Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc


O‘qituvchi irodasining ba’zi sifatlari haqida


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana07.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1753279
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari

 
O‘qituvchi irodasining ba’zi sifatlari haqida 
Kishining asosiy irodaviy xususiyatlaridan biri uning muayyan maqsadga 
intiluvchanligidir. 
Insonning hayot faoliyatida maqsadning ahamiyati haqida I.P.Pavlov ko‘pgina 
qiziqarli fikrlarni, jumladan, “maqsad refleksi” degan terminni olg‘a suradi. 
Maqsad refleksi muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, u “har birimizning 
asosiy hayotimizning energiyasidir. Hayot faqat kishi doimo erishayotgan, lekin 
hyech qachon to‘liq erisha olmaydigan maqsadga intilsagina ajoyibdir”[12]. 
“Agar har birimiz bu refleksni o‘zimizning qimmatbaho vujudimizning bir 
qismi deb ardoqlasak, agar ota-onalar va o‘qituvchilar tabaqasi o‘zlarining butun 
vazifalarini shu refleksni egallagan ommaga uni mustahkamlash va taraqqiy ettirishni 
bosh masala deb qarasalar, bu vaqtda biz tarixiy hayotimiz va ijodiy fikrlashimizning 


53 
bir qancha ko‘rinishlariga tatbiq etishimiz lozim shunga erishishimiz ham 
mumkin”[12]. 
Dars vaqtida yaxshi intizom bo‘lishining asosiy shartlaridan bir o‘qituvchining 
qat’iy xohishidir. 
Irodaga faqat iroda ta’sir qilishi va intizomni faqat intizomli kishi saqlashi 
to‘g‘risida K.D.Ushinskiy aytib o‘tgan edi. 
O‘qituvchining irodaviy sifatlaridan biri sabotlilik bo‘lib, boshlangan ishini 
muvaffaqiyat bilan oxiriga yetkaza bilishidadir. Pedagogning bu irodaviy sifatlariga, 
uning matonatli, qiyin holatda o‘zini tuta bilishida, shuningdek, o‘quvchilarga qat’iy 
talablar qo‘ya bilishida namoyon bo‘ladi. 
Irodaviy sifat sabr-toqatni o‘qituvchining o‘ziga xos sifati deyish mumkin. 
Izchillik ham bo‘lib, o‘quvchilarga bo‘lgan talablardan ajralmagan holda namoyon 
bo‘ladi. 
O‘qituvchi irodasini tarbiyalash 
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchining irodaviy sifatlari juda muhim rol o‘ynaydi. 
Psixologiya fani irodani tarbiyalashning o‘qituvchiga ma’lum bo‘lgan juda 
ko‘p tomonlari, xilma-xil usullarini ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham irodani 
mustahkamlash pedagogning o‘z faoliyatida katta muvaffaqiyatga erishishida juda 
muhimdir. 
Iroda odam psixikasidagi hamma narsalar kabi alohida jarayon emas, u 
odamning umumiy ma’naviy o‘sishi, ilg‘or fikrlarning chuqurlashuvi, e’tiqodning 
o‘sishi, aqliy saviyaning kengayishi, ijtimoiy his-tuyg‘u shakllanishi barobarida 
o‘sadi va mustahkamlanadi. 


54 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling