www.ziyouz.com kutubxonasi
22
Jarohatga mash tortish
Insonning biror a’zosi sinsa yoki kesilsa, ustidan taxtakach yo biror dori qo‘yib
bog‘lansa, uni yechib yuvish og‘riqni kuchaytirsa yoxud davoni kechiktirsa, tahorat
vaqtida shu jarohat bog‘langan joy ustiga mash tortiladi. Mahsiga mash tortishlik faqat
tahoratda ruxsat qilingan bo‘lsa, jarohatga mash tortishlikka tahoratda ham, g‘uslda
ham ruxsat etiladi. Mahsiga mash tortishning muqim va musofir uchun alohida muddati
bor edi, lekin jarohatga tortiladigan mashning muddati belgilanmagan, modomiki,
jarohatga suv tegsa, zarar bo‘lar ekan, u tuzalguncha mash tortish durust bo‘ladi. Mash
jarohatning aksariga tortish bilan bo‘ladi, uning hamma yeri mash qilinishi shart emas.
Jarohatga tortilgan mash yuvganning o‘rniga o‘tadi. Jarohatning bog‘ichini almashtirgan
vaqtda yangidan mash tortib qo‘yish shart qilinmasa-da, lekin afzal hisoblanadi. Agar
jarohat yechilganda tuzalmagan bo‘lsa, mashni davom ettiradi. Ammo jarohat
yechilganda tuzalgan bo‘lsa, uning o‘rnini yuvish vojib bo‘ladi. (Agar jarohat sababidan
boshqa a’zolarga ham suv tegishi zarar bo‘ladigan bo‘lsa, endi ukishi tayammum
qiladi...- tarj.)
Tayammum va uning hukmlari
Biz yuqorida bildikki, namoz o‘qish, Qur’onni ushlash, masjidga kirish va shu kabi
ibodatlar tahoratsiz yoki g‘uslsiz durust bo‘lmaydi. Tahorat yoki g‘usl esa o‘zi pok va
poklovchi suv bilan qilinadi. Islomning bag‘rikengligi va yengilliklaridan yana biri pok suv
yo‘q yoki suv bor-u uni ishlatish mumkin bo‘lmagan vaqtda musulmon kishining
Rabbisiga qiladigan ibodati barakotidan, uning foydalaridan va yakka Allohga qilingan
ibodat sababli hosil bo‘ladigan ruhiy ozuqadan mahrum qilib qo‘ymaslik uchun tahorat
yoki g‘usl o‘rniga tayammum joriy qilindi. Alloh taolo shunday deydi: «Agar suv topa
olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilib, yuz va qo‘llaringizga
surtinglar» (Niso surasi, 43-oyat).
Tayammum, deb tahorat niyati bilan yer jinsidan bo‘lgan pok narsaga qasd qilib, yuzga
va ikki qo‘lga tirsaklari bilan qo‘shib mash tortmoqlikka aytiladi.
Sa’iyd, deb yer jinsidan bo‘lgan kesak, tosh, qumga o‘xshash narsalarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |