Microsoft Word статистика лотин 14. doc


va bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/81
Sana15.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1775174
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
Bog'liq
statistika (156)

va bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari 
 
Tabiat va jamiatdagi barcha xodisalar va jarayonlar bir - biri bilan 
uzviy ravishda bog‘langan bo‘lib, bu xodisa va jarayonlardan birining 


77 
o‘zgarishi, albatda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi. 
Belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning harakteriga qarab funksional 
va korrelyatsion bog‘lanishlarga bulinadi. 
Bog‘lanishlar yo‘nalishiga qarab esa, to‘g‘ri va teskari 
bog‘lanishlarga bo‘linadi. Analitik ifodalarning ko‘rinishlariga qarab 
bog‘lanishlar to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishlarga va egri chiziqli 
bog‘lanishlarga bo‘linadi. 
Bir o‘zgaruvchan belgining har bir qiymatiga boshqa o‘zgaruvchan 
belgining aniq bitta qiymati mos keluvchi bog‘lanishlarga funksional 
bog‘lanishlar deb aytiladi. Funksional belgilarning eng muxim 
xususiyati shundaki, bunday bog‘lanishlarda barcha omillarning to‘liq 
ro‘yxatini, ularning natijaviy belgi bilan bog‘lanishini to‘liq ifodalovchi 
tenglamasini yozish mumkin.
Funksional bog‘lanishlarni sxematik tarzda quyidagi tenglama 
bilan ifodalash mumkin: 
Yi = U (xi) 
bu yerda: Yi - natijaviy belgi; 
Xi - omil belgisi; 
U (xi) - bu belgilarning ma’lum funksional bo¼lanishidir. 
Funksional bog‘lanishlarni to‘liq, aniq, “qattiq” bog‘lanishlar 
deyiladi. Funksional bog‘lanishlar matematika, fizika va boshqa tabiiy 
fanlar tomonidan o‘rganiladi. 
Funksional bog‘lanishlar turli - tuman bo‘lib, ijtimoiy - iqtisodiy 
faoliyatda amaliy jixatdan uchramaydi. Odatda omil belgining aniq 
qiymatiga natijaviy belgining bir qancha turli qiymatlari to‘g‘ri keladi. 
Bunday bog‘lanish statistikada korrelyatsion (correlatio - lat - 
narsalarning o‘zaro nisbatini anglatadi) bog‘lanish deb aytiladi. Ularning 
harakterli xususiyati shundaki, natijaga ta’sir qiluvchi barcha 
omillarning to‘liq ruyxatini aniqlash qiyin, faqatgina formula yordamida 
korrelyasion bog‘lanishlarning faqat taxminiy ifodalarini yozish 
mumkin, xolos. Korrelyatsion bog‘lanishni quyidagi tenglama bilan 
ifodalash mumkin:

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling