Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
Birinchi surdan keyin Alloh xohlagancha vaqt o‘tadi. Keyin ikkinchi marta chalishga
buyuradi, ikkinchi marta chalinganda yeru osmon ahli o‘ladi, faqat Alloh xohlaganlargina
qoladi. Dalili Allohning ushbu so‘zidir:
“Sur chalindiyu va osmonlardagi va yerdagi
barcha jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik) qoldi” (“Zumar”, 68).
Bu oyatdagi Alloh xohlagan zotlar, ya’ni o‘lmaganlar shahidlarning ruhidir. Ba’zilar
aytganlarki, ular Jabroil, Mikoil, Isroflil
va ajal farishtalaridir, keyin Alloh taolo ajal
farishtasiga (o‘zi bilgan holda) savol berarkanki: “Maxluqlarimdan kim qoldi?” deb.
Aytadiki: “Ey Parvardigor! Sen hech qachon o‘lmaydigan tirik zotsan, Jabroil, Mikoil,
Isrofil, yana Arshingni ko‘tarib turuvchi farishtalar va men qoldim”, deb
javob berganida,
Alloh taolo ularning ham jonini olishga buyurar ekan. Kalbiy va Muqotil rivoyatida
shunday zikr qilingan.
Muhammad ibn Ka’b bir kishidan va u kishi Abu Hurayradan qilgan rivoyatda bunday
deyiladi. Rasululloh (s.a.v.) aytishlaricha: “Alloh subhonahu va taolo aytadiki: “Jabroil,
Mikoil, Isrofil o‘lsin. Arshni ko‘tarib turguvchi farishtalar o‘lsin!” So‘ngra
Alloh azza va
jalla aytadiki: “Ey ajal farishtasi, mahluqlarimdan kim qoldi?” deb. Shunda farishta: “Sen
o‘lmaguvchisan, doimo tiriksan, ajal farishtasi bo‘lmish zaif quling qoldi”,
deganida, Alloh
aytadiki: “Ey ajal farishtasi, Mening:
Do'stlaringiz bilan baham: