jarayonida ularni qiziqtirish deb belgiladik. Doimo uyinni talab etadigan bolalar bilan biz asta-sekin uyinni darsning ma’lum bir kompanenti sifatida oʻtkazdik. Koʻplab uyinlar oldindan uylab topilar, ayrimlari esa darsda oʻz-oʻzidan yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa, «Xotira» uyini diqqatga sazovordir. Oʻqituvchi bunday uyinlarni oʻtkazish bilan bolalar xotirasini charxlaydi, ularning darsga boʻlgan qiziqishni oshiradi. Sinfda quvnoq muhit yaratiladi va bolalar faolligi oshadi. Muammoli ta’lim bolalarda oʻzlari olayotgan bilimga faol munosabat ruhini hosil qilish, oʻrganilayotgan narsa va hodisalar haqida oldindan taxminiy xulosa chiqarish uchun hal etish lozim boʻlgan masalani tezda izlab topish iqtidorini, fikrlash, mustaqil faoliyat koʻrsatishni vujudga keltirishdan iboratdir.
Oʻquvchilar aqliy faoliyatini oʻstirish vositalarini oʻz ichiga olgan oʻquv jarayoni muammoli vaziyatni vujudga keltiradi. Dastlabki mashgʻulotlardan boshlab ana shunday vaziyatni elementar ravishda qoʻllab borish bolalarda tobora murakkabroq aqliy faoliyat koʻnikmalarining hosil boʻlishiga yordam beradi.


    1. Download 66.12 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling