Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
198 Alloh taolo ramazon oyining har kuni iftor vaqtida ming kishini do‘zaxdan ozod etadi. Ular qilgan gunohlari sabab azobga giriftor edilar. Jum’a kuni va jum’a kechasi har soatda o‘n mingta gunohkorni do‘zaxdan ozod qiladi. Ularning hammalari azobga mubtalo edilar. Ramazonning oxirgi kunida oyni boshidan oxirigacha ozod qilinganlarning sanog‘idan ham ko‘proq gunohkorlarni ozod etadi. Laylatul-qadr kechasi esa, Alloh taolo Jabroil alayhissalomga yerga maloikalarning katta jamoasi bilan birga tushishni buyuradi. Unda ko‘k bayroq bo‘ladi. Uni Ka’baning yoniga qo‘yadilar. Jabroil alayhissalomning yetti yuzta qanoti bo‘lib, ikkitasi faqat Qadr kechasida yoyiladi. Yozilganda g‘arbdan sharqgacha oshib ketadi. Jabroil alayhissalom maloikalarni bu ummatga yuboradi. So‘ngra ular ummatning turgan, o‘tirgan, namoz o‘qigan, zikr qilganlariga salom beradilar. Ular bilan ko‘rishadilar va duo qilganlarida to bomdodgacha "Omin", deb javob berib turadilar. Bomdod bo‘lgandan keyin Jabroil (a.s.) barcha maloikalarga, ketinglar-ketinglar, deb nido qiladi. Ular: "Ey Jabroil, Alloh Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlari bo‘lgan mo‘minlarning hojatlarini nima qildi?" deb so‘raydilar. Jabroil aytadiki: "Alloh taolo ularga nazar qilib, ularning gunohlarini afv etdi. Faqat to‘rt kishinikidan tashqari". So‘raydilar: "Ular kimlar, ey Jabroil?" Javob beradiki: "Doimiy aroq ichuvchi, ota-onasiga oq bo‘lgan, silai rahmni uzgan, mushohin". "Ey Jabroil, mushohin kim?" deb so‘raydilar. Aytadiki: "U xusumat qiluvchi", ya’ni, mo‘min birodariga uch kundan ortiq gapirmay yurgan kishi. Fitr (hayit) kechasi esa, "mukofot kechasi" deb nomlanadi. Fitrning ikkinchi kuni Alloh farishtalarni shaharlarga yuboradi. Ular yerga tushib, yo‘llarning boshida turib: "Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummati, Rabbilaringizga chiqinglar, bu kun buyuk mukofot beradi, gunohlaringizni kechiradi", deydilar, bu ovozni inson va jinlardan boshqa hamma maxluqot eshitadi. Ular masjidlarga borganlarida Alloh taolo farishtalariga: "Ey maloikalarim! Amal qiluvchi kishiga amal qilgani uchun nima mukofot beriladi?" deydi. Maloikalar aytishadi: "Ey Rabbimiz, uning mukofoti ajrini mo‘l qilib berishingdir". Alloh taolo aytadiki: "Ey maloikalarim, men sizlarni guvoh qilamanki, ularning ramazon oyidagi ro‘zalari va kechalari qoim bo‘lishlari savobi Mening roziligim va mag‘firatimdir". Alloh so‘ngra aytadiki: "Ey bandalarim, Mendan so‘ranglar, ulug‘ligimga qasamki, bugun nimani so‘rasalaringiz, beraman, dunyolaringizdan ham, oxiratlaringizdan ham". 453. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimga ramazon oyida bosh-qa ummatlarga berilmagan beshta xislat berildi. Ro‘zadorning og‘zidagi hid Alloh nazdida mushkning hididan yaxshiroq; iftor qilgunlaricha maloikalar ularning gunohlarini kechirishni so‘raydilar; bu oyda shaytonning sarkashlari bog‘lanadi; bu oyda odamlar boshqa oylarda bo‘lmagan ixloslarini topadilar; bu oyda har kuni Alloh taolo jannatni ziynatlaydi va jannatga aytadi: "Mening bandalarimdan qiyinchilik va aziyatlar ko‘tarilishiga oz qoldi. Ular senga qarab yuradilar va oxirgi kechada ularning gunohlari kechiriladi". "Ey Allohning elchisi, Laylatul-qadr o‘sha kechami?" deb so‘rashdi. Aytdilarki: "Yo‘q. Lekin amal qiluvchi amalini bajarsa, uning ajri mo‘l-ko‘l beriladi". 454. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalariga xursandchilik xabarini berdilar. Aytdilarki: "Sizlarga ramazon oyi keldi. Muborak oy keldi. Alloh taolo bu oyda ro‘zani farz qildi. Bu oyda jannat eshiklari ochiladi va jahannam eshiklari yopiladi, bu oyda shaytonning sarkashlari bog‘lanadi va bu oyda bir tun bor, u ming oydan yaxshiroqdir". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling