Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

 
YIGIRMA SAKKIZINCHI BOB 
BALO VA MASHAQQATLARGA SABR QILISH 
322. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey bola, 
senga Alloh taolo foyda beradigan kalimalarni o‘rgataymi?" dedilar. Men: "Ha, ey 
Allohning elchisi!" dedim. Aytdilar: "Allohni yod et, Alloh seni saqlaydi. Allohni yod et, 
Uni huzuringda topasan. Alloh taoloni kenglik paytida tani, qiyinchilikda seni taniydi. 
Tilasang, Allohdan tila. Yordam so‘rasang, Allohdan so‘ra. Bo‘ladigan narsalarni qalam 
(yozib bo‘ldi), quridi. Agar butun odamlar senga foyda bermoqni xohlasalar, Alloh uni 
senga taqdir qilmagan bo‘lsa, qodir bo‘lmaydilar. Agar ular senga zarar bermoqchi 
bo‘lsalar, Alloh taolo taqdir qilmagan bo‘lsa, zarar berishga ham qodir bo‘lmaydilar. 
Allohga shukr va ishonch bilan amal qil. Bilki, yomon ko‘rgan narsangga qilgan 
sabringda ko‘p yaxshiliklar bor. Albatta, (Allohning) yordami sabr qilish bilan, quvonch 
qayg‘u bilan, yengillik mashaqqat bilan birgadir". 
Ali ibn Abu Tolib (Alloh uzotdan rozi bo‘lsin) aytadilar: "Ey odamlar! Mendan besh 
narsani yod qilinglar: Gunohdan boshqa narsadan qo‘rqmangiz, Allohdan boshqasiga 
umid etmangiz, agar bilmasangiz, ta’lim olishdan uyalmangiz, agar so‘rasalar, 
bilmasangiz, bilmayman, demoqdan uyalmangiz. Bilingizki, sabr jasaddagi bosh kabidir. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
Jasaddan bosh ajralsa, jasad hech narsaga yaramaydi, shuningdek, ishlardan sabr 
ketsa, buziladi". 
Keyin: "Men sizlarga haqiqiy faqihning xabarini beraymi?" deb so‘radilar. "Ha, ey amirul 
mo‘minin", deyishdi. "Odamlarni Allohning iltifoti va marhamatidan noumid qilmagan, 
shuningdek, ularni Allohning azobidan xotirjam ham qilib qo‘ymagan, gunohlarni 
odamlarga ziynatli qilib ko‘rsatmagan, gunohkor va muvahhidlarni (tavhid e’tiqodida 
bo‘lganlarni) Alloh hukm qilmasdan oldin jannati yoki do‘zaxi deb hukm etmagan kishi 
haqiqiy faqihdir. Allohning azobidan bu ummatning yaxshisi xotirjam bo‘lmaydi. Alloh 
taolo aytadi:

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling