Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Kim yomon amal qilsa, jazosini oladi"
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Bas, (ey Muhammad), siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabr-matonat egalari sabr qilganlaridek (mushriklarning ozor-aziyatlariga) sabr qiling"
"Kim yomon amal qilsa, jazosini oladi" (Niso, 123), degan so‘zi tushganda, Abu
Bakr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, bu oyatdan keyin qanday xursandchilik bo‘lsin?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh sizni kechirsin, siz kasal bo‘lmaysizmi? Sizga aziyat yetmaydimi? Siz qiynalib xafa bo‘lmaysizmi? Bu yetgan narsalarning hammasida gunohlaringizga kafforat bordir", dedilar. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 154 326. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Bu oyat tushganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizning oldimizga chiqdilar va dedilar: "Menga bir oyat tushdi, u ummatimga dunyo va undagi narsalardan yaxshidir". Keyin o‘qidilar: "Kim yomon amal qilsa, jazosini oladi". Keyin aytdilar: "Agar banda bir gunoh qilsa, so‘ngra unga shu dunyoning o‘zida bir qiyinchilik yoki balo kelsa, Alloh uni ikkinchi marta azoblashdan ulug‘dir". Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Bilingki, banda yaxshilarning darajasiga aziyatlar va mashaqqatlarga sabr qilish bilan erishadi. Alloh o‘z payg‘ambariga sabrni buyurdi. Aytdiki: "Bas, (ey Muhammad), siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabr-matonat egalari sabr qilganlaridek (mushriklarning ozor-aziyatlariga) sabr qiling" (Ahqof, 35). 327. Xabbob ibn Arat rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelganimizda, Ka’baning tagida ridolariga o‘ranib o‘tirgan ekanlar. Biz u zotga shikoyat qildik: "Ey Allohning elchisi, Allohga duo qilmaysizmi? Allohdan bizlarga g‘alaba so‘ramaysizmi?" dedik. U kishining yuzlari qizarib ketdi, keyin aytdilar: "Sizlardan oldingilarni keltirishardi. So‘ngra yerdan chuqur kovlashardi, arrani olib kelib boshiga qo‘yishardi va ikkiga bo‘lishardi. Ularni bu azoblar dinidan voz kechtirolmas edi". 328. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan aytadilar: "Qiyomat kuni yer yuzida eng farovon hayot kechirgan kishi keltiriladi va do‘zaxga bir martagina kirgizib olinadi. U yerdan kuygan qora holatda chiqadi. Senga dunyoda biror ne’mat berilganmidi? deb so‘raladi undan. U, yo‘q, yaratilganimdan beri shu balodadirman, deydi. Keyin dunyo ahlidan ko‘p balolarga yo‘liqqan kishi keltirilib jannatga kirgizib chiqariladi. Ya’ni, bir soatgina kiradi. So‘ngra to‘lin oydek bo‘lib chiqadi. Senda hech qiyinchilik bo‘ldimi? deb so‘raladi undan. U, yo‘q, yaratilganimdan beri bu ne’mat mendan ketmagan, deydi". 329. Ibn Abbos Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Jannatga birinchi bo‘lib Allohga ko‘p hamd aytuvchilar chaqiriladi, ular Alloh taologa xursandchiliklarida ham, xafaliklarida ham hamd aytganlar". Banda o‘ziga yetgan musibatlarga sabr qilmog‘i vojibdir va bilmog‘i lozimki, Alloh taolo undan daf qilgan balolar unga yetgan balolardan ko‘ra ko‘pdir. Bu uchun ham Allohga hamd aytmog‘i lozim. Bandalar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ergashsinlar va u kishi mushriklar yetkazgan aziyatlarga qanday sabr qilganlariga qarasinlar. 330. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat. "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Baytullohda namoz o‘qiyotgan edilar. Abu Jahl va sheriklari Ka’baning atrofida o‘tirishardi. Bir kun oldin tuya so‘yilgan edi. Abu Jahl: "Qaysilaringiz tuyaning ichak-chavog‘ini olib, sajda qilayotganda Muhammadning yelkasiga tashlaydi?" dedi. Qavmning eng badbaxti turib, uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajdada bo‘lgan paytlarida ustlariga tashladi. Keyin masxaralab kulishdi, men indamay qarab turardim. Agar quvvatim yetganida edi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning orqalaridan uni, albatta, uloqtirib yuborardim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda qilganlari kuyi boshlarini ko‘tara olmay turdilar, hatto bir kishi Fotimaga borib xabar berdi. Fotima hali yoshgina qizcha edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling