Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayammumning shartlari
Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar
1. Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi. Bu taxminan ikki chaqirimni tashkil etadi, bir chaqirim to‘qqiz yuz metrdir. 2. Kasallikdan yoki uning ziyoda bo‘lishidan va yo davoning sekinlashidan tashvish bo‘lsa. 3. Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa. 4. Agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa. 5. Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha iyd yoki janoza namozlari o‘qib qo‘yilishi ehtimoli bo‘lsa ham, tayammum qilinadi. Chunki bu namozlar qazo bo‘lsa, o‘rniga o‘qiladigan namoz yo‘q. Ammo juma namoziga yeta olmasligini bilsa ham, Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 23 tahorat qiladi, chunki agar juma qazo bo‘lsa, uning o‘rniga peshin o‘qilishi mumkin. Agar namoz qazo bo‘lishi ehtimoli yuzaga chiqsa, vaqtni ehtirom qilish yuzasidan tayammum bilan o‘qishi joiz. Lekin baribir tahorati yo‘q bo‘lsa, tahorat olib yoki junublik yetgan bo‘lsa, g‘usl qilib qaytadan o‘qiydi. Chunki tayammum qilishga sabab mavjud emas. (Quduqda suv bor-u, lekin uni chiqarib olishga asbob yo‘q, bu o‘rinda ham tayammum qilinadi. Ammo suvni chiqarishga asbob bo‘lsa, tayammum qilinmaydi, agar jamoat ko‘p bo‘lib, har birlari tahorat olgunlaricha namoz vaqti chiqib ketsa ham. Chunki buholatda ham tayammum qilishga sabab topilmayapti. Suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa ham, tayammum qilinadi... -tarj.) Tayammumning shartlari 1. Niyat qilmoq shart. Aslida tuproq kir ketkazuvchi narsa emas, balki o‘zi kir qiluvchi narsadir. Shu sababli tayammumda niyat shart. (Suv o‘zi poklovchi narsa bo‘lganligi uchun tahoratda niyat qilish farz emas. Ya’ni, niyatsiz tahorat qilib qo‘ygan kishining tahorati qabul bo‘ladi, lekin sunnatni tark qilgan bo‘ladi. Ammo tayammum niyatsiz qilinsa, farzni tark etgan bo‘ladi va betahoratliqdan chiqmaydi. Zero, tayammumning asl ma’nosi qasd bo‘lib, musulmon kishi suv topa olmasa, mana shuqasd bilan poklanadi... - tarj.) 2. Tayammum qilish uchun yuqorida sanab o‘tilgan sabablardan birining bo‘lmoqligi ham shart. 3. Tayammum qiluvchining a’zolarida mashni to‘sadigan uzuk va bilaguzukka o‘xshash narsalarning bo‘lmasligi ham shart. 4. Tuproq, qum va toshga o‘xshash yer jinsidan bo‘lgan pokiza narsani qasd qilmoqlik ham shart. Agar toshning ustida chang bo‘lmasa ham zarari yo‘q, balki uning yer jinsidan hamda pok bo‘lishining o‘zi kifoya qiladi. 5. Yuz va qo‘llarda joy qoldirmasdan mash tortishlik ham shart qilinadi. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling