Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 tugatadi. Vitrning vaqti shafaqdagi qizillik va oqlik yo‘qolganda kiradi. Vitrni xuftondan so‘ng o‘qishlik vojibdir. Chunki namozlar o‘rtasidagi tartibga rioya qilish ham vojibdir. Agar esidan chiqib xuftondan oldin vitrni o‘qib qo‘ysa, vitrni o‘qigan hisoblanadi. Xuftondan so‘ng uni qaytarib o‘qimaydi. Xuddi shuningdek, agar xufton bilan vitrni o‘z tartibida o‘qigan bo‘lsa-yu, keyin xuftonning buzilganligi bilinsa, shu xuftonning o‘zini qaytarib o‘qiydi, vitrni esa buzmaganligi uchun qaytarib o‘qimaydi. Chunki mana shu kabi uzr bilan tartibga amal qilishning vojibligi soqit bo‘ladi. Kechaning oxirida uyg‘onishga ishonchi bo‘lgan kishi uchun vitrni shu paytga kechiktirish afzaldir. Ammo uxlab qolish ehtimoli ko‘proq bo‘lsa, xuftondan keyin vitrni o‘qib olish ma’qul hisoblanadi. Kishi vitrni esidan chiqarib yoki qasddan va yo uxlab qolib vaqtida o‘qiy olmasa, uning qazosini o‘qish vojibdir. Tik turishiga qodir bo‘la turib vitrni o‘tirib o‘qish joiz emas. Tik turishga qodir bo‘la turib o‘tirgan holda sunnat va nafl namozlarini o‘tirib o‘qish joiz bo‘ladi. Chunki bu namozlarda qiyom vojib emas, balki sunnatdir. Ammo vitr namozi vojib bo‘lib, undagi qiyom turishlik ham vojibdir. Vitr namozi faqat ramazon oyidagina jamoat holida jahriy o‘qiladi. Ramazondan boshqa oylarda vitrni jamoat bo‘lib yoki jahriy o‘qishlik shariatda yo‘lga qo‘yilmagan. Nafl namozi Nafl namozi, deb kishi o‘z ixtiyori bilan farzga qo‘shimcha tarzda o‘qiydigan namozga aytiladi. Bu namozni Alloh taolo mo‘minlar zimmasiga farz kabi majburiy qilmagan, balki ixtiyoriy suratda ado etilsa, savob bo‘ladi. Nafl namozlari ikki xil bo‘ladi: 1. Besh vaqt farz namozlariga tobe bo‘lgan nafllar. Bular farzlardan oldin yoki keyin o‘qiladigan namozlar bo‘lib, ular sunnati ravotiblar, deyiladi. 2. Besh vaqt namozlardan tashqari mustaqil o‘qiladigan namozlar. Bular jumlasiga zuho, tahajjud, hojat so‘rash va boshqa namozlar kiradi. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling