Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Tayammumga ham, tahoratga ham qodir bo‘lmagan kishi bajaradigan narsa
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Tayammumga ham, tahoratga ham qodir bo‘lmagan kishi bajaradigan narsa
Kishi hibs qilinganligi yoki kasalligi va shunga o‘xshash holatlar tufayli suvga ham, yer jinsidan bo‘lgan pokiza narsaga ham qodir bo‘lmasa, namoz vaqti kirganda o‘zini namoz o‘qiyotganga o‘xshatib qiyom turadi, ruku’ qiladi, sajda qiladi, qa’da o‘tiradi va salom beradi. Faqat shu holatda namozni niyat qilmaydi va qiroat ham qilmaydi, u xoh katta tahoratsizlikda bo‘lsin, xoh kichik tahoratsizlikda bo‘lsin, farqi yo‘q. Uning bunday qilishi namoz vaqtining hurmatidandir. Ammo, qachonki, suvga yoki tayammum qilishga qodir bo‘lsa, namozlarini qaytarib o‘qiydi. Chunki oldingi namozlarida niyat va qiroat bo‘lmagani uchun namoz hisobiga o‘tmaydi. Hayz va nifos Ko‘pincha qizlar o‘n uch yoshga kirganda, ba’zan undan oldinroq ham qon ko‘rishadi. Uning nomi shariatda hayz, deyiladi. Qizlar shundan so‘ng taklif yoshiga yetgan hisoblanadilar va ularga namoz, ro‘za va shu kabi ibodatlar farz bo‘ladi. Bu holat kamida to‘qqiz yoshda ham ko‘riladi. Hayzdan boshqa yana nifos, istihoza qonlari ham bor. Bularning bayoni kelgusi boblarda keladi. Hayz Hayz - balog‘atga yetgan, sog‘lom, homilasiz, homila ko‘rishdan umidini uzmagan ayollarning raxmidan (bachadonidan) keladigan qondir. Ayollar ko‘pincha ellik besh yoshdan so‘ng homila ko‘rishdan umidsiz, deyiladi. U umidsizlik yoshidan keyingi Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 25 ko‘rilgan qon istihoza qoni hisoblanadi. Bu haqda hali to‘xtalamiz. Hayz ko‘pincha har oyda bir marta ko‘riladi. Uning eng ozi uch-kecha kunduz, ko‘pi esa o‘n kun bo‘ladi. Shu kunlar orasida qonning to‘xtamasdan kelib turishi shartmas, balki orada bir-ikki soat to‘xtab, yana kelishi mumkin. Mana shu qonning to‘xtashi hayzning hukmini botil qilmaydi. Albatta hayz avvalgi va oxirgi vaqti bilan e’tiborga olinadi. Agar hayz ko‘ruvchining odati bo‘lsa va unga ziyodalik qo‘shilsa, to o‘n kungacha qo‘shilgani hayz hisoblanib boraveradi. Chunki odat o‘zgarishi mumkin, ammo odatidan ziyoda bo‘lgan qon o‘ninchi kundan ham o‘tib ketsa, u o‘z odatini hayz hisoblab, undan ortganini istihoza qonga hukm qiladi va tahoratini qilib, odatidan ortgan kunlardagi namozlarining qazosini o‘qiydi. Demak, odatidan ziyoda bo‘lib o‘n kungacha to‘xtasa, odatim o‘zgaribdi, deydi, ammo o‘n kundan ham ziyoda bo‘lib ketsa, o‘z odatida qoladi va undan ortgani hayz hisoblamaydi. Ayol kishi hayz kunlarida qizil, sariq va loyqalikni ko‘rsa, hatto hech narsa aralashmagan xolis oqlikni ko‘rguncha hayzli hisoblanadi. Xolis oqlik hayz to‘xtagandan so‘ng chiqadigan narsa bo‘lib, xuddi u shilimshiq burun suviga o‘xshaydi yoki xolis oqlik, deganda ayollarning o‘zlari qo‘yib olgan paxtalariga aytiladi. Agar shu paxta xolis oq bo‘lsa, demak, hayz to‘xtagan bo‘ladi. Ikki hayz o‘rtasidagi kunlar poklik kunlari, deyiladi. Shu poklik kunlari kamida o‘n besh kun bo‘ladi. Ko‘pining esa chegarasi yo‘qdir. (Ayollarning umuman hayz ko‘rmay yuradiganlari ham bo‘lishi mumkin... - tarj.) Nifos Farzand tug‘ilgach, undan keyin keladigan qonga nifos, deyiladi. Ammo farzand ona qornidaligida keladigan qon nifos hisoblanmaydi, balki u tahoratni sindiruvchi qon bo‘lib, bunday qon ko‘rgan ayol tahoratini yangilaydi-da, tahoratli ayollarga qaysi amal durust bo‘lsa, bunga ham shu amal durust bo‘ladi. Nifosning kelish muddati ko‘pi bilan qirq kun bo‘lsa, ozining chegarasi yo‘q, ya’ni farzand tug‘ilib umuman qon ko‘rmaydigan ayollar ham bo‘ladi. Nifos qoni kelayotgan kunlar orasida bo‘ladigan poklik agar o‘n besh kun va hatto undan ortiq bo‘lsa ham, nifos qoni, deb hisoblanadi. Nifos ayolning odatidan ziyodalashsa va qirq kungacha to‘xtasa, demak, odati o‘zgaribdi. Ammo odatidan oshib, hatto qirq kundan ham ziyodalashib ketsa, u ayol odatigacha bo‘lgan holatni nifos holati, deb, undan ortganini xuddi yuqoridagi hayz masalasiga o‘xshab, poklikka hukm qiladi. Hayz va nifos holatidagi ayollar namozni ham, ro‘zani ham tark qilishadi, pok bo‘lganlaridan so‘ng esa ro‘zaning qazosini tutib berishadi, namozning qazosini o‘qishmaydi. Chunki bunda insonga mashaqqat bor. Islom dini insonga toqatidan ortiq narsani buyurmaydi. Hayz holatidagi ayol o‘zining uzrli ekanligini eridan berkitmasligi lozimki, hatto eri unga yaqinlik qilib qo‘ymasin yoki buning aksi, ayol o‘zi pok bo‘la turib eri uni to‘shagiga chaqirganda yolg‘ondan uzrliman, deb eridan bosh tortishi ham durust emas. Mana shu ikki sifatning biri bilan sifatlangan ayolga Alloh taoloning la’nati bo‘lishi haqida hadislar vorid bo‘lgan. Muslima, muxlisa ayollarimiz bundan ogoh bo‘lishlari lozim. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling