Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 3. Avrat (uyat joylar)ning berk bo‘lishi. Avrat, deb or qilinadigan narsaga aytiladi. Bunday nomlanishiga sabab shu o‘rinlarning ochilib qolishi sog‘lom tabiatli kishilar uchun or hisoblanishidandir. Ko‘zning nazarini ham bu joyga tushirmaslik lozim. Erkak kishining kindik ostidan tizzagacha bo‘lgan oralig‘i avratdir. Ayollarning yuzlari, kaftlari va qadamlaridan boshqa barcha a’zolari, hatto quloqlarining yonidan tushib turadigan sochlari ham avrat hisoblanadi. Namoz o‘quvchi ayol avratlarini quyuqroq kiyim bilan berkitishi shartdir. Agar kiyim badanning rangi yaqqol bilinadigan darajada nafis bo‘lsa, u bilan namoz o‘qish joiz emas. Namozda avratning berkitilishi talab qilinganidek, namozdan tashqarida ham uyat o‘rinlarni yopib yurish lozimdir. Bugungi kunda ko‘p odamlar ajnabiy kofirlarga taqlid qilib sport, suzish nomlari bilan avratlarini ochib yuribdilar. Bu ish insonlarga Alloh taoloning azobini mustahiq qilib qo‘yadigan harom amallardandir. Umumiy hammomlarda kishilar yalang‘och holda bemalol cho‘milishadi. Bu ham to‘xtatilishi lozim bo‘lgan harom ishlardandir. Ayol kishining ayol kishiga nisbatan avrati erkak kishining (erkak kishiga nisbatan) avrati kabidir. Ya’ni, muslima ayolning boshqa bir muslima ayoldan kindigi ostidan tizzasining ostigacha bo‘lgan oraliqni berkitishi shart bo‘ladi. Hatto shu o‘rinlarni o‘zining onasi yoki qizi yoxud opa-singlisining oldida ham ochib yurishi haromdir. (Ko‘chalardagi hamma insonlarning ko‘z o‘ngida ochiq yurishini hali bir chekkaga qo‘yib turing!!!) Lekin ko‘r-ko‘rona taqlid ummatni bugungidek pastkashlikka olib keldi. Badandagi avratlarga qarash harom bo‘lganidek, ayol kishining kesilgan sochi, erkakning xatna qilingan a’zosiga qarash va tikilish ham haromdir. (Avrat a’zoning to‘rtdan birining uzrsiz ochilib qolishi namozni man etadi. Agar a’zo namoz ichida ochilib ketsa, darhol uni berkitib, namozini davom ettiradi. Son bir butun a’zo, to‘piq ham alohida a’zo, zakarning (olat) o‘zi yolg‘iz a’zo, ikki tuxumcha ham bir a’zo, ayol kishining sochi ham alohida bir a’zo hisoblanadi... -tarj.) 4. Qiblaga yuzlanish. Qibla, deb Ka’bai Muazzama tomonga aytiladi. Qiblaga yuzlanib namoz o‘qimoqchi bo‘lsa-yu, orqa tomonidan dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa, undan bu shart soqit bo‘ladi. (Shuningdek, kasal kishi ham qodir bo‘lgan tomoniga yuzlanib namozni ado qiladi. Qiblani topishdan ojiz qolgan kishi bir tomonni qibla, deb qasd qiladi. Qasd qilish, deganda kishining tevarak-atrofdagi omillardan foydalanib qiblani izlashiga aytiladi. Misol uchun daraxtlarning bargiga, quyosh chiqib- botishiga qarab, xullas, har makonning o‘ziga yarasha qiblani aniqlash omillari bo‘ladi. Shulardan foydalanib, imkon qadar qiblani qidiradi va g‘olib bo‘lgan gumoni bilan qibla shu tomonda, deb qasd qiladi. Agar qasd qilgan tomoni qibla bo‘lmasa ham, shu tomon qibla, deb qasd qilganligi sababli namozi durust bo‘lib, uni qaytarib o‘qimaydi. Ammo bir tomonni qibla, deb qasd qilmay namoz o‘qisa-yu, vaholanki, yuzlangan tomoni qibla bo‘lsa ham, namozi durust bo‘lmay, uni qaytarib o‘qiydi. Chunki qiblaning qay tomonda ekanligini bilmagan kishi uchun bir tomonni qibla, deb qasd qilishi shartdir... - tarj.) 5. Namoz vaqtining kirishi. Vaqti kirmay turib o‘qilgan namoz farz o‘rniga o‘tmaydi. Namozni vaqti kirgandan to chiqib ketgunga qadar ado qilishlik kerak. Agar vaqt tahoratni qilishlik va farz namozni edo etishlik miqdoricha qolgan bo‘lsa, mana shu tor fursatda faqat namozga harakat qilish vojib bo‘ladi, boshqa amallar bilan mashg‘ul bo‘lishlik harom hisoblanadi. Namozni o‘z vaqtidan shar’iy uzrsiz o‘tkazib yuborish ham haromdir. Shar’iy uzrlarga uxlab qolish, esdan chiqarishlar kiradi. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling