Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allohga tavakkul bobi hadislari
- OLTMISH BESHINCHI BOB XUDOJO‘YLIK
www.ziyouz.com kutubxonasi
290 va’dasiga iymon keltirish va amalning qabul bo‘lish-bo‘lmasligidan qo‘rqish. Ato ibn Soib Ya’lo Ibn Murraning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Alining (r.a.) sohiblaridan bir nechtasi yig‘ilib, “Amirul mo‘mininni qo‘riqlasak, chunki u kishi jang qilyaptilar, jonlariga suiqasd etilishi mumkin”, dedik. O‘shanda biz u kishining hujralari oldida turgan edik, u kishi namozga chiqayotgan ekanlar, “Bu nima qilganlaringiz?” deb so‘radilar. Sizni qo‘riqlab turibmiz. Chunki siz jang qilyapsiz. Sizga suiqasd qilinishidan qo‘rqamiz”, deyishdi yonimdagilar. Ali: “Meni osmon ahlidan qo‘riqlaysizlarmi yoki yer ahlidan?” dedilar. “Yer ahlidan qo‘riqlaymiz, ey Amirul mo‘minin. Osmon ahlidan sizni qo‘riqlashga qodir emasmiz”. Shunda Ali (roziyallohu anhu) aytdilar: “Yerda hech narsa bo‘lmaydi, toki, Alloh osmonda taqdir qilmagunicha. Har bir kishiga ikki farishta vakil qilingan, uni qadari kelgunicha qo‘riqlashadi. Qachon taqdiriga yozilgani kelsa, uni va qadarining orasini xoli qo‘yishadi”. ________________ Allohga tavakkul bobi hadislari 729-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Shofe’iy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Ad-dau vad-dava”ga qarang. 730-hadis. Juda zaif. Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan. 731-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan. 732-hadis. Hasan. Termiziy, Ibn Abu Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan. OLTMISH BESHINCHI BOB XUDOJO‘YLIK Faqih Abu Lays Samarqandiy Muhammad ibn Fazldan, u Muhammad ibn Ja’fardan, u kishi Ibrohim ibn Yusufdan, Abu Ja’fardan, Saiddan Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Abdulloh ibn Mutraf: “Ikki kishiga uchradingiz, birining namozi, ro‘zasi, sadaqasi ko‘p, ammo ikkinchisining savobi unikidan ortiq”, derdi. “Bu qanday bo‘ladi?” deyishsa, “Ikkinchisining taqvosi kuchliroqdir”, deb javob qilar edi”. 733. Abdulloh ibn Ravoha Mu’ta jangiga ketayotib: “Ey Rasululloh, menga vasiyat qiling”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen sajda kam bo‘lgan joyga boryapsan. U yerda sajdani ko‘paytir”. Ibn Ravoha: “Yana qo‘shing” dedilar. Nabiy (s.a.v.): “Allohni zikr qil. Chunki U sen istayotgan narsaga yordam beradi”, deb aytdilar. Ibn Ravoha ketdilar, ammo qaytib kelib, tag‘in: “Ey Rasululloh, menga yana nasihat qiling”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taoloni zikr qil. Alloh taolo toq, toq narsalarni yaxshi ko‘radi”. Ibn Ravoha: “Yana ziyoda qiling”, dedilar. Nabiy (s.a.v.): “O‘nta yomonlik qilsang, bitta yaxshilik qilishga ojiz bo‘lma”, dedilar. 734. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mendan olti narsani olinglar, sizlarga jannat bo‘ladi. Gapirsanglar, to‘g‘ri gapiringlar, va’da bersanglar, xilof qilmanglar, omonat olsanglar, xiyonat etmanglar, ko‘zlaringni (haromdan) tiyinglar, farjlaringni saqlanglar, qo‘l va oyoqlaringni haromdan to‘singlar va Parvardigorlaringning jannatiga kiringlar”, dedilar”. 735. Amron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo: “Ey bandam, senga farz qilgan narsamni ado et, insonlarning obidrog‘i bo‘lasan, qaytargan narsalarimdan qayt, insonlarning taqvodorrog‘i bo‘lasan, rizq qilib bergan narsamga qanoat et, insonlarning boyrog‘i bo‘lasan”, dedi”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling