Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Zulhijja oyining dastlabki o‘n kuni fazilati bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- QIRQINCHI BOB ASHURO KUNINING FAZILATI
Zulhijja oyining dastlabki o‘n kuni fazilati bobi hadislari
466-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 467-hadis. Hasan. Ibn Hibbon, Bazzor rivoyat qilgan. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 205 468-hadis. Munkar. Ibn Adiy rivoyat qilgan. Uchta illati bor. 469-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 470-hadis. Izohi yo‘q. 471-hadis. Isnodida zaiflik bor. Ahmad Bayhaqiy rivoyat qilgan. 472-hadis. Munkar. "Tanzihush shari’at"ga qarang. 473-hadis. Tabaroniy, Hokim Bayhaqiy rivyat qilgan. 474-hadis. Daylamiy rivoyat qilgan. QIRQINCHI BOB ASHURO KUNINING FAZILATI 475. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Kim muharramning ashuro (o‘ninchi) kuni ro‘za tutsa, Alloh taolo mingta farishta va yuzta shahidning savobini beradi. Kim muharramning o‘ninchi kuni ro‘za tutsa, Alloh unga o‘n ming haj va umra qilganning hamda o‘n ming shahidning savobini beradi. Kim ashuro kunida yetimning boshini silasa, Alloh taolo har bir soch tolasi uchun uning darajasini ko‘taradi. Kim ashuro kunida ro‘zador mo‘minga iftor bersa, guyoki Muhammad alayhissalomning hamma ummatlariga iftor qilib bergandek bo‘ladi". "Ey Allohning elchisi, Alloh taolo ashuro kunini boshqa kunlardan afzal qilganmi?" deb so‘rashdi odamlar. U zot aytdilar: "Ha, Alloh taolo osmon va yerlarni ashuro kunida yaratdi, tog‘larni, yulduzlarni, lavhni, qalamni, Odamni, Havoni va jannatni ashuro kunida yaratdi va ularni ashuro kunida jannatga kirgizdi. Ibrohim (a.s.) ashuro kunida tug‘ildi va uni o‘tdan ashuro kunida qutqardi, unga qurbonlik qilishni ashuro kunida buyurdi. O‘g‘lining o‘rniga qo‘chqorni so‘ygan kun ashuro kunidir. Fir’avnni ashuro kunida dengizga cho‘ktirdi. Ayyubdan (a.s.) balolarni ashuro kuni daf qildi. Odamning (a.s.) tavbasini ashuro kuni qabul qildi. Dovud alayhissalomning gunohini ashuro kuni kechirdi va Sulaymonga (a.s.) ashuro kuni mulki qaytarildi va Iso alayhissalom ashuro kuni tug‘ildi va osmonga ashuro kunida ko‘tarildi. Payg‘ambar alayhissalom ashuro kunida tug‘ildilar. Qiyomat ashuro kunida bo‘ladi". Faqih aytadilar: Ikrima (r.a.) deydiki: "Ashuro kuni Odam alayhissalom tavbasi qabul qilingan kun, u shunday kunki, Nuh kemadan tushirildi va shukriga ro‘za tutdi, u kun Fir’avn dengizga cho‘ktirildi, Bani Isroil qavmiga dengiz yo‘l berdi va uning shukri uchun ro‘za tutdilar. Agar qodir bo‘lsang, u kunda sen ham ro‘za tut". 476. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim ashuro kunida ahli ayollariga kengchilik qilsa, Alloh taolo unga yilning boshqa kunlarini ham keng qilib qo‘yadi". Sufyon aytadi: "Biz tajriba qilib, xuddi shunday ekanini topdik". 477. Said ibn Jubayr ibn Abbosdan (r.a.) naql etadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelib, yahudlar ashuro kunida ro‘za tutayotganlarini ko‘rdilar va u haqda so‘radilar. "Bu kunda Alloh taolo Musoni va Bani Isroilni Fir’avn ustidan g‘olib qilgan va biz uni ulug‘lab ro‘za tutyapmiz", deyishdi ular. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Bizlar Musoga sizlardan ko‘ra haqliroqmiz", dedilar va ro‘za tutmoqqa buyurdilar". Faqih aytadilar: Bu kunning tafsirida ulamolar ixtilof qiladi. Ba’zilar: "Ashuro deb nomlanishi muharramning o‘ninchi kuniga to‘g‘ri kelgani uchundir", deydi. (Arabcha "ashara" – o‘n, degani – tarj.) Ba’zilar aytadi: "Alloh taolo bu kunda o‘nta payg‘ambarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling