Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Farz namozlariga tobe’ bo‘lmagan, mustaqil o‘qiladigan sunnatlar


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

 
Farz namozlariga tobe’ bo‘lmagan, mustaqil o‘qiladigan sunnatlar 
Bu turdagi namozlar juda ko‘p bo‘lib, ulardan imkon qadar keltirishga harakat qilamiz: 
1. Zuho namozi. Bu namozning vaqti quyosh bir nayza bo‘yi ko‘tarilganda kirib 
(ya’ni, quyosh chiqqandan taqriban yarim soat keyin), zavolga bir soat qolguncha 
davom etadi. Bu «dahvatul kubro», ya’ni katta tong, deyiladi. Zuho namozi kamida ikki 
rakat o‘qiladi, eng afzali to‘rt rakatdan o‘qilmoqlikdir. 
2. Tahiyyotul masjid namozi (ya’ni, masjid bilan salomlashish namozi). Bu namozni 
ham ikki yoki to‘rt rakat o‘qisa bo‘ladi. Afzali to‘rt rakat o‘qimoqlikdir. Agar masjidga 
kirgan kishi jamoatning ravotib sunnatlarni yoki farzni o‘qiyotganini ko‘rsa, tahiyyotul 
masjid namozini shu sunnat yoki farzlarga qo‘shib niyat qiladi. Shu bilan u sunnat va 
yoki farzga qo‘shib tahiyyotul masjidni o‘qiganlik savobini oladi. Ammo niyatni qilmay, 
sunnat yoki farzning o‘zini o‘qisa, undan tahiyyotul masjid namozini o‘qiganlik savobiga 
erishmaydi. Tahiyyotul masjid namozini masjidga kirgan kishi o‘tirmasdan oldin o‘qishi 
sunnat hisoblanadi. 
3. Tahorat yoki g‘usl so‘nggidan o‘qiladigan ikki rakat namoz. 
4. Safarga chiqayotganda va undan qaytgandagi ikki rakatli namoz. 
5. Kechqurungi tahajjud namozi. Bu kamida ikki rakat, ko‘pida esa xohlagancha 
o‘qiladi. Nafl namozlarining eng afzali tahajjud hisoblanadi. Chunki bu namoz hamma 
uxlab yotgan vaqtda o‘qilganligi uchun riyodan uzoq, ixlosga yaqin bo‘ladi. (Tahajjud 
xuftondan so‘ng uxlab, kechaning ikkinchi yarmida bedor bo‘lishga aytiladi. Ammo 
xuftondan keyin uxlamasdan kechasi bilan bedor bo‘lsa ham, haqiqiy tahajjud 
hisoblanmaydi. Zero, tahajjudning asl ma’nosi bir uxlab, kechqurunda bedor 
bo‘lishdir...- tarj.) 
6. Istixora namozi. Ya’ni, yaxshilik talab qilib o‘qiladigan namoz. Bu ham ikki rakat 
o‘qiladi va namozdan so‘ng ushbu duo o‘qiladi: 
«Allohumma inniy astaxiyruka bi’ilmika va astaqdiruka biqudrotika va asaluka min 
fazlikal ‘aziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va ta’lamu va la a’lamu va anta ‘allamul 
g‘uyub. Allohumma in kunta ta’lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma’ashiy 
va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi 
va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, 
‘ajili amriy va ajilihi fasrifhu ‘anniy vaqdurliyal xoyro haysu kana summa rozziniy bih» , 
deb hojati aytiladi. (Ma’nosi: «Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik so‘rayman. 
Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug‘ fazlingni so‘rayman. Sen (har narsaga) 
qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men bilmayman. Sen 
g‘aybni biluvchisan. Ey Rabbim, agar mana shu qilayotgan ishim (hojatining nomini 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling