Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
137 qo‘rqadigan xavfliroq ikki narsa bor: uchun orzu va havoga ergashishlik. Uzun orzu oxiratni unuttiradi. Havoga ergashishlik haqdan to‘sadi». 281. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men dunyoga mukkasidan ketganga, unga hirslik bo‘lganga va unga baxillik qilganga boyilmas faqirlik, bo‘shalmas mehnat va g‘am tushishiga kafilman». Abu Dardodan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: U kishi Xums ahliga boshliq bo‘lgan edi. Aytdi: «Saxiylik qilmaysizlarmi? O‘zlaringiz o‘tirmaysizlar-u, uy qurasizlar. Topmagan narsalaringizni orzu qilasizlar. Sizlardan oldingilar uylar qurishgandi, ko‘p mol jamlagandilar, uzun orzu qilardilar. Ularning maskanlari qabrlarga aylandi. Orzulari o‘ylaganlaridek bo‘lib chiqmadi va yiqqanlarining hammasi halok bo‘ldi». Ali ibn Abu Tolib Umar ibn Xattobga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Agar birodaringizga uchramoqni xohlasangiz, kuylagingizni yamoqli qiling, etigingizni tikib kiying. Orzularni kamaytiring va to‘ymasdan ovqat yeng». Abu Usmon Hindiy aytadi: «Umarning, Alloh undan rozi bo‘lsin, o‘n ikki yamoq ko‘ylagida, xutba o‘qiyotgan-larini ko‘rdim». Ali ibn Abu Tolib bozorga kirdi. U kishi qo‘pol kiyinib olgan edi. Aytishdiki: «Ey mo‘minlarning amiri! Bundan yumshoqroq kiyim kiysangiz-chi?» Aytadi: «Bu yurak uchun tavozu’lidir va solihlarning shioriga o‘xshaydi. Mo‘minlar uchun iqtido qilmog‘i yaxshiroqdir». Abu Zarr G‘iforiy aytdi: «Men odamlarni hayvonlarning tabibidan ham ko‘ra yaxshi bilguvchiman. Ammo ularning yaxshisi zohidlardir. Ammo ularning yomonlari dunyodan kifoya qiladigandan ham ko‘p olgan kimsalardir». Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Xatolarning onalari uch narsadir: hasad, hirs va kibr. Kibrning asli iblisdandir. U takabburlik qilgan vaqtda sajda qilmoqdan bosh tortdi. So‘ngra la’natlandi. Ammo hirs Odam alayhissalomdan edi. Unga aytilgan edi: «Jannatning hammasi senga ijozatdir, faqat bu daraxtga yaqinlashma». Uni hirs ko‘tarib, daraxt mevasidan yemoqlikka undadi va jannatdan haydatdi. Hasadning asli Odamning o‘g‘li Qobildan edi. Ukasini o‘ldirgan vaqtda kofirga aylandi va uning joyi abadiy do‘zax bo‘ldi». Zikr qilindi: Odam alayhissalom o‘g‘li Shis alayhissalomga besh narsani vasiyat qildi. Shis alayhissalom ham o‘g‘illariga vasiyat qilishni buyurdi, birinchisi, «Bolalaringga aytgin, dunyo bilan xotirjam, oromli bo‘lib qolmasin. Chunki men abadiy jannat bilan xotirjam bo‘lib qoldim, Alloh mendan rozi bo‘lmadi va jannatdan chiqardi». Ikkinchisi: «Xotinlaringizning havosiga amal qilmangizlar. Men xotinimning havosiga amal qilib, man’ qilingan daraxtning mevasidan yedim va pushaymon bo‘ldim». Uchinchisi: «Qaysi amalni qilsangiz, oqibatini o‘ylang. Agar, men qilayotgan ishimning oqibatiga qaraganimda, menga yetgan bunday tushkunlikka tushmasdim». To‘rtinchisi: «Agar qalblaringiz biron narsa bilan iztirob cheksa, undan saqlaningizlar. Men daraxt mevasidan yeyayotgan vaqtimda qalbim iztirob chekdi. Lekin undan qaytmadim va pushaymonga qoldim». Beshinchisi: «Ishlaringizda maslahatlashingizlar. Agar men maloikalar bilan maslahatlashganim-da, (menga yetgan) bunday qiyin ahvolga tushib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling