Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashni buzuvchi amallar
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 Mash tortishning farzlari Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silamoqlik mashning farzidir. Oyoqning ostiga yoki yonlariga mash tortish durust emas. (Mash tortishlik sunnat amal hisoblansa ham, uning ichida xuddi sunnat namozlarining ichida farzlar bo‘lganga o‘xshagan farzi bor... - tarj.) Mash tortishning sunnat ko‘rinishi Qo‘llarni ho‘llab, o‘ng qo‘lning barmoqlarini o‘ng qadamning ustiga, chap qo‘lning barmoqlarini chap qadamning ustiga tekkizib qo‘yadi va ikki qo‘lini ham to‘pig‘igacha tortadi. Barmoqlar orasi bir oz ochiq bo‘ladiki, hatto qadamlarda mashdan so‘ng chiziqlar hosil bo‘lsin. Mash tortib yurish muddati Muqim uchun mash tortib yurish muddati bir kecha-kunduz, ya’ni yigirma to‘rt soat bo‘lsa, musofir uchun uch-kecha kunduz, ya’ni yetmish ikki soat hisoblanadi. Bu vaqt tahorat singandan boshlab e’tiborga olinadi. Misol uchun bir kishi subhda tahorat oldi- da, mahsini kiydi va shu tahorati peshinda sindi. Demak, bunda u yangi tahorat qiladi, oyog‘iga mash tortadi va keyingi kunning peshin namozigacha oyog‘iga mash torta oladi, agar musofir bo‘lsa, uchinchi kunning peshinigacha mash tortishi mumkin. Musofir, deb piyodaning o‘rtacha yurishi bilan uch kunlik yo‘lga qasd qilib chiqqan kishiga aytiladi. U taqriban sakson bir kilometrlik yo‘ldir. Agar muqimning mash muddati tugamay, safarga chiqsa, uning mash tortish muddati musofirning mash tortish muddatiga aylanadi. Musofir bir kun o‘tib uyiga qaytsa, mahsisini yechib oyog‘ini yuvadi. Chunki mash tortish muddatning oxirgi vaqtiga qarab e’tibor qilinadi. Har tahorat singanda yangidan mash tortiladi. Mash tortmasdan o‘qilgan namoz qaytadan o‘qiladi. Mashni buzuvchi amallar 1. Tahoratni buzuvchi har bir amal mashni ham buzadi. 2. G’usl vojib bo‘lgan kishilarga junub, hayz yoki nifos holatida mash tortish durust emas, balki ular oyoq kiyimini yechib yuvishadi. 3. Bir qadamning aksar qismi mahsining to‘piqqacha bo‘lgan yeridan chiqib ketsa ham, ikki oyoq yechib yuviladi. 4. Mash muddati tugasa ham, oyoq yechib yuviladi. (Bir oyoq kiyimidagi yirtiqni jamlaganda oyoqning kichik barmoqlaridan uchtasi ko‘rinadigan miqdorga yetsa, u yechib yuviladi. Ammo ikki oyoq kiyimidagi yirtiqlar jamlanmaydi...- tarj.) Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling