Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Ramazon oyi fazilati bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Ramazon oyi fazilati bobi hadislari
452-hadis. Juda Zaif. Bayhaqiy, Asbahoniy rivoyat qilgan. 453-hadis. Juda zaif. Ahmad, Bazzor, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 454-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 455-hadis. Sahih. 428-hadisning izohiga qarang. 456-hadis. Muttafaqun alayh. 457-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 458-hadis. Munkar. “Az-zaifa”ga qarang. 459-hadis. Munkar. Roviylardan biri bo‘lgan Jarir ibn Ayyub al-Bajaliyning hadisini Buxoriy, Abu Na’im, Nasoiylar olishmagan. 460-hadis. Yolg‘on. “Tanzihush-shari’at”ga qarang. 461-hadis. Mursal. Ahmad rivoyat qilgan. 462-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 463-hadis. Muttafaqun alayh. 464-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan. 465-hadis. Juda zaif, chunki to‘rtta illati bor. Bayhaqiy rivoyat qilgan. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 202 O‘TTIZ TO‘QQIZINCHI BOB ZULHIJJA OYINING DASTLABKI O‘N KUNI FAZILATI 466. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Solih amallarning Allohga mahbubrog‘i mana shu kunlarda qilinganidir". Ya’ni, zulhijja oyining birinchi o‘n kunligida qilingan amallar. 467. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) deydilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo uchun kunlarning yaxshirog‘i va afzalrog‘i ashr (zulhijja oyining o‘n) kunidir". "Alloh yo‘lidagi ish u kunlarga teng emasmi?" deyishdi. Aytdilar: "Alloh yo‘lidagi (ish ham) ularga teng emas. Magaram oti yarador bo‘lsa, yuzlarini chang-g‘ubor qoplasa". Boshqa bir rivoyatda: "Oti yarador bo‘lsa va qoni oqsa, deyilgan". 468. Faqih aytadi: Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilindi. Bir yigit qo‘shiq va lag‘v gaplarni eshitib yurardi. Zulhijja oyi kirgach, ro‘za tutar edi. Bu gap Payg‘ambarimizga yetdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga odam yuborib chaqirtirdilar. U kelgach: "Bu kunlarda ro‘za tutmoqqa seni nima majbur qildi?" deb so‘radilar. Yigit: "Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohning elchisi, bu kunlar hajning muayyan kunlari va ham ibodatlari bajariladigan kundir. Shoyadki Alloh meni hojilarning duolariga sherik qilsa", dedi. Aytdilar: "Har bir ro‘za tutgan kuning yuzta qulni ozod qilishga teng, yuzta tuya, yuzta otni Alloh yo‘lidagi jihodga berganingga barobar. Agar zulhijjaning sakkizinchi kuni bo‘lsa, u kunda sen uchun mingta qul ozod qilganning, ming tuya va ming otni Alloh yo‘lidagi jihodga yuborganning savobi beriladi. Arafa kunida esa, sen uchun ikki ming qul ozod qilganning, ikki mingta tuya va ikki mingta otni Alloh yo‘lidagi jihodga berganning savobi bor. Bu ro‘zalar ikki yillik ro‘zaga tengdir. Bir yili oldingisiga, ikkinchi yili keyingisiga". 469. Boshqa bir rivoyatda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Arafa kunidagi ro‘za ikki yil ro‘za tutganning savob bilan tengdir. Ashuro kunida tutilgan ro‘za bir yil tutilgan ro‘za savobi bilan barobar". Tafsirchilar Allohning: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling