Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

 
Namozning sunnatlari 
1. Takbiri tahrima aytilayotganda erkak kishilar qo‘llarini quloqlarining yumshoqlari 
barobaricha, ayollar esa yelkalari barobaricha ko‘tarmoqlari. 
2. Iqtido qiluvchining takbiri imomning takbiri bilan orqama-keyin bo‘lishi. 
3. Erkaklar o‘ng qo‘llarini chap qo‘llarining ustiga qo‘yib, ikki qo‘lni ham kindik ostiga 
tashlab qo‘yishlari, boshbarmoq va jimjiloqni xalqa qilib, chap kaftning bo‘g‘inidan 
ushlashlari, ayollar esa o‘ng qo‘llarini chap qo‘llariga xalqa qilmasdan ko‘kraklarining 
ustiga qo‘yishlari. 
4. Birinchi rakatda takbiri tahrimadan so‘ng sanoni, ya’ni «Subhonakallohumma...»ni 
maxfiy o‘qish. 
5. Faqat birinchi rakatda Fotihadan oldin taavvuz, ya’ni «A’uzu...»ni o‘qish. 
6. Fotihadan oldin har rakatda «Bismillah...»ni aytish. Taavvuz ham, «Bismillah...» 
ham maxfiy aytiladi. 
7. Fotihadan so‘ng maxfiy qilib omiyn, deyish. «Omiyn»ni imom ham, imomga 
ergashuvchi ham va yolg‘iz o‘quvchi kishi ham maxfiy aytadi. 
8. Bomdod bilan peshinda Fotihadan so‘ng qilinadigan zam suraning uzun mufassal 
suralardan bo‘lishi. Uzun mufassal suralar Hujurotdan Burujgacha. Asr bilan xuftonda 
o‘rtacha mufassal suralardan zam sura qilish. O’rtacha mufassal suralar Burujdan 
Bayyinagacha. Shomda qisqa mufassal suralardan zam sura qilish. Qisqa mufassal 
suralar Bayyinadan Nos surasigacha. 
(Qur’oni karim suralari uzun-qisqaligiga qarab to‘rtga bo‘linadi: 
1. Uzun suralar (At-Tivol). Baqara, Oli Imron, Niso, Moida, Anfol, Tavba, Yunus suralari 
uzun suralar jumlasidandir. Ular uzun bo‘lganligi uchun At-Tivol, deb nomlanadi. 
2. Yuz oyatli suralar (Al-Miun). Bularga yuz oyatdan ko‘p yoki shunga yaqin suralar 
kiradi. Shuning uchun Al-Miun, deyiladi, ya’ni yuzliklar. 
3. Al-Masoniy, ya’ni qayta-qayta o‘qiladigan suralar. Bularga yuz oyatga yetmagan 
suralar kiradi. Namozlarda asosan shu suralar ko‘p o‘qilganligi sabab ular takror 
aytiladigan suralar, ya’ni Al-Masoniy, deyiladi. 
4. Al-Mufassal. Mufassal suralalar Hujurotdan Nos surasigachadir. Bu oraliq ham uchga 
bo‘linadi: 
A) Uzun mufassal. Bularga Hujurotdan Burujgacha bo‘lgan suralar kiradi. B) O’rta 
mufassal. Bularga Burujdan Bayyinagacha bo‘lgan suralar kiradi. V) Qisqa mufassalga 
Bayyinadan Nosgacha bo‘lgan suralar kiradi... - tarj.) 
9. Ruku’ga ketishda takbir aytish, undan qaytishda «Samiallahu liman hamidah», deb, 
tik turganda «Robbana lakal hamd» bilan kifoyalanish. 
10. Imom takbirlarni jahriy aytishi. Chunki iqtido qiluvchilarning imomga ergashishlari 
uchun jahriy takbirga hojati bor. Lekin iqtido qiluvchilar takbirni jahriy aytishmaydi
chunki bunga hojat yo‘q. (Agar jamoat katta bo‘lsa, imom jamoatning ichidan takbirni 
yetkazuvchini tayin qiladi. U imomning takbiridan so‘ng takbirni, «Samiallohu liman 
hamidah», deganidan keyin «Robbana lakal hamd»ni jahriy aytib turadi. Chunki bunga 
hojat bor. Uningnomi muballig‘, deyiladi... - tarj.) 
11. Ruku’ga borganda ikki kafti bilan ikki tizzasining ko‘zini ushlab, belini bir tekis qilib
kamida uch marta «Subhona Rabbiyal a’zim», deyish. 
12. Qiyomdan sajdaga borishda avval tizzani, keyin qo‘llarni, keyin burunni va 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling