Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
oldidan o‘tishini man qiluvchi ellik, oltmish santimetrlar chamasidagi, yo‘g‘onligi kamida 
barmoqcha keladigan yog‘och tushuniladi. (U namozxonning sajda qiladigan tomoniga 
sanchib qo‘yiladi, bo‘lmasa, qiblaga to‘g‘ri qilib yotqizib qo‘yiladi. Imomning oldiga 
qo‘yilgan sutra jamoatga ham kifoya qiladi... - tarj.) 
14. Namoz asnosida osmonga tikilish. Janoza namozlarida ham takbirlar aytilganda 
osmonga tikilish makruhdir. 
15. Ovqattayyor bo‘lib, ishtaha tusab turganda namoz o‘qish. 
16. Sajdada bilaklarni yerga tekkizib turish. 
17. Qo‘l va oyoq barmoqlarini sajda va boshqa o‘rinlarda qibladan boshqa 
tomonga o‘girish. 
(Dastlabki takbirda kaftlarni qiblaga qaratmaslik, xushu’ni ketkazadigan har bir amalni 
bajarish, sajda qiladigan o‘rinni mayda toshlardan namoz ichida turib bir necha bor 
tozalashlik, lekin bir marta bo‘lsa, makruh emas, peshonasiga yopishgan tuproqni 
artishlik, sallasi yoki telpagi bilan peshonasini berkitib olish va o‘shaning ustiga sajda 
qilish, kiyimini yelkasiga tashlab olishlik, sajdaga borayotganda shimini qo‘li bilan 
ko‘tarishlik, imomning alohida makonda turishligi, ammo imomning qadami jamoat 
turgan xonada bo‘lib, sajdasi boshqa xonaga o‘tsa, makruh bo‘lmaydi, ish kiyimi bilan 
namoz o‘qishlik, beuzr bosh kiyimsiz namoz o‘qishlik, chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
biror marta bosh kiyimsiz namoz o‘qimaganlar, ammo o‘zini xor tutgan holda (ya’ni, 
hajda yoki umrada) bosh kiyimsiz o‘qishligi makruh emasdir. Shu bilan birga 
masjidlarning eshigini beuzr qulflab qo‘yishlikham makruhdir, lekin o‘g‘riningxavfi bo‘lsa 
zarari yo‘q... - tarj.) 
Namozni buzish joiz va vojib bo‘lgan o‘rinlar 
1. Halokatning oldini olish uchun, garchi farz namozi bo‘lsa-da, buzishlik vojib bo‘ladi. 
Misol uchun bir kishi suvga cho‘kayotganligini bilsa yoki bir hayvon hujum qilsa, xoh u 
o‘ziga, xoh boshqa kishiga, xoh namoz o‘qiyotgan odamga, xoh tashqaridagiga bo‘lsin, 
shu halokatning oldini olish uchun namozini buzadi. 
2. Bir dirham miqdoridagi molini o‘g‘ridan himoya qilish uchun, garchi farz namozini 
bo‘lsa ham, buzishlik joizdir. Bir dirham Suriyaning pulida o‘ttiz besh qirsh miqdoricha 
keladi. (Bizning O’zbek so‘mimizda 3250 so‘mga to‘g‘ri keladi. 2005-yil...- tarj.) 
3. Ota yoki ona farzandini namoz o‘qiyotganini sezmay turib chaqirsa, farzand agar 
nafl namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, faqat shu nafl namozni buzishlik joizdir. Ammo ota yoki 
ona farzandni namoz o‘qiyotganini bilib turib chaqirsa, farzand namozini buzishi joiz 
emas. 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling