Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Imomga iqtido qiluvchining holatlari
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Imomga iqtido qiluvchining holatlari
Imomga ergashuvchi ikki xil holatda bo‘ladi: A) Imom bilan birgalikda hamma rakatlarni to‘liq o‘qigan kishi. Bu kishi mudrik, deyiladi. Uning namozi imomning namozi tugashi bilan tamom bo‘ladi. B) Imomga iqtido qilishda kech qolgan kishi. Bu masbuq, deyiladi. Masbuq imomni ruku’ holida topsa, takbiri tahrimani tik turib aytadi va ruku’ qiladi. Agar imom ruku’dan turib ketmasdan unga yetib olsa, u o‘sha rakatni topgan bo‘ladi, garchi qiyom va qiroatga yeta olmagan bo‘lsa ham. Agar imomga u ruku’ qilgan holida yeta olmasa, tik turgan holida takbiri tahrimani aytadi, so‘ng imom qanday holda bo‘lsa ham, unga ergashadi. Imomning keyingi rakatga turishini kutib o‘tirmaydi. Lekin masbuq shu rakatni topolmagan bo‘ladi. Imom namozini tugatib salom bergach, masbuq o‘rnidan turib, yeta olmagan rakatlarini o‘qib oladi. Masbuq yeta olmagan birinchi va ikkinchi rakatlarida Fotiha surasidan keyin bir surani zam qiladi. Chunki u zam surali rakatlarni topa olmagan edi. Ammo uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda esa zam surani qiroat qilmay, Fotihaning o‘zi bilan kifoyalanadi. Masbuq imomga qiroati maxfiy o‘qiladigan rakatlarda iqtido qilgan bo‘lsa, takbiri tahrimani aytgandan so‘ng sano duosini maxfiy o‘qiydi. Agar masbuq imomga jahriy rakatda yetib kelgan bo‘lsa, imom bilan qo‘shilib hech narsani o‘qimaydi, balki ruknlar almashayotgandagi takbirlar va sajda ruku’dagi tasbehlarni aytadi. Imomning salomidan keyin esa o‘rnidan turib «A’uzu...»ni va «Bismillah...»ni o‘qiydi, keyin yolg‘iz o‘quvchi Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 43 kabi qiroat qiladi, lekin bunda «A’uzu...» va «Bismillah...» bilan birga qiroatni ham maxfiy qiladi. Imomlikka haqliroq kishi kim? Imomlikka namoz hukmlarining buzilishi yoki durust bo‘lishini biluvchiroq olim kishi haqliroqdir. Shu bilan birga bu kishining solihligi ma’lum bo‘lgan, oshkora fahsh, gunohlardan saqlangan bo‘lmoqligi ham shartdir. Keyin qiroati chiroyliroq kishi, so‘ngra taqvodorroq, so‘ng yoshi ulug‘roq, keyin esa xulqi go‘zalroq kishi imomlikka haqliroq hisoblanadi. Bu aytilgan tartib, agar jamoatning ichida sulton bo‘lmasa, hisobga olinadi. Agar jamoatda yo sulton, yo amir, yo amirning noibi, yo qozi yoki o‘sha o‘rinda odamlar kelishib jamoat holida o‘zlariga bir kishini tayin qilib olishgan bo‘lsa, yoxud imom vazifasidagi kishi bo‘lsa, mana shular namozni buzmay o‘qib bera olsalar, imomlikka o‘z masjidlarida boshqalardan ko‘ra haqli bo‘ladilar. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling