Microsoft Word статистика лотин 14. doc
tahlil qilishda korrelyatsiya nazariyasining qo‘llanilishi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
statistika (156)
tahlil qilishda korrelyatsiya nazariyasining qo‘llanilishi
Korrelyatsion tahlil yordamida asosan quyidagi ikki masala: - bog‘lanishlar yo‘nalishini aniqlash va uni ehtimol bilan baholash; - bog‘lanishlar zichligini aniqlash masala hal etiladi. Korrelyatsion tahlil belgilarning regressiya tenglamasida ishtirok etish shaklini aniqlashdan boshlanadi. Keyin esa natijaviy belgiga ta’sir etuvchi omillarning ro‘yxati belgilanib ularning eng muhimlari tanlab olinadi. Tanlab olingan va regressiya tenglamasiga kiritilgan omillar o‘zaro chiziqli yoki juda kuchli korrelyatsion bog‘lanishda bo‘lsa, ular ma’lum darajada bir-birini takrorlashi natijasida regressiya ko‘rsatkichlari buziladi. Shu sababli barcha omillarning o‘zaro 79 bog‘lanish kuchi juft korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblash yo‘li bilan aniqlanib, bir-birini takrorlaydigan omillar tenglamadan chiqarib tashlanadi. Keyin esa regressiya tenglamasining ma’lum parametrlari (a 0 , a 1 , a 2 , … a n ) aniqlanadi. Regressiya tenglamasi aniqlangandan keyin uning ma’lum parametrlari hisoblanadi. Korrelyatsion bog‘lanish tushunchasi umumiy tushuncha - staxastik bog‘lanishning xususiy holidir. O‘zgaruvchan belgi u, x-dan staxastik bog‘lanishda bo‘ladi. Korrelyatsion bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy vazifasi o‘rganilayotgan xodisalar, faktorlar o‘zgarishining sababini aniqlashdan iborat. Omil belgi, sabab belgi sifatida, natija belgi esa oqibat sifatida namoyon bo‘ladi. Korrelyatsion tahlil usuli bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi: • vazifaning qo‘yilishi, omil va natija belgilarning tanlanishi; • statistik ma’lumotlarni to‘plash, ularni tekshirish; • grafik va analitik guruhlash usullari yordamida o‘zaro bog‘lanishlarni dastlabki o‘rganish; • juft bog‘lanishlarni o‘rganish; • ko‘p omilli bog‘lanishlarni tadqiqot qilish; • tadqiqot natijalarini baholash, tushuntirish va tahlil qilish. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling