Microsoft Word sodiq sahobalar qissasi ziyouz com doc
Download 105.29 Kb.
|
sodiq sahobalar qissasi ziyouz com-converted
ABU ZAR al G’IFORIYTuproqli yer ustida, moviy samo ostida Abu Zarchalik sodiq odam bo’lmagan. Muhammad Rasululloh Makkani tashqi olam bilan bog’lab turadigan Vaddon vodiysida G’ifor qabilasi istiqomat qilardi. G’iforiylar, asosan, tez-tez Shom shaharlariga qatnab turadigan Quraysh qabilasining savdo karvonlaridan olib qoladigan soliq hisobiga kun kechirardi. Agar savdogarlar vodiyliklarni rozi qilmasalar, talon-taroj uyushtirishdan ham toymasdilar. Abu Zar kunyasi bilan tanilgan Jundub ibn Junoda ushbu qabilaning farzandlaridan biri edi, lekin qabiladoshlaridan qalb jur’ati, aql-zakovati va uzoqni ko’ra bilishi bilan ajralib turardi. Yana bir jihati bilan u atrofdagilarga o’xshamasdi: qavmdoshlari Allohga emas, qandaydir butu sanamlarga sig’inayotganidan yuragi qattiq siqilardi, arablarning buzuq din, fasod aqidalarini butunlay inkor etardi, yangi payg’ambar zohir bo’lishini, odamlarning qalbini iymonu e’tiqodga to’ldirib, zulmatlardan nur sari yetaklashini intizorlik bilan kutardi. Makkada paydo bo’lgan yangi payg’ambar haqidagi xabar vodiyga yetib kelganida Abu Zar ukasi Anisga dedi: — Baraka topgur, uka, Makkaga borib kel. Payg’ambarlikni, osmondan vahiy kelishini da’vo qilayotgan kishining xabarini yaxshilab surishtir, so’zlarini eshit. Hammasini menga oqizmay- tomizmay aytib berasan. Anis Makkaga jo’nab ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan ko’rishdi, so’zlarini eshitib, vodiyga qaytdi. Abu Zar uni sabrsizlik bilan kutib oldi. Uchrashishi hamono yangi payg’ambar haqida so’radi. Anis dedi: U kishini ko’rdim. Olijanob axloqlarga chaqirar ekan. Aytayotgan so’zlari ham she’rga o’xshamaydi. Odamlar u haqida nima deyishyapti? — yana savol berdi Abu Zar. Uni "sehrgar, kohin, shoir" deyishar ekan. Bor-yo’g’i shumi? Men sendan ko’proq narsani kutgan edim. Хudo haqqi, javobingdan mutlaqo qoniqmadim. Agar bola-chaqamning holidan xabar olib tursang, Makkaga o’zim borib kelardim. Mayli, bora qol, ammo Makka ahlidan ehtiyot bo’l, — tayinladi Anis. Ertasiga Abu Zar yo’lga oziq-ovqat va suv oldi. Payg’ambar bilan shaxsan o’zi uchrashib, uning xabarlaridan voqif bo’lish uchun Makka sari jo’nadi. * * *
Abu Zar Makkaga xavotir va hadik ostida kirib keldi. Chunki qurayshiylarning butu sanamlariga nisbatan g’ayurligini, Muhammadga ergashgan kishilarning boshiga it azobini solayotganini eshitgan edi. Shuning uchun Muhammad haqida hech kimdan so’ramadi. Kim bilsin, u xayrihohlardan bo’lib chiqadimi yoki g’animlardan?
Тun kirgach, u masjidning bir burchagiga borib yonboshladi. Yonidan o’tayotgan Ali ibn Abu Тolib uning mehmon ekanini bilib: Birodar, yuring biznikiga, — deb uyiga taklif qildi. Ular tunni birga o’tkazishdi, ammo birovi boshqasidan biron narsa haqida so’ramadi. Ertalab Abu Zar meshiniyu safarxaltasini ko’tarib, masjidga jo’nadi. Uzzukun quloq tutib, payg’ambarning daragini bilolmadi. Qosh qoraygach, bir chetga o’tib yotdi. Bu kecha ham Ali roziallohu anhu uni uyiga olib ketdi. Ikkinchi tun ham har qanday savol-javobdan xoli bo’lib o’tdi. Uchinchi oqshom Ali mehmoniga murojaat qildi: Makkaga sizni qaysi shamol uchirdi? Agar yordam ko’rsatishga so’z bersangiz, aytaman, - dedi Abu Zar. Ali so’z berdi. Men Makkaga uzoqdan kelganman. Maqsadim — yangi payg’ambarni uchratib aytayotgan so’zlaridan ogoh bo’lish, — yorildi Abu Zar. Alining yuzida quvonch shu’lalari porladi. U kishi, Хudoga qasamki, Allohning haq elchisidurlar. U kishi... u kishi... Тong otgach, bir joyga boramiz. Mendan orqaroqda yurasiz. Biron xavfni sezsam, go’yo suv quyayotganday bo’lib to’xtayman. Men qaysi eshikka kirsam, orqamdan kiring. Shu tun Abu Zarning ko’ziga uyqu kelmadi. Payg’ambarni ko’rish, ba’zi vahiylarni eshitish ishtiyoqi nihoyatda kuchli edi. Ertasiga saharlab Ali mehmonni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uyiga boshladi. Abu Zar uning orqasidan borar ekan, hech qayoqqa qaramas, kechagi ogohlantirishlar ham esidan chiqib ketgan edi. Eshikdan hatlab o’tishi bilanoq: Download 105.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling