Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


to‘p-to‘p holda jannatga haydaldilar»


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

to‘p-to‘p holda jannatga haydaldilar» o‘rniga «jahannamga haydaldilar» jumlasini 
aytib qo‘yib, shu rakatda o‘sha xatosini to‘g‘rilamasdan namozni ado etsa, u namoz 
buzilgan bo‘ladi. Ammo o‘sha rakatning o‘zida xatosini to‘g‘rilasa, namozi durust bo‘ladi. 
9. Namozda turib ozmi-ko‘pmi suv ichsa yoki ovqat yesa. 
10. Suv yo‘qligi uchun tayammum qilib namoz o‘qiyotgan kishi tahorat qilish uchun 
yetarli suvga qodir bo‘lib qolsa. 
11. Namoz o‘qiyotgan chog‘ida mahsiga tortgan mashning muddati o‘tib ketsa. 
12. Bomdod namozini o‘qiyotganda quyosh chiqib ketsa. Iyd namozini o‘qiyotganda 
quyosh zavolga og‘sa. Juma namozi o‘qilayotganda asr vaqti kirib qolsa ham, shu 
o‘qilayotgan namozlar buziladi. 
(Demak, shu holatlarda quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilishini kutadi va qazo bo‘lgan 
bomdodni o‘qiydi, quyosh zavolga og‘gach esa, iyd namozini tark qilib, peshin namozini 
o‘qiydi. Asr vaqti kirib qolgan bo‘lsa, juma namozini buzib, o‘rniga qazo bo‘lgan peshinni 
o‘qiydi... - tarj.) 
13. Namoz asnosida o‘zini bilmay qoladigan darajada hushidan ketsa. Bu holatda 
namoz buzilishi bilan birga tahorat ham sinadi. Ushbu masala yuqorida o‘tgan edi. 
14. Bitta namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa, ayolning 
namozi buziladi. Agar imom shu ayolga o‘zining imomligini niyat qilsa, bu o‘rinda 
imomning ham namozi buziladi, bu ayol xoh mahram bo‘lsin, xoh mahrami bo‘lmasin, 
farqi yo‘q. 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
15. Namozga tegishli bo‘lmagan so‘z gapirsa. Qasddan bir kishiga salom bersa yoki 
salomga alik olsa, beuzr ingrab, kamida ikki harfli ovoz chiqarsa, tovush chiqarib yig‘lasa 
ham, namoz buziladi, lekin yig‘lashi oxirat tashvishi bilan bo‘lsa, zarari yo‘q. Aksa urib 
alhamdulillah, degan kishiga javob qaytarsa, imomdan boshqaning qiroatini to‘g‘rilasa, 
namozdan tashqaridagi kishining qiroatini to‘g‘rilash uchun aytgan kalomini qabul qilib
unga ergashsa ham, namoz buziladi. Yana gapga garchi zikr bilan bo‘lsa ham, javob 
qaytarsa, namoz botil bo‘ladi. Misol uchun bir kishi mag‘lub bo‘ldi, desa-yu, namozda 
turgan kishi unga javoban alhamdulillah, desa yoki «Bir musulmon olamdan o‘tibdi», 
desa, unga javoban «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», desa ham, namoz buziladi. 
Mushafga qarab turib namozda qiroat qilsa, najosat ustiga sajda qilsa, insonlardan 
so‘raladigan narsani namoz ichida duo qilib so‘rasa ham, namoz buziladi. 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling