Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Ashuro kunining fazilati bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Ashuro kunining fazilati bobi hadislari
475-hadis. Mavzu’. Sanadidagi Hubayb ibn Hubayb Abu Muhammadni Imom Abu Dovud yolg‘onchi degan. 476-hadis. Unda ixtilof bor. 477-hadis. Muttafaqun alayh. 478-hadis. Muttafaqun alayh. QIRQ BIRINCHI BOB NAFL RO‘ZASI, OYNING 13-, 14-, 15-KUNLARI RO‘ZASI VA RAJAB OYI RO‘ZASINING FAZILATI 479. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Zayd ibn Aslam Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Amallar yettitadir. Misli beriladigan amal, ikki mislicha beriladigan amal, vojib qiluvchi (amal), o‘n barobar savob beriladigan amal, Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 207 yetti yuz barobar savob beriladigan amal, yana shunday amal borki, uni qiluvchining savobini faqat Alloh biladi. Savobi o‘zi barobaricha beriladigan amal; kishi gunoh qilsa, unga bitta gunoh yoziladi va yaxshilikni qasd etsayu, uni qila olmasa, bitta yaxshilik yoziladi. Ikki mislicha beriladigan amal; kishi bir yaxshilikni qilsa, unga ziyodasi bilan savob yoziladi. Vojib qiluvchi amal; kim Allohning o‘zigagina ibodat qilsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Kim Allohga Undan o‘zgaga ibodat etgan holda yo‘liqsa, unga do‘zax vojib bo‘ladi. O‘n barobar savob beriladigan amal; kishi bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar ajr beriladi. Yetti yuz barobar savob beriladigan amal: Kim Alloh yo‘lida biron amal qilsa yoki infoq-ehson bersa, amaliga yetti yuz barobarida ajr beriladi. Ajru savobini Allohdan o‘zga bilmaydigan amal esa, ro‘zadir". 480. Abu Cadaqa Yamoniy aytadilar: Hazrati Bilol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirganlarida u kishi ovqatlanayotgan edilar. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: "Ey Bilol, ovqatga, ovqatga", dedilar. Bilol (r.a.): "Ey Allohning elchisi, men ro‘zadorman", deb javob qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bizlar rizqimizni yeyapmiz. Bilol esa, jannatda rizqlanadi. Agar ro‘za tutgan kishi ovqatlanayotgan kishilar oldida o‘tirsa, uning a’zolari unga tasbeh aytadi. Maloikalar unga duo qiladi va: "Ey Parvardigor, uni kechirgin, ey Parvardigor, unga shu o‘tirishida rahm qilgin", deydi". Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: "Dengizda ketayotib, to‘lqinlarga duch keldik, keyin yelkanlarni ko‘tardik. Biror orol yo jonzotni ko‘rmas edik, shu vaqt bir nido keldi: "Ey kema ahli, to‘xtanglar, sizlarga xabar beraman", dedi. Biz yurishda davom etdik, lekin hech narsani ko‘rmasdik. Yetti marta shunday nido keldi. Yettinchi martasida o‘rnimdan turib: "Ey sen, bizning holatimizni ko‘rib turibsan, to‘xtashga qodir bo‘la olmayapmiz. Bizlarga xabar bermoqchi bo‘lgan narsangning xabarini beraver", dedim. U aytdi: "Ogoh bo‘linglar, sizlarga Allohning hukmi haqida xabar beraman. Alloh taolo o‘zini nafsiga hukm qildiki, issiq kunda chanqagan (ro‘za tutgan) bandani Alloh taolo qiyomat kunida suvga qondiradi". Ibn Muborak ham Abu Muso Asha’riydan shunga o‘xshash rivoyatni keltirganlar va unga ushbu so‘zlarni qo‘shimcha etganlar: "Abu Muso qattiq issiq kunlar kelishini kutib turardilar, qachon issiq kuchaysa, ro‘za tutardilar". 481. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Olti xislat yaxshilikdir: Allohning dushmaniga qilich bilan harakat qilmoq, yoz oyida ro‘za tutmoq, musibat vaqtida chiroyli sabr qilmoq, haq bo‘lsa-da, tortishishni tark etmoq, bulutli kunda namozni vaqtli o‘qimoq, (yoki yoz kunida, dedilar), qish kunlarida tahoratni komil qilmoq". Abu Dardodan (r.a.) naql qilinadi: "Uch narsa bo‘lmasa edi, o‘lishimga parvo etmasdim. 1. Allohga sajda qilganda tuproqdan yuzimda belgilar qolishi. 2. Uzun kunda ro‘za tutish. 3. Yaxshi xurmoni tanlab yeganlari kabi, yaxshi so‘zlarni ham tanlab gapiradigan qavm bilan o‘tirish". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling