Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
5. Niyat qilishlik. Niyatning o‘rni qalbdir. Agar o‘qilayotgan namoz farz yoki vojib bo‘lsa, 
o‘sha namozni tayin qilib niyat etish matlubdir. Go‘yo bugunning peshini yoki asri va yo 
vitr, iyd namozlari va hokazo. Ammo nafl namozlarda xoh ular sunnati muakkada 
bo‘lsin, xoh boshqa bo‘lsin, tayin qilish shart emas, balki mutlaq namoz, deb niyat qilsa 
kifoyadir. Lekin bularda ham «Taroveh namozini niyat qildim» yoki «Peshinning 
sunnatini niyat qildim», deb tayin qilsa, ma’qulroq va ehtiyotliroq bo‘ladi. Imom o‘zining 
imomatligiga niyat qilishi sunnatdir. Lekin ayollarga imom bo‘layotganini tayin qilishi 
lozim. Imom esa namozdagi takbiri tahrimani aytishi bilan o‘zining ayollarga imomligini 
tayin qilgan bo‘ladi. Ammo imomga iqtido qiladiganlar «Mana shu imomga iqtido 
qildim», deb niyat qilishlari shartdir. Agar imomga iqtido qilishni niyatida qat’iy qilmasa, 
namozi durust bo‘lmaydi. Kimki yuqoridagi olti shartning birini tark qilsa yoki o‘rniga 
qo‘yib bajarmasa, namozi botil bo‘lib, uni qaytadan o‘qish vojib bo‘ladi. 
Namozning ruknlari 
Namozning ruknlari, ya’ni ichidagi farzlari ham oltitadir: 
1. Harom qiluvchi takbir. Harom qiluvchi takbir, deyilishiga sabab uni aytib namozga 
kirishi bilan kishiga namozdan tashqarida qilib yurgan, namozga taalluqli bo‘lmagan 
amallar harom bo‘lgani uchundir. Takbirni «Allohu akbar» lafzi bilan aytish vojibdir. 
2. Qiyom turish. Qiyom farz namozlarida qiroat qilinishi lozim bo‘lgan muddatda
turishlikdir. (Nafl namozlarda qiyom turish farz emas, balki qiyomga qodir bo‘la turib 
o‘tirib o‘qisa ham, namoz durust bo‘ladi. Lekin farz namozlarida qiyom turishga qodir 
bo‘lsa-yu, o‘tirib o‘qisa, namozi namoz hisobiga o‘tmaydi. Hatto hassasiga yoki devorga 
suyanib bo‘lsa ham, qiroat miqdoricha tik turishi lozim. Tik turishga umuman imkoniyati 
yo‘q kishidangina qiyom soqit bo‘ladi... - tarj.) 
3. Qiroat qilish. Qur’oni karimdan kamida qisqa oyatlardan uch oyat o‘qish yoki uzun 
oyatlardan bir oyat miqdoricha qiroat qilish. Farz namozlarning avvalgi ikki rakatida, vitr 
va nafl namozlarning har bir rakatida qiroat lozimdir. (Namoz o‘quvchi uchun Qur’oni 
karimdan hech bo‘lmaganda uch oyat qisqa yoki bir uzun miqdorida tajvidga muvofiq 
o‘zlashtirib yodlashi farzdir... - tarj.) 
Imomga iqtido qiluvchi qiroat qilmaydi, balki jahriy namozlarda quloq solib, maxfiylarida 
jim turadi. Chunki imom tayin qilishdan maqsad jamoatning namozini ado qilib berishi 
uchundir. Imomga ergashuvchining imom orqasidan xoh Fotihani, xoh boshqa surani 
bo‘lsin, qiroat qilishi makruhi tahrimiydir. 
4. Ruku’ qilish. Ruku’ boshni egishlikdir. Ruku’ning komil bo‘lishi ikki qo‘lning 
tirsaklarini bukmay tizzani ushlab, bosh bilan belni bir tekisda egishlikda hosil bo‘ladi. Bu 
holat qiyom turishga qodir kishilar uchundir. Ammo o‘tirib o‘quvchilarning ruku’lari 
boshlarini tizzalariga tekkunga qadar egish bilan bo‘ladi. 
5. Sajda qilish. Har bir rakatda ikki bor sajda qilish farz hisoblanadi. Sakkiz a’zoning 
yerga tegib turishi sajda, deyiladi. Bular peshona, burun, ikki kaft, ikki tizza, ikki oyoq 
qadamining uchlari. Peshona va burunning birgalikda yerga tegib turishi vojibdir. 
Sajdaga borishda qaysi a’zo yerga yaqin bo‘lsa, o‘sha avval qo‘yiladi. (Misol uchun avval 
ikki tizza, keyin ikki qo‘l, so‘ngra burun va peshona. Sajdadan turishda esa buning aksi 
bo‘lib, qaysi a’zo yerga uzoqroq bo‘lsa, o‘sha dastlab ko‘tariladi. Ya’ni, avval peshona, 
so‘ngra burun, keyin qo‘llar va oxiri tizzalar. Sajda qilinganda oyoqlar yerdan uzilsa, 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling