Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahoratning sifatlari
Tahoratning makruhlari
Quyidagi ishlar tahoratda makruhi tanzihiy hisoblanadi: 1. Suvni isrof qilish. (Hatto uch marta yuvish sunnat bo‘lgan o‘rinlarni ikki marta yoki uch marta yuvganligi o‘rtasida shak qilib qolsa, modomiki, ikki marta yuvgan bo‘lsa ham, uch marta yuvganlikka hisob qiladi. Chunki shu o‘rinda ikki marta bilan kifoyalansa zarari yo‘q, ammo to‘rt marta bo‘lib ketsa, bid’at va isrof hisoblanadi. Endi bundan saqlangan ma’quldir... tarj.) 2. Suvni o‘ta kam ishlatishlik. (Hatto yuvish lozim bo‘lgan yerlarga suvning oqib bormasligi va u joylarni nam qo‘l bilan ishqalab, shu bilan kifoyalanish ham makruhdir... -tarj.) 3. Suvni yuzga zarb bilan urish. 4. Ro‘zador odamning burniga va og‘ziga suvni qattiq tortishi ham makruhdir. Chunki bunda ro‘zaning ochilib ketish xavfi bor. 5. Najosatli o‘rinlarda tahorat olish. 6. Tahorat asnosida zaruratsiz gaplashish. 7. Burunga, og‘izga suv olish va niyatga o‘xshagan ta’kidlangan sunnatlarni tark qilishlik ham makruhdir. Tahoratning sifatlari Tahorat uch qismga bo‘linadi: 1. Farz - tahoratsiz kishi namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, xoh u nafl bo‘lsin, xoh janoza namozi bo‘lsin yoki tilovat uchun sajda qilmoqchi bo‘lsin yo Qur’oni karimdan bir oyat bo‘lsa ham, ushlamoqchi bo‘lsin, unga tahorat qilish farz bo‘ladi. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 15 2. Vojib - Ka’bai Muazzamani tavof qilmoqchi bo‘lgan tahoratsiz kishiga tahorat qilish vojib. 3. Mandub, ya’ni tavsiya qilingan - tahoratsiz kishining uyqudan oldin, uyg‘ongandan keyin tahorat olishi, tahoratli kishining yana tahorat olishi, g‘iybat, chaqimchilik, yomon so‘zlardan, har bir xatodan so‘ng, mayyitni yuvgandan keyin, yana har namozga alohida tahorat olish, junub kishining g‘usl qilishdan, ovqatlanishdan, ichimlik ichishdan, uxlashdan, yana bir bor er-xotinlik qilishdan oldin tahorat olishi, g‘azab kelganda tahorat qilish, chunki g‘azab shaytondan bo‘lib, shayton esa o‘tdan yaratilgandir, o‘t esa suv bilan o‘chiriladi, Qur’on qiroat qilish, hadis o‘qish, shar’iy ilmlardan dars qilish, azon va iqomat aytish, xutba o‘qish, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) qabrlarini ziyorat qilish, Arafot tog‘ida turish, Safo va Marvani sayr qilish uchun qilingan tahorat mandub hisoblanadi. Yana tuya go‘shtini yegandan so‘ng tahorat olish ham mandubdir. Ulamolarga muxolif bo‘lishdan chiqish uchun ham tahorat olish odobdir. Misol uchun ayol kishini ushlash bilan imom Shofe’iy nazdlarida tahorat sinadi, xuddi shuningdek, kaftining ichi bilan o‘z avratini ushlasa ham. Bizning mazhabimizda bu ko‘rinishda tahorat sinmasa ham, yana qayta olish odobdandir. Chunki hamma ulamolarning ittifoqiga ko‘ra qilingan ibodat chiroylidir. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling