Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Imomlik va jamoatning shartlari


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

Imomlik va jamoatning shartlari 
1. Balog‘atga yetgan bo‘lmoqligi. Balog‘atga yetgan kishining go‘dakka iqtido qilishi 
durust emas. 
2. Erkak kishi bo‘lmoqligi. Ayol kishi erkak kishiga imom bo‘lmoqligi durust emas. 
Ammo ayol ayollar jamoasiga imom bo‘lib, namoz o‘qishligi makruh bo‘lsa-da, durustdir. 
(Bunda imom bo‘lgan ayol erkaklar kabi oldinda ajrab turmaydi, balki qolganlar bilan 
safda barobar bo‘lib turadi... - tarj.) 
3. Imomning qiroati namozni buzmaydigan darajada tajvidli bo‘lishi, lekin iqtido 
qiluvchilar ichida qori bo‘lsa, o‘sha imomlikka o‘tishi yaxshi. 
4. Imomning siydik tomib turishi, yel chiqib turishi, doimiy qon oqib turishi kabi uzrli 
holatlardan salomat bo‘lmoqligi. Uzrli kishi haqidagi masalalar tahorat hukmlari haqidagi 
bobda gapirib o‘tildi. 
5. Imomning o‘zi imomga iqtido qilgan bo‘lmasligi, agar u masbuq bo‘lsa ham. Masbuq, 
deb imomga bir yoki undan ko‘proq rakat kechikib iqtido qilgan, imom salom bergach 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
esa, o‘rnidan turib kechikkan rakatlarini o‘qiyotgan kishiga aytiladi. Demak, imomga 
iqtido qilgan kishiga iqtido qilish durust bo‘lmaganidek, masbuqqa ham iqtido qilmoq joiz 
emas, chunki u masbuq ham iqtido qiluvchi hukmidadir. 
6. Imomga iqtido qiluvchi safda imomdan oldinga o‘tib ketmasligi. Bu ham iqtidoning 
shartlaridandir. 
7. Iqtido qiluvchining imomga ergashishni niyat qilishi. Ammo imom o‘zining imomligini 
niyat qilishi sunnat hisoblanadi. Agar imom ayollarga imomlik qilsa, ularga imomlik 
qilayotganini niyat qilishi vojibdir. Chunki shu niyat bilan imomga iqtido qilgan 
ayollarning namozi durust bo‘ladi. Bu masalaga biz yuqorida ishora qildik. 
8. Imomning holati iqtido qiluvchining holati bilan muvofiq bo‘lishi. Farz namozni 
o‘quvchi nafl o‘qiyotgan kishiga, ruku’, sajdaga qodir kishi imo-ishora bilan o‘quvchiga, 
bir farzni o‘qiydigan kishi boshqa farzni o‘qiyotganga iqtido qilmoqligi durust bo‘lmaydi. 
Shuningdek, qiroati tajvidli odamning tajvidsiz kishiga, olimning omiga, kiyimli kishining 
yalang‘ochga iqtido qilishi joiz emas. Lekin tayammum qilgan kishi tahoratlilarga, 
mahsiga yoki yarasiga mash tortgan kishi mash tortmay oyoqlarini yuvgan kishilarga 
imom bo‘lishi durustdir. 
9. Imom bilan ergashuvchi kishining namozlari har xil bo‘lmasligi. Masalan, asr 
namozini o‘qiyotgan imomga peshin namozini niyat qilib iqtido qilsa yoki juma kunining 
asr namozini o‘qiyotgan kishiga payshanba kunining asr namozini niyat qilib iqtido qilsa, 
namozi durust emas. 
10. Imom bilan iqtido qiluvchi erkaklarning oralarini to‘rt yoki undan ko‘proq ayollar 
ajratib qo‘ymasligi. Agar imom bilan unga iqtido qiluvchi kishilarning o‘rtasiga ayollardan 
saf turib qolsa, shular ortidagi erkaklarning namozlari buziladi. 
11. Imom bilan imomga ergashuvchining o‘rtasida kengligi kichik qayiq sig‘adigan 
miqdorda anhor bo‘lmasligi yoki arava o‘tadigan kenglikda yo‘l bo‘lmasligi. Imomning 
nima qilayotganini imomga ergashuvchidan to‘sib, uni imom ahvolidan shubhaga 
soladigan to‘siqning bo‘lmasligi. Agar shu narsalar bo‘lsa, ergashuvchining iqtidosi 
durust bo‘lmaydi. (Ammo imomga ergashuvchi imomni ko‘rib tursa yoki ovozini eshitib 
tursa hamda bir masjid hovlisida bo‘lsa, oradagi to‘siqlarningzarari yo‘q... - tarj.) 
12. Imomga ergashuvchi imomning tahoratini singan, deb bilmasligi ham shart. 
Imomning tahoratsizligini, masalan, qon oqqani yoki boshqa narsani bilgan kishining shu 
imomga iqtido qilmoqligi joiz emas. 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling