Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

 
Namozdagi makruh amallar 
Makruh amallar sodir bo‘lishi bilan namoz buzilmasa-da, lekin u nuqsonli bo‘lib ado 
etiladi. Shuning uchun namozxon ulardan saqlangani ma’qul. 
1. Namozning vojiblaridan birini qasddan tark qilishlik. Misol uchun surai Fotihani 
o‘qimaslik yoki maxfiy o‘qiladigan namozlarni imomning jahriy o‘qishi, qa’dada 
tashahhudni o‘qimaslik va hokazo. 
2. Namozning sunnatlaridan birini qasddan tark qilishlik. Misol uchun sano duosini 
o‘qimaslik, ruku’ va sajdadagi tasbehlarni tark etishlik. 
3. Farz namozlarining bir rakatida yoki ikki rakatida qasddan bitta surani takror o‘qish. 
Ammo nafl namozlarida bir surani takror qiroat qilish makruh emas. 
4. Mushafning tartibiga teskari qiroat qilish. Masalan, birinchi rakatda Nos surasini zam 
qilib, ikkinchi rakatda Falaq surasini zam qilish. 
5. Qisqa mufassal suralardan ikki rakatga orada bir surani tashlab qiroat qilish. Misol 
uchun birinchi rakatda Ixlos surasini zam qilib, ikkinchi rakatda Nos surasini o‘qishlik. 
Shu orada Falaq surasining qolib ketishi makruhdir. 
6. Kiyimni beuzr to‘g‘rilash, barmoqlarini qarsillatish, badanining ba’zi joylarini behuda 
o‘ynash, chunki bu xushu’ga xalal beradi. Qa’dada ikki oyog‘ini tik qilib, tovonlarining 
ustiga o‘tirish. 
7. Boshini u yoq-bu yoqqa qaratish. 
8. Xoh peshob bo‘lsin, xoh katta tahorati bo‘lsin, uni majburan ushlab turish. Chunki 
bu ham namozxondagi xushu’ni ketkazadi. 
9. Ko‘zlarni behuda yumib olish. Agar kamoli xushu’ bilan yumsa, makruh 
hisoblanmaydi. 
10. Jamoat namozlarida ortdagi safda namoz o‘qisa-yu, uning oldida bo‘sh joy bo‘lsa, 
ana shu bo‘sh joyni to‘ldirmaslik ham makruh. 
11. Sajda qiladigan o‘rinda yoki ikki yonida yo kiyimida jonli hayvonning surati bo‘lishi. 
(Orqasida yoki oyog‘i ostida bo‘lsa, makruh hisoblanmaydi. Shuningdek, nihoyatda 
kichik yoki boshi yo‘q bo‘lsa ham, makruh emas. Qiblaga yuzlanib turgan yoki o‘tirgan 
kishining orqasida namoz o‘qishlik durust bo‘ladi, ammo qiblaga teskari o‘girilib o‘tirgan 
kishining to‘g‘risida ham namoz o‘qish makruhdir... - tarj.) 
12. Alanga yoki cho‘qqa qarab ham namoz o‘qish makruh. Ammo mehrobda chiroq 
bo‘lishining makruhligi yo‘qdir. 
13. Namoz o‘quvchi oldidan biror yo‘lovchining o‘tishi ehtimoli bo‘la turib, sutra 
qo‘ymasdan namoz o‘qish ham makruhdir. Sutra, deganda odamlarning namozxon 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling