Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Ta’kidlanmagan sunnatlar
1. Peshindan keyingi ikki rakatli sunnatdan so‘ng o‘qiladigan ikki rakatli namoz. 2. Asrni farzidan oldingi to‘rt rakatli namoz. 3. Shomdan keyingi olti rakatli namoz. Ikki rakati muakkada, to‘rt rakati mustahab. 4. Xuftonning farzidan oldingi to‘rt rakatli namoz. Ta’kidlanmagan sunnatlarda ta’kidlangan sunnatlardan ikki amal ortiqcha bo‘ladi: A) Avvalgi qa’dada tashahhuddan keyin salovot o‘qiladi; B) Salovot o‘qilgach, uchinchi rakatga turiladi, shu rakat sano duosi bilan boshlanadi. Farz namozlari bilan ulardan keyin o‘qiladigan sunnatlarni orqama-ketin qo‘shib o‘qimay, balki «Allohumma antassalom va minkassalom tabarokta yaa zal jalali val ikrom» duosini o‘qish bilan orasini ajratadi. Ammo namozning farzidan keyin o‘qiladigan zikrlarni sunnatdan so‘ng o‘qishlik inkor qilib qaytarilmaydi. Chunki sunnatlar farz namozlarining qo‘shimchalaridir. Hargiz ulardan begona emas. Shunday ekan, zikrlarni sunnat namozlarini ham o‘qib bo‘lgandan keyin aytishlikning hech qanday zarari yo‘q. (Zamonamiz olimlaridan Vahba az-Zuhayli o‘zining «Islomiy fiqh va uning dalillari» nomli kitobida «Namozdan keyingi zikrlar qachon qilinishi kerak?» degan mavzuda bahs yuritib, peshin, shom va xuftonga o‘xshash namozlarda zikr va duolarni sunnatlardan keyin bajarish afzal, deganlar...- tarj.) Namozdan so‘ng o‘qilishi vorid bo‘lgan zikrlar Har vaqt namoz sunnatlari ham o‘qib bo‘lingach, uch marotaba astag‘firulloh, deb Allohga tavba qilishlik mustahabdir. So‘ng oyatal kursi o‘qiladi, keyin Qur’onning oxiridagi uchta sura o‘qiladi. Bu uch sura muavvizatayn, deb nomlanadi. So‘ngra «Allohumma a’inni alaa zikrika va shukrika va xusni ‘ibadatik» , deyiladi. Keyin o‘ttiz uch marta «Subhanalloh» , o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah» , o‘ttiz uch marta «Allohu akbar» , deb, oxirida «La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodir» , deyish bilan yuzta qilib qo‘yadi. Bulardan so‘ng «Allohumma la mania lima ‘atoyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd», deydi. Ikki qo‘lini ko‘tarib, o‘zi va barcha musulmonlarning haqqiga xohlagancha duo qiladi, Qur’on va hadisda sobit bo‘lgan duolar bilan duo qilmoqligi afzal hisoblanadi. Duoning oxirini ushbu oyatdagi duo bilan yakunlasa yaxshi bo‘ladi: Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 49 Duodan keyin qo‘lini yuziga surtadi. Bomdod namozidan keyin esa yuqoridagi duolardan tashqari «La ilaha illalohu vahdahu la sharrika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodir» o‘n marta aytiladi. Bomdod va shomdan keyin yana «Allohumma ajirniy minannar», ya’ni «Allohim, meni do‘zaxdan saqla» duosini yetti martadan zikr qiladi. Ushbu duolarning barchasi Payg‘ambarimizning sahih hadislarida vorid bo‘lgan. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling