Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Mo‘minlar shak-shubhasiz og‘a-inilardir”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Mo‘minlar shak-shubhasiz og‘a-inilardir” (Hujurot, 10¬oyat), degan so‘ziga ko‘ra,
mo‘minlarning hammasini birodar deb bildim. Birodar birodariga shafqatli bo‘lmog‘i lozim. Va odamlar orasidagi dushmanchilikning aslini hasaddan deb bildim. Shuning uchun harakat qilib, hasadni qalbimdan chiqarib tashladim. Hattoki mashriqda bir mo‘minga g‘am yetsa, o‘sha g‘am menga yetgandek g‘amgin bo‘ldim, mag‘ribdagi bir musulmonga yaxshilik yetsa, go‘yoki menga yetgandek xursand bo‘ldim”. Shaqiq: “Siz tushungan narsa qanday yaxshi ekan. Uchinchi kalima nima?” deb so‘radilar. Hotam aytdilar: “Har bir insonning do‘sti¬habibi borligini ko‘rdim. Do‘st do‘stiga muhabbatini zohir qilmog‘i lozim. Men Allohning toatini do‘st tutdim. Chunki undan boshqa hamma do‘stlar mendan uziladi. Faqat Allohning toati qoladi. U men bilan qabrda, mahshargohda, sirot ustida birgadir. Barcha do‘stlarimdan uzildim va Allohning toatini do‘st qilib oldim”. Shaqiq yana dedilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Endi to‘rtinchi kalimani ayting”. Hotam aytdilar: “Har bir insonning dushmani borligini ko‘rdim, dushmanga dushmanlik qilish, undan saqlanish lozim. Bas, men kofir va shaytonni o‘zimga dushman deb topdim. Kofirning dushmanligini shaytonning dushmanligidan yengil ko‘rdim. Chunki u Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 289 men bilan urishib, meni o‘ldirsa, shahid bo‘laman, agar uni o‘ldirsam, savobga yetgan bo‘laman. Shayton esa, meni men uni ko‘rmagan joyda ko‘radi. So‘ngra o‘zi bilan birga do‘zaxda bo‘lishimni xohlaydi. Uning dushmanligi bilan bo‘lib, boshqaning dushmanligini unutdim”. Shaqiq aytdilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Beshinchi kalima nima?” Hotam dedilar: “Har bir insonda uy borligini ko‘rdim. Albatta, uy uchun ta’mir lozim. Men esa, qabrni manzil bildim va uning ta’miri bilan mashg‘ul bo‘ldim”. Shaqiq dedilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi. Endi oltinchi kalimani ayting”. Hotam aytdilar: “Har bir narsaning xaridori borligini ko‘rib, xaridorimni o‘lim farishtasi deb bildim. Ammo uning qachon kelishini bilmayman. Unga to‘y kechasi kuyov uyiga olib ketadigan kelinchakdek tayyorlandim. Qachon kelsa, undan kechiktirishni talab qilmayman”. Shunda Shaqiq aytdilar:“Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Agar amal qilsak, siz ham, men ham, albatta, najot topamiz”. 732. Abdurahmon ibn Abu Laylo aytadilar: “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kelib: “Ey Allohning elchisi, tuyamni qo‘yib yuborib tavakkul qilayinmi yoki bog‘lab qo‘yibmi?” deb so‘radi. Nabiy (s.a.v.): “Uni bog‘lab, keyin Allohga tavakkul qil”, dedilar”. Hakimlardan biri aytadi: “Alloh do‘stlarining xislati uchtadir: Allohga ishonch, har narsada Allohga muhtojlik qilish va har narsada Allohga murojaat etish”. Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Odamlarga odamlarning yoqimli odamlardan behojat bo‘lgani va ulardan hech narsa so‘ramaydiganidir. Odamlarga odamlarning yoqmaydigani ularga muhtoj bo‘lganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirog‘i Allohga muhtoj bo‘lgani va undan so‘ragani, Allohga odamlarning yomonrog‘i Undan behojat bo‘lgani va hech narsa so‘ramaganidir”. Zikr qilinishicha, Luqmoni Hakim o‘lim mahalida o‘g‘illariga aytganlar: “Shu paytgacha senga ko‘p nasihat qildim. Endi men senga oldingilaru oxirgilar ilmini jamlagan oltita narsani vasiyat qilaman: 1) dunyoning keragidan ortig‘i bilan shug‘ullanib qolma; 2) Alloh taologa hojating boricha ibodat qil; 3) oxirat uchun, unda qanday maqomni ko‘zlayotgan bo‘lsang, shu miqdorda amal qil; 4) shug‘ullanishing do‘zaxning har bir jonga tegishi aniq bo‘lgan oloviga chidaming miqdorida bo‘lsin; 5) Allohga gunoh qilishing Uning azoblariga sabr qilishing miqdoricha bo‘lsin; 6) agar Allohga gunoh qilsang, Alloh va farishtalar ko‘rmaydigan joyda qil”. (Unday joyning esa, o‘zi yo‘q. – Muharrir.) Bir hakimdan: “Yaqiyn (aniq ishonch) bilan tavakkulning orasida qanday farq bor?” deb so‘rashdi. “Yaqiyn oxirat ishlarida, tavakkul dunyo ishlarida Allohni tasdiq etmog‘ingdir”, deb javob qildi u. Aytishlaricha, tavakkul ikki xildir: rizqdagi tavakkul, ya’ni rizqning kelishidan xotirjam bo‘lish; amalning savobidan tavakkul, ya’ni, Allohning savob berish to‘g‘risidagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling