Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Endi o‘zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida ularga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
"Endi o‘zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida ularga
hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik". Ya’ni, ularga buyurilgan narsani tark qilganlaridan keyin ularga yaxshilik eshiklarini ochib berdik. "Qachonki o‘zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida", ya’ni, berilgan Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 157 yaxshiliklardan mast bo‘lib turganlarida "ularni to‘satdan ushladik. Bas, butunlay nomurod bo‘ldilar" (An’om, 44). Ya’ni, hamma yaxshiliklardan noumid bo‘lurlar. 335. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: "Odamlarning qaysilariga balolar qattiqroq keladi?" deb so‘rashdi. Aytdilarki: "Payg‘ambarlarga, keyin solihlarga keyin shularga o‘xshashlarga". Aytilishicha, uch narsa yaxshilik xazinasi: Sadaqani, og‘riqni, musibatni yashirish. Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Havoriylardan bir kishining kitobidan ushbularni ko‘chirib yozdim: "Agar sen balolar yo‘liga tushib qolsang, ko‘zing quvonsin. Chunki bu yo‘ldan payg‘ambarlar va solih kishilar yurgandir. Agar rohatli yo‘l boshlansa, sen nafsingga yig‘lagin. Ularning yo‘lidan adashtirilibsan". Zikr qilinishicha, Muso alayhissalomga ham Alloh shunga o‘xshash vahiy yuborgan. Fath Mavsuliydan zikr qilinadi. U kishining ahliga bir balo yetgan ekan. Shunda: "Ey Parvardigor, koshki meni qaysi amalim uchun ikrom qilganingni bildirsang edi, uni ziyoda qilardim", degan ekanlar. 336. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot: "Kimning moli kamayib, bolalari ko‘paysa, namozi yaxshi bo‘lsa, musulmonlarni g‘iybat qilmasa, u kishi men bilan qiyomat mana shunday keladi", deb ikki barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatdilar. 337. Mujohid rivoyat qiladilar. Abu Hurayra (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) aytdilar: "Allohga qasamki, men ochlikdan ko‘kragimni yerga berib, katta toshni qornimga bog‘lab olardim. Bir kuni kattalar o‘tadigan yo‘lda o‘tirib, ularning o‘tishini kutib turdim. Abu Bakr Siddiq (r.a.) o‘tdilar. Shunda men u kishidan meni uyiga boshlab ketsinlar uchun Qur’ondagi bir oyat haqida so‘radim. O‘tib ketdilar-u, lekin unday qilmadilar. Keyin Umar (r.a.) o‘tdilar. U kishidan ham shu maqsadda bir oyatni so‘radim. U kishi ham o‘tib ketdilar. Shundan so‘ng Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘tdilar. Meni ko‘rgach, holatimni bilib tabassum qildilar. Keyin: "Ey Abu Hurayra, menga ergash", dedilar va oldinda yurib ketdilar. Men u zotning orqalaridan yo‘lga tushdim. Uylariga yetganimizda kirishga ruxsat so‘radim. Ruxsat berganlaridan keyin uyga kirib, bir suti bor idishchani topdim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "Bu qaerdan keldi?" "Falonchi sizga hadya qildi", deyishdi. "Ey Abu Hurayra", dedilar menga Rasululloh. "Labbay", deb javob berdim. "Borib suffa ahlini chaqirib kel", dedilar. Bu so‘z meni xafa qildi. Ichimda, bu sutga suffa ahlining nima haqqi bor, axir buni ichib, bir oz quvvat olishga men haqliroqman-ku, deb o‘yladim. Lekin Alloh rasulining toatida bo‘lishim lozim bo‘lganligi uchun bu gapdan to‘xtab, ularni chaqirdim. Ular kelib kirishga ruxsat so‘rashdi, ruxsat berganlaridan keyin, joylarini topib o‘tirishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Abu Hurayra, idishdagi sutni olib, ularga ber", dedilar. Ularga birma-bir bera boshladim, ular sutdan to‘ygunlaricha ichishar, keyin idishchani menga qaytarishar edi. Hammalari to‘yganlaridan keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetdi. U kishi idishchani olib: "Ey Abu Hurayra", dedilar. "Labbay, yo Rasululloh", dedim. "Ikkalamiz qoldik. O‘tirib sen ham ichgin", dedilar. O‘tirib icha boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, ich, deganlarida ichaverdim, u kishi to‘xtovsiz, ich, der edilar, to‘yib oxiri aytdimki: "Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, endi ichishga joy qolmadi", deb u kishiga idishchani berdim. U zot Allohga hamd aytib, sutdan ichdilar". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling