Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa
Namozning odoblari
Namozning quyidagi odoblariga rioya qilishlik bilan ibodat yanada mukammal bo‘ladi: 1. Qiyomda sajda o‘rniga qarab turish; 2. Ruku’da ikki qadamning ustiga qarash; 3. Qa’dada quchog‘iga tikilib turish; 4. Salom berayotganda yelkaga qarash; 5. Sajdada burunning ikki yoniga qarab turish; 6. Qodir bo‘lguncha esnashni o‘zidan ketkazish. Agar esnash g‘olib kelsa, chap qo‘l bilan og‘izni berkitish lozim; 7. Namozda imkon qadar qalbning huzur-halovati va a’zolarning taskin topishi bilan xushu’ni muhofaza qilish. U esa na dinga va na oxiratga foydasi bo‘lmagan, behuda narsalardan uzoq bo‘lish bilan vujudga keladi. Ibodatda eng go‘zal kiyimlarni kiyib turish ham odobdandir. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 35 Namozni buzuvchilar Bir nechta amallar borki, bular sodir bo‘lishi bilan namoz buziladi: 1. Namozning shartlaridan birini tark qilish. Misol uchun avratni berkitmasa yoki uch tasbeh aytish miqdoricha qibladan boshqa tomonga yuzlanib tursa. 2. Namozning ruknlaridan birini tark qilsa. Misol uchun ruku’ yoki sajda qilmasa. 3. Ketma-ket bir ruknda bir harakatni uch marotaba takrorlasa yoki namozga tegishli bo‘lmagan amalni ko‘paytirib yuborsa. (Namozda bir qo‘l bilan bajarib bo‘lmaydigan, ikki qo‘l muhtoj bo‘ladigan amallarga amalu kassir, ya’ni ko‘p amal, deyiladi. Misol uchun salla o‘rashlik, belbog‘ni bog‘lashlik, to‘nni kiyish yoki yechish va hokazo. Mana shu kabi ko‘p amalni qilish bilan ham namoz buziladi. Ammo bir qo‘l bilan bajarsa bo‘ladigan amalni ikki qo‘lda qilsa ham, modomiki, o‘sha amalni bir ruknda uch bora qilmasa, ko‘p amal qilgan hisoblanmaydi. Aslida namozga tayyorgarlik qilinayotgan vaqtda unga xalaqit beradigan narsalarning oldini olib qo‘yish kerak. Insonchilik yuzasidan esdan chiqib qolgan bo‘lsa, boshqalarning namoziga xalaqit qilmaslik uchun bunaqa ishlarni bajarish bilan namoz buzilmaydi. Biror kishi namozda turganida ilon yoki chayonni o‘ldirishi hamda oldindagi bo‘sh joyni to‘ldirishi ham namozni buzmaydi... - tarj.) 4. To‘xtamasdan uch qadam yursa. Lekin oldi saf ochiq bo‘lsa, bir ruknda bir yoki ikki qadam bilan oldinni to‘ldirish joiz. 5. Namozga tegishli bo‘lmagan so‘zni xoh u tushunarli bo‘lsin, xoh tushunarsiz bo‘lsin, bir yoki ikki harf miqdorida talaffuz qilsa. 6. Ruku’ va sajdasi bor namozlarda qahqaha bilan kulsa. Qahqaha, deb yonidagi odam eshitadigan darajadagi kulgiga aytiladi. Namozdagi bu kulgi bilan namozga qo‘shilib, tahorat ham buziladi. 7. Uzrsiz yo‘talsa. 8. Qur’onni buzib o‘qisa. Agar Qur’onning ma’nosi qo‘pol buzilsa, u namozni qaytarib o‘qish vojib bo‘ladi. Qo‘pol buzish, degani jannat o‘rniga do‘zaxni, mo‘min o‘rniga mushrikni, hidoyat o‘rniga zalolatni va shu kabi akslarni qiroat qilib yuborishga aytiladi. Misol uchun Zumar surasining 73-oyatidagi «Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling