Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Imomligi makruh bo‘lgan kishilar
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Imomligi makruh bo‘lgan kishilar Johilning imomligi makruhdir, chunki u namoz ahkomlarini bilmasligi sababli uni botil qilib qo‘yishi mumkin. Ko‘zi ojiz kishining ham imomligi makruhdir. Chunki u qiblani topishda qiynaladi, yana o‘zining kiyimlarini najosatdan saqlay olmaydi. Ammo jamoatda shu kishidan ko‘ra afzalroq odam bo‘lmasa, uning imomga o‘tishligi makruh emas. Katta gunohlardan saqlanmaydigan, kichik gunohlarni doimiy qilib yuradigan kishining ham imomligi makruhdir. Chunki bu kabilarning qalbida din g‘ami kam bo‘ladi. Shu sababli imomlikdek ulug‘ mas’uliyatga ularni muqaddam qilish ma’qul emas. E’tiqodi kufr darajasiga yetib bormagan bid’atchining ham imomligi makruhdir. Bid’atchilar, deb Islomning avvalidagi diniy qarashlarga yangiliklar qo‘shuvchilarga aytiladi. Misol uchun Me’roj voqeasini inkor qiluvchilar, Alini (r.a.) Abu Bakr va Umardan (r.a.) ortiq ko‘ruvchilar, qabr azobini inkor etuvchilar, Alloh subhanahu va taologa payg‘ambarlar va avliyolarni vasila qiluvchilarni kofir, deb o‘ylaguvchilar bid’atchilar, deyiladi. Ammo e’tiqodi kufr darajasiga yetgan bid’atchining orqasida namoz o‘qish joiz emas. Isro voqeasini inkor qilgan, dinning zaruratlaridan bo‘lgan namoz, zakot, ro‘za kabilarni tan olmagan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sunnatlaridan birini past sanagan yoki masxara qilgan, misol uchun soqol qo‘yish va yo misvok ishlatishni ustidan kulgan odam e’tiqodi kufr darajasiga yetgan bid’atchi hisoblanadi. Buning orqasida iqtido qilib o‘qilgan namoz qaytarib o‘qiladi. Namozdagi qiroatni sunnatda kelgan miqdordan uzaytirib yuboradigan kishining ham imomligi makruhdir. Sunnatga muvofiq bo‘lgan qiroat miqdorining bayoni yuqorida o‘tgan edi. Qiroatning haddan ziyod uzun bo‘lib ketishi jamoatning qochib ketishiga sabab bo‘ladi. Ayollar o‘zlaridan birortasini imom qilib jamoat bo‘lishlari ham makruh. Ular masjiddagi jamoatda ham ishtirok etmaganlari ma’qul. Chunki bunda fitna ehtimoli bor. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling