Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
«(Ey insonlar!) Sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXV bob. Hirs va uzun orzu hadislari
«(Ey insonlar!) Sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga
kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab ko‘paytirish (Alloh taologa toat- ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!» (Takosur, 1–2). So‘ng aytdilar: «Odam farzandi molim, molim, deydi. O‘zingda bor molingni yeding – yo‘q bo‘ldi yoki kiyding – chiridi yoki sadaqa qilding – boqiy qoldi». Hasan Basriy aytdi (Alloh rahmat qilsin): «Tavrotda beshta so‘z yozilgan: boylik – qanoatda, salomatlik – uzlatda, hurlik – shahvatlardan bosh tortishda, muhabbat – rag‘batni tark qilishda va ozgina kunda (dunyoda) uzun kunlarga sabr bilan foydalanishda». 285. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey Oyisha, menga yetmoqni xohlasang, dunyodan yo‘lovchi ozuqasidek ozuqa bilan kifoyalan. Boylar bilan o‘tirishlikdan saqlan. Kiyim yirtilmasdan oldin uni almashtirma». 286. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey Parvardigor! Kim meni yaxshi ko‘rsa, uni ofiyat va kifoya qiladigan rizq bilan rizqlantirgin. Meni kim yomon ko‘rsa, molini va farzandlarini ko‘paytirgin». Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 140 287. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Dunyoga rag‘bat qilishlik xafalikni va g‘amni ko‘paytiradi. Dunyoda zohidlik qalb va badanga rohat beradi. Sizlardagi faqirlikdan qo‘rqmayman, lekin sizlardagi boylikdan qo‘rquvchiroqman; boylik sizlar uchun dunyoda keng yoyilib ketgaydir, oldingilarga yoyilganidek. Ular tortishganlaridek, tortishgaysizlar. So‘ngra sizlarni ularni halok qilgandek halok qilgay». 288. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Bu ummatdan avvallarining yaxshisi zohidlik va yaqinlik bilandir. Bu ummatning oxirlarining halok bo‘luvchilari baxillik va orzular bilandir». ____________ XXV bob. Hirs va uzun orzu hadislari 1. Abu Dardo. “Nimagadir olimlaringizning ketayotganini ko‘rayapman...” Zaif*. Abu Na’im, “Al-xulya” (221/1) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (1196). 2. Mus’ab ibn Sa’d. “Albatta, Hafsa onamiz, otalari Umarga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi...” Abu Na’im, “Al-xulya” (4811) va Ahmad, “Az- zuhd” (154-bet) va Ibn Muborak (574). 3. Masruq. “Oisha onamizga aytdim:...” Sahih*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (1270). Hissasi muttafaqun alayhi, Buxoriy (6439, 6436/11) va Muslim (1048, 1049/2) Ibn Abbosdan. 4. Anas ibn Molik. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Odam farzandida hamma narsa qariydi...” Sahih*. Buxoriy (6421/11) va Muslim (1047/2). 5. Abdulloh ibn Umar. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Dunyoda go‘yoki...” Sahih*. Buxoriy (6412). 6. Hasan Basriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalariga aytdilar:...” Hasan*. Ahmad (387/1), Termiziy (2457) va Hokim (323/4) va “Al-mishkot” (1608) ga qarang. 7. Muvarraq Ajliy. “Payg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar...” Sahih*. Muslim (2958/4) 8. Oyisha. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Oyisha, menga yetmoqni xohlasang...” Zaif*. Termiziy (1780), Hokim (312/4) va Ibn Adiy, “Al- komil” (5214). 9. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Parvardigor! Kim meni yaxshi ko‘rsa...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab (1475) va Asbahoniy, “At- targ‘ib” (2350). 10. Husayn ibn Ali. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Dunyoga rag‘bat qilishlik xafalikni va g‘amginlikni ko‘paytiradi...” Zaif*. Ahmad. “Az-zuhd” (16-bet), Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (10536). 11. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlardagi faqirlikdan qo‘rqmayman...” Sahih*. Buxoriy (6425/11) va Muslim (2961), Termiziy (2462), Ibn Moja (3997). 12. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bu ummatdan avvallarining yaxshisi...” Hasan*. Ahmad, “Az-zuhd” (12-bet) va Bayhaqiy, “Ash- shu’ab” (10845), Ibn Amrdan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling