Microsoft Word sodiq sahobalar qissasi ziyouz com doc


Download 105.29 Kb.
bet13/26
Sana03.02.2023
Hajmi105.29 Kb.
#1155655
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
sodiq sahobalar qissasi ziyouz com-converted

ABU UBAYDA ibn al-JARROH




Har bir ummatning o’z ishongan kishisi bo’ladi. Bu ummatning ishongan kishisi Abu Ubaydadir


Muhammad Rasululloh

U ochiq chehrali, istarasi issiq, jussasi ozg’in, soqoli siyrak kishi edi. Ko’rgan odamning ko’zi quvonar, qalbida yana qayta uchrashuvga shavq pando bo’lar va u haqida iliq taassurot uyg’onardi. Bundan tashqari, nihoyatda xushmuomala, sertavoze, g’oyatda uyatchan edi, lekin ahvol og’irlashib, vaziyat keskinlikni talab qilsa, go’yo g’azabnok arslonday, uni tanib bo’lmay qolardi. U o’zining dadil va o’ktam xatti-harakatlari bilan keskir qilichga mengzardi.


Bu odam Muhammad alayhissalom ummatining eng ishoichli vakili Abu Ubayda kunyasi bilan mashhur Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh al-Fihriy al-Qurashiydir. Abdulloh ibn Umar uni quyidagicha ta’riflagan:

  • Quraysh qabilasida uch kishi borki, ular insonlarning eng ochiq chehrali, go’zal ahloqli va hayoliroqlaridir. Agar sizga gapirgudek bo’lsalar, bir luqma ham yolg’on qo’shmaslar. Agar siz ularga gapirsangiz, sizni yolg’onchiga chiqarmaslar. Bular Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon va Abu Ubayda ibn al-Jarrohlardir.

Abu Ubayda islomni eng avval qabul qilgan musulmonlardan edi. Abu Bakr Siddiqdan bir kun keyin, u kishining da’vati bilan dinga kirgan va Abdurahmon ibn Avf, Usmom ibn Maz’un, Arqam ibn Abu Arqam bilan birga Payg’ambar alayhissalomning huzurlariga borib, haq kalimasini aytgan, shunday qilib buyuk islom binosini bunyod etishlik uchun qo’yilgan eng avvalgi g’ishtlardan bo’lgan edi.


Abu Ubayda Makkada ilk islom shu’lalari tarala boshlagan ondan tortib og’ir sinovlarni boshidan kechirdi. Peshqadam mususlmonlar qatori turli xil zulmu bedodliklar, haqoratu tazyiqlar, g’amu alamlarni totib ko’rdi-ki, Yer yuzidagi bironta din tarafdori bundoq sinovlarga duchor etilmagandi. Ular esa bu sinovlarga mardonavor dosh berishdi, har qancha ahvollari tang, holatlari ayanchli bo’lsa ham Alloh taolo va Payg’ambar alayhissalom janoblariga bergan va’dalariga sodiq qolishdi. Ammo Badr jangi Abu Ubaydani yetti uxlab tushiga kirmagan, inson zoti tasavvur qilishdan ojiz bo’lgan nihoyatda mushkul imtihonga ro’para etgandi.

Badr kuni Abu Ubaydaning dushmanlar safini parokanda etishlikda ko’rsatgan jangovar mahorati mushriklar qalbiga g’ulg’ula soldi. U xuddi o’limni pisand qilmayotganday jangning eng qonli tus olgan nuqtalarida hozir bo’lar, quraysh suvoriylari esa, unga yuzma-yuz kelishdan o’zlarini olib qochardilar...


Ammo ular orasida bir kishi Abu Ubaydani yakkama-yakka olishuvga chorlab, bot-bot oldidan kesib chiqar, Abu Ubayda esa har safar unga yo’liqqanida otining jilovini chetga burardi. Haligi odam xira pashshaday Abu Ubaydani ta’qib qilishdan charchamas, u bo’lsa yakkama-yakka jangdan chetlanishini qo’ymasdi. Nihoyat, taqib qiluvchi niyatiga yetdi. Abu Ubaydaning ro’parasiga ko’ndalang turib olib, Allohning dushmanlariga qarshi jihod qilishdan yo’lini to’sib qo’ydi. So’qishdan o’zga iloj topolmagan mujohid qilichining bir zarbi bilan raqibining kallasini qoq ikkiga bo’lib tashladi.
"O’ziga o’zi o’lim tilab olgan kishi kim bo’ldi ekan?" deb boshingizni qotirib o’tirmang, ey muhtaram o’quvchi. Avval boshdayoq bu imtihonni inson bolasi tasavvur qilishdan ojiz deb aytmaganmidim?! Тixirligi boshiga yetgan kishi Abdulloh ibn al-Jarroh, Abu Ubaydaning otasi bo’lsa nima deysiz?!

Abu Ubayda otasini qatl qilgani yo’q, balki otasining shaxsidagi shirkni o’ldirdi. Shu bois Alloh subhonahu va taolo ota-bola o’rtasidagi mojaro haqida quyidagi oyatni nozil qildi:



Download 105.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling