Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Azon va iqomatdagi sunnatlar
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Azon va iqomatdagi sunnatlar 1. Azonni erkak kishi aytmoqligi. Ayol kishining azon aytmoqligi makruhdir, chunki ularning qadri berkinishlaridadir. 2. Azonni tik turgan holda aytish. Muazzinning o‘tirib azon aytishi makruhdir. Shu bilan birga takbirni ham o‘tirib aytmoqlik makruh hisoblanadi. 3. Insonlardan ko‘pchilikka eshittirish maqsadida ovozni imkon qadar baland ko‘tarish. 4. Azonni baland joyga chiqib aytish, chunki bunda ovoz uzoqroqqa boradi. 5. Azon va iqomatni qiblaga yuzlanib aytish. Azonni har tomonga yetkazish uchun mezanani aylanib aytishning zarari yo‘q. 6. «Hayya ‘alassolah»ni aytayotgan vaqtda yuzni o‘ng tomonga burish, «Hayya ‘alal falah»da esa chap tomonga o‘girish. 7. Azon jumlalarining oralarini ajratib aytish, ya’ni bir jumlani aytib bir lahza sukut qilish va keyin ikkinchi jumlani aytish. Azonda shoshilmaslik, iqomatda esa bir oz tezroq aytish. 8. Azon aytayotganda tahoratli bo‘lish. Tahoratsiz kishining azoni joiz bo‘lsa-da, biroz karohiyati bor. Chunki azon o‘zi namozga chaqirishdir. Namozga chaqiruvchining o‘zi insonlardan ko‘ra namozga tayyor bo‘lishga haqlidir. 9. Muazzinning solih kishi bo‘lishligi. Allohning ibodatiga chaqiruvchi solihlikda insonlarning a’losi bo‘lgani ma’qul. Fosiq odamning azon aytishi makruh. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 39 10. Azon bilan iqomatning o‘rtasida namozxonlar yetib kela olish miqdoricha o‘tirish. Bu to‘rt rakat namoz o‘qish miqdoridagi fursat bo‘ladi. Lekin shom namozida azondan so‘ng o‘tirmasdan takbir aytish ma’qul, chunki shomning vaqti tordir. 11. Muazzin azon aytayotganda gapirmasligi, hatto salom berganga ham, aksa urib hamd aytgan kishiga ham javob qaytarmasligi lozim. Agar muazzin azon aytish asnosida biror so‘z sodir etsa, azonni qaytarib aytadi. 12. Azon kalimalarini noo‘rin cho‘zib, ma’nolarini buzib yuborishdan muhofaza qilish. (Masalan, «Alloh» kalimasidagi alifni cho‘zib «Aaallohu akbar», desa, azon ma’nosi buziladi. Chunki bunda Allohning ulug‘ligiga shak qilganga o‘xshab qoladi. Yoki «Akbar» kalimasidagi «ba»ni cho‘zib «Allohu akbaaar», desa ham, ma’no buziladi. Shaytonning ismlaridan biri Akbaaardir. Mana shu takbirni namozning ichida ham shu kabi buzib aytsa, namoz botil bo‘lib, qaytaribo‘qishlozim bo‘ladi... - tarj.) 13. Takbir aytilgach, kechiktirmay namozni boshlash. Agar takbirdan so‘ng namoz kechikib ketsa, u qaytarib aytiladi. ( Imom ham, jamoatham takbirdagi «Hayya ‘alassolah»da o‘rinlaridan turib, «Qod qomatissolah»ga yetganda esa, namozga niyat qilibkirishadi... - tarj.) Ushbu sunnatlardan birortasini qasddan tark qilish makruh. Muazzinga azon aytayotganda barmoqlari bilan quloqlarini berkitib olishlik mustahabdir. Chunki bu uning ovozini balandlashishiga sabab bo‘ladi. Qazo namozlariga azon va takbir aytiladi. Agar qazo namozlari ko‘p bo‘lsa, avvalgisiga azon, qolganlariga takbir aytiladi. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling