Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasb qilish fazilati bobi hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi
281 qora dog‘ bo‘ladigan, uni faqat olov o‘chiradigan tilanchilikdan yaxshi emasmi?” Hakimlarning ba’zilari shunday deydilar: “Oqil kishi besh narsasi bo‘lmagan shaharga tushmaydi: qat’iyatli sulton, odil qozi, muqim bozor, oqar daryo, mohir tabib”. Hakimlarning biridan: “Kasblarning yaxshisi nima?” deb so‘rashdi. U kishi shunday deb javob qildi: “Dunyo kasblarining yaxshisi ehtiyojni qondirish uchun haloldan talab qilingani, uning bilan ibodat hozirligi ko‘rilgani va ortiqchasi qiyomat kuniga zaxira qilib qo‘yilgani. Oxirat kasblarining yaxshisi esa, amal qilinadigan ilmni tarqatish, solih amallar qilish va yaxshi odatni joriy etish”. Keyin: “Kasblarning yomoni nima?” deb so‘rashdi. “Dunyo kasblarining yomoni haromdan mol to‘plash va uni gunoh ishlarga sarflash hamda Parvardigoriga itoat qilmaydigan kishiga ergashish. Oxirat kasblarining yomoni esa, hasad qilib, haqni inkor etish, qasddan ma’siyat qilish va adovatli yoki zulmkor yomon odatni joriy etish”, deb javob qildi. _____________________ Kasb qilish fazilati bobi hadislari 696-hadis. Zaif. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 697-hadis. Hasan. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 698-hadis. Isnodi noma’lum. 699-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 700-hadis. Sahih. Muslim va Ahmad rivoyat qilgan. 701-hadis. Bazzor rivoyat qilgan va roviylarini ishonchli, degan. 702-hadis. Mursal. 703-hadis. Tabaroniy rivoyat qilgan. Xaysamiy roviylarini sahih, degan. 704-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 705-hadis. Isnodi zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 706-hadis. Zaif. Abu Dovud, Ibn Mojja rivoyat qilgan. OLTMISH IKKINCHI BOB KASB OFATI VA HAROMDAN HAZAR QILISH 707. Faqih Abu Lays Samarqandiy Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Bizlarga Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar xohlasanglar, qasam ichamanki, savdogar fojirdir”, deb aytdilar». 708. Yana Qatodadan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kunduzni qasam ichib o‘tkazib, kechasi uni hisob-kitob qiladigan savdogardan ajablanaman”. Ahli ilmlarning aytishlaricha, din va dunyo to‘rt narsa bilan qoyim bo‘ladi: olimlar, amirlar, askarlar va kasb egalari. Faqih aytadilar: “Bu gapni bir zohid tafsir qilgan. Amirlar xalqning tartibini saqlashadi. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlari. Ular xalqqa oxiratni anglatib turishadi va odamlar ularga ergashadi. Qurolli askarlar – Allohning askarlari. Ular musulmonlarning tinchligini saqlash uchun kerak. Ammo cho‘pon bo‘riga aylansa, podani kim boqadi, kim saqlaydi?! Olimlar ilmni tashlab, dunyo bilan shug‘ullanib ketishsa, xalq kimga ergashadi?! Askarlar yuqori mansabga intilsa va tama’ uchun chiqsa, xalqni dushmandan qanday himoya qiladi?! Kasb egalari xiyonat qilsalar, odamlar ulardan qanday omonlik topishadi?!” Hakimlardan biri dedi: “Agar savdogarda uch xislat bo‘lmasa, ikki dunyoda kambag‘al bo‘lib qoladi: tili uch narsadan – yolg‘ondan, ortiqcha so‘zdan va qasam ichishdan saqlanmasa, qalbi uch narsadan – ko‘z bo‘yamachilikdan, xiyonat qilishdan va hasaddan pok bo‘lmasa, o‘zida uch narsani – juma va jamoat namozlarini, ilm uchun vaqt ajratishni va Alloh taolo roziligini har narsadan ustun qo‘ymasa”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling