Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Istihoza qoni
Uch kundan oz muddat keluvchi qon, hayz kunlarining o‘n kunidan oshganda kelgan Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 26 qon, nifos kunlarning qirq kunidan ziyoda bo‘lganda keluvchi qon, homilador ayol ko‘radigan qon, bularning bari istihoza, ya’ni kasallik qoni, deyiladi. Birinchi bor hayz ko‘ruvchining hayz muddati o‘n kun deb e’tiborga olinadi va uning poklik muddati har oyda o‘n besh kun deb hisoblanadi. Hayzning o‘n kunlik muddatidan keyin keladigan qon istihoza qoni, deyiladi. Chunki hali bu ayolning odati ma’lum emas. Xuddi shuningdek, birinchi bor nifos ko‘rayotgan ayolning nifos muddati (agar qon qirq kundan o‘tib ham to‘xtamasa) qirq kun deb belgilanadi va undan oshgani istihoza qoni, deyiladi. Istihoza qoni uzrli kishining burnidan doimiy oqib turgan qoniga o‘xshaydi. U namoz, ro‘za va jimoni man qilmaydi. Istihoza qoni kelib turgan ayolning hukmi uzrli kishining hukmida bo‘ladi. Uzrli kishilarning bayoni yuqorida o‘tdi. Hayz, nifos holatida harom bo‘lgan amallar Hayz bilan nifos katta tahoratsizlik, ya’ni janobat hisoblanib, junub kishiga nima amal harom bo‘lsa, hayz va nifos holatidagi ayolga ham shu amallar harom bo‘ladi. Va yana bundan boshqa quyidagi amallarni ham qilish durust emas: 1. Xoh farz bo‘lsin, xoh nafl bo‘lsin, ro‘za tutishi durust emas. Ammo pok bo‘lgach, ramazon ro‘zasining qazosini tutib beradi. Namozning qazosini esa, yuqorida aytganimizdek, o‘qimaydi. Ayollar hayz yoki nifos holida zaiflashadilar, ro‘za ham insonni zaiflashtiradi. Ikki zaiflikni jamlashda badan sog‘ligiga xatar bor. Shariat esa sog‘likka zarar qiladigan narsalardan insonlarni muhofaza qilgan. 2. Hayz va nifos holida er bilan yaqinlik qilish ham durust emas. Hayz va nifosning muddati tugagach, hali g‘usl qilmasdan turib eri bilan yaqinlik qilsa bo‘ladi. Lekin g‘usl qilib olib, so‘ng yaqinlik qilsa, afzal hisoblanadi. 3. Hayz yoki nifosli ayolning kindigi va tizzasi orasidan foylanish ham durust emas, lekin ishtonga o‘xshash to‘suvchi narsasi bo‘lsa, uning ustidan foydalanish mumkin. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling