Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
Tahoratsiz kishiga harom bo‘lgan narsalar 
1. Tahoratsiz kishi xoh nafl bo‘lsin, xoh farz bo‘lsin, namoz o‘qishi haromdir. 
2. Janoza namozini ham betahorat o‘qish haromdir. 
3. Sajda tilovatini betahorat bajarmoqlik ham haromdir. Chunki sajdada namoz 
ma’nosi bor. 
4. Tahoratsiz Baytullohni tavof qilish man etiladi. Bunga tavofning farz yoki nafl 
bo‘lishining farqi yo‘q. Chunki tavof ham namozdir. Faqat unda gaplashishlik muboh 
qilingandir. Agar bir kishi Baytullohni tahoratsiz tavof qilsa, o‘zi gunohkor bo‘lsa ham, 
tavofi durust bo‘ladi. Chunki tavof uchun tahoratli bo‘lish shart qilinmaydi, balki u 
vojibdir. 
5. Tahoratsiz kishining Qur’on kitobining hammasini yoki ba’zisini, agar bir oyat bo‘lsa 
ham, ushlashi durust emas. Ammo Qur’on kitobining ustida undan ajragan g‘ilofi bo‘lsa, 
ushlash mumkin bo‘ladi. 
 
G’usl va uning hukmlari hamda g‘uslni vojib qiluvchi narsalar 
Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va 
musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid 
bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, 
bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, 
uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, 
Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv 
bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi. Inson ikki xil holatda 
junub bo‘ladi: 
1. Erkak yoki ayoldan maniyning lazzat bilan otilib chiqishi sababidan junub bo‘linadi. U 
xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oq bo‘lsin, farqi yo‘q. Lekin shu shart bilanki, maniy o‘z 
o‘rnidan lazzat bilan ko‘chgan bo‘lishi kerak. Bir kishida lazzat bo‘lsa-yu, maniy ajrab 
chiqmasa, u junubli hisoblanmaydi. Ammo lazzati so‘ngach, maniy ajralib chiqsa, u 
junub hisoblanadi va g‘usl vojib bo‘ladi. Kishidan uning beliga urilganligi yoki bir kasalligi 
sababli lazzatsiz maniy chiqsa, u junub hisoblanmaydi va unga g‘usl ham vojib 
bo‘lmaydi. Demak, kishining junub bo‘lishi uchun lazzat sababli maniyning o‘z o‘rnidan 
ko‘chishi shartdir. Lazzat bo‘lsa-yu, maniy bo‘lmasa, junub hisoblanmaydi. (Ammo bir 
kishi uyqudan uyg‘ongach, o‘rnida namlik ko‘rsa, uxoh peshob bo‘lsin, xoh maziy bo‘lsin, 
xoh maniy bo‘lsin, ehtiyotdan g‘usl qilib olishi vojib bo‘ladi. Chunki u uyqudalik 
holatidagi lazzatni eslay olmasligi mumkindir... - tarj.) 
2. Olat uchi oldin yoki (harom bo‘lsa ham) orqaga kirishi maniy to‘kilmasa-da, ikkala 
tomonni junub qilib qo‘yadi va ularga g‘usl qilish vojib bo‘ladi. 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling