Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
199 455. Xaysama aytadilar: "Bizga Ramazon keyingi ramazongacha, haj hajgacha, jum’a jum’agacha, namoz keyingi namozgacha orasida bo‘lib o‘tgan gunohlarga kafforatdir. Katta gunohlar qilmagan bo‘lsa", deb aytishgan". Umar (r.a.) ramazon kirganda aytar edilar: "Marhabo, bizlarni poklovchi. Ramazonning hammasi yaxshi, kunduzi – ro‘za, kechasi – qiyom, bu oydagi nafaqa Alloh yo‘lidagi nafaqa kabidir". 456. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar: "Kim ramazon ro‘zasini imon keltirgan va savob umid qilgan holda tutsa hamda kechalari qoim bo‘lsa, uning oldin o‘tgan gunohlari kechiriladi". 457. Yana Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar: "Alloh taolo aytadi: "Odam farzandining yaxshi amaliga o‘n barobardan yetti yuz barobarigacha savob ziyoda qilinadi. Ro‘za unday emas. Ro‘za Men uchun va uning mukofotini o‘zim beraman, bandam shahvatini, taomini, sharobini men uchun tark qiladi. Ro‘za pardadir. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor: Og‘iz ochishdagi xursandchilik va qiyomat kunidagi xursandchilik". 458. Faqih aytadilar: Salmon Forsiy (r.a.) hikoya qiladilarki: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sha’bonning oxirida bizlarga xutba qildilar. "Ey odamlar, mana sizlarga ulug‘, muborak oy keldi. Bu oyda Laylatul-qadr bor. U ming oydan yaxshi. Ramazonning kunduzlarida Alloh ro‘zani farz qildi va kechalaridagi qiyomni ixtiyoriy etdi. Kim u kechada ixtiyoriy ibodat qilsa, farzni ado etsa, yetmish farzni ado qilgan kishidekdir. U sabr oyi, sabrning savobi jannatdir. U tenglik oyi. Bu oyda mo‘minning rizqi ziyoda bo‘ladi. Kimki ro‘zadorning og‘zini ochsa (iftor qilib bersa), qul ozod qilganidek savob oladi va gunohlari mag‘firat bo‘ladi". Biz: "Ey Allohning elchisi, hammamiz ham ro‘zadorga iftor qilib beradigan narsa topolmaymiz-ku", dedik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bir yutum sut bilan bo‘lsa ham, iftor qilsa yoki bitta xurmo yoki bir piyola suv bilan iftor qilib bergan bo‘lsa ham, shu savobni oladi. Kim ro‘zadorni to‘ydirsa, uning gunohlari kechiriladi. Alloh uni mening havzimdan sug‘oradi, undan keyin jannatga kirguncha chanqamaydi. Iftor qilib bergan kishiga ajrni ro‘zadorning ajridan hech ham kamaytirmagan holda beradi. Bu oyning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lishdir. Kim bu oyda qulini ozod etsa, Alloh uni do‘zaxdan ozod qiladi". Faqih aytadilar: Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilarki: "Qaysi banda ramazon oyini sukut va yomon gaplarni gapirmasdan tutsa, Allohni zikr qilib, halol deganini halol, harom deganini harom desa va bu oyda fahsh ish sodir qilmagan bo‘lsa, ramazondan onadan tug‘ilgandek pok chiqadi. Uning hamma gunohlari kechiriladi. Uning Allohga aytgan har bir tasbehlari va tahlillari uchun jannatda ko‘k zumraddan bir uy bino qilinadi. Uning ichlari qizil yoqutdandir. U yoqutning ichida dur chodir bor. Chodirda hur bo‘lib, uning tillo taqinchoqlari qizil yoqut bilan bezatilgan, jilosi butun yer yuzini yoritib yuboradigan darajada". 459. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ramazon yaqinlayotgan vaqtda aytardilarki: "Agar bandalar ramazon oyida nimalar borligini bilganlarida ummatim ramazonning yil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling